Reja: Klinik farmakogenetika


DORILAR KIRITILGANDA ANIQLANADIGAN FERMENT TIZILMASINING IRSIY YETISHMOVCHILIGI (FERMENTOPATIYALAR)



Yüklə 76 Kb.
səhifə2/7
tarix28.02.2023
ölçüsü76 Kb.
#101635
1   2   3   4   5   6   7
Klinik farmakologiyaning pediatriyadagi o‘ziga xos tomonlari

2. DORILAR KIRITILGANDA ANIQLANADIGAN FERMENT TIZILMASINING IRSIY YETISHMOVCHILIGI (FERMENTOPATIYALAR)
2.1. Atipik psevdoxolinesteraza
Qon zardobida va turli to‘qimalarda uchraydigan psevdoxolinesteraza fermenti 300000 molekula og‘irlikdagi glikoproteid bo‘lib, u xolin efirlarini^ va turli alifatik kislotalar gidrolizini ta’minlaydi. Bu fermentga qiziqish suksinilxolin (ditilin, listenon, miorelaksin) tibbiyot amaliyotiga kiritilgach, turli bemorlarda bu doriga sezuvchanlikning katta diapazonda farq qilishi aniqlanganidan so‘ng boshlandi. Suksinilxolin (ditilin) xolin va kahrabo kislotasi efiri bo‘lib, uni 0,21 mg/kg venaga yuborilgach ko‘pchilik bemorlarda skelet mushaklari bo‘shashib nafas olish to‘xtaydi, bu reaksiya davomiyligi 2—3 daqiqani tashkil qiladi. Buning sababi suksinilxolin qonda va to‘qimalarda psevdoxolinesteraza fermenti ishtirokida gidrolizlanib faolsizlantiriladi.
Biroq ba’zi bir odamlarda mushaklarning bo‘shashuvi va nafasning to‘xtashi 2—3 soatgacha davom etiSHi mumkin. Bu odamlardagi byokymyoviy kuzatuvlar ularning qon zardobida psevdoxolynesterazaning kayliginy ko‘rsatdi. Avvaliga buning sababi psevdoxolynesterazaning jigarda hosil bo‘lishi bilan TyntyHfHriladigan bo‘lsa, keyinchalik ferment faolligining pasayish sababi uning aminokislota tarkibi o‘zgarishiga bog‘liqligi aniqlandi. Bu bemorlar qarindoshlarini tekshirish ular qonida ham psevdoxolinesteraza kamligi aniqlandi va bu kasallikni irsiy tabiatga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Psevdoxolinesteraza fermenti oqsil qismining sintezini nazorat qiluvchi gen alleliyasi hosil bo‘lishiga olib keladi, hosil bo‘lgan ferment normal (faol) fermentdan o‘zining aminokislota tarkibi bilan farq qiladi.
Atipik psevdoxolinesterazaning berilishi autosomretsessiv xarakterda 1:2500 nisbatda uchraydi. Enzimopatiya borligi ehtimoli bo‘lsa, genetik maslahatxonalarda (anamnezga qarab) tekshiriladi va aniqlanadi.
Irsiy berilgan atipik psevdoxolinesteraza yetishmovchiligi turli millat va elatlar orasida turli miqdorda tarqalgan. Masalan, geterozigotali YE? alleliyali atipik psevdoxolinesteraza yevropaliklar orasida 2—4 foizdan oshmagan holda ba’zi bir populyatsiyalar ichida, chex va slovaklarda (7 foizgacha), eron va iroq yahudiylari orasida bu individlar soni 10 foizgacha boradi, ya’ni 1:400 nisbatda uchraydi.
Uzoq davom etayotgan apnoeni davolash uchun bemorga normal xolinesteraza yuborish tavsiya etiladi.
Sarkoplazmatik retikulum irsiy anomaliyasi bor bemorga galotan, kofein, suksametoniy va boshqa ba’zi bir dorilarni yuborish kalsiy ionlarining aktomiozin bilan bog‘lanishi buzilishi natijasida kislotaishqor muvozanatini buzadi. Anesteziologiya amaliyotiDa bu anomaliya xavfli gipertermiyaga olib keladi va o‘lim bilan tugaydi. Bu holat birdaniga yurak urishi sonining ortishi, poliapnoe, tana haroratining 42°S ko‘tarshgashi, qon bosiminipg ko‘tarilyshy, yurak qorinchalari fibrillyatsiyasidan bemor iobud bo‘ladi. Bu sindromni davolash gipotermik aralashma yuborish, bemorni muz bo‘laklari bilan o‘rash, oshqozonni yuvish kalsiyni yaxshi utilizatsiya qilish maqsadida novokain yuborishdan iborat. Xavfli gipertermiya jarrohlik operatsiyalari vaqtida bolalar o‘rtasida 1:400, kattalarda.esa 1:50000 nisbatda uchrashi mumkin.



Yüklə 76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə