Reja: Kirish Asosiy qism



Yüklə 61,63 Kb.
səhifə6/8
tarix04.05.2023
ölçüsü61,63 Kb.
#108400
1   2   3   4   5   6   7   8
Kurs ishi Numonov M

Jinoyat-jinoyat qonuni bilan taqiqlangan ijtimoiy xavfli qilmish(harakat yoki harakatsizlik) jazo qo'llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi.
Korrupsiya (lotincha so’z bo’lib korruptio-buzish, sotib olish)-shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini kuzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida konunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishi.
Konstitutsiya(lotincha so’z bo’lib constitution-tuzilish, tuzuk)-bu davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi.
Odil sudlov-haqiqiy holatni aniqlab, odamlar orasidagi, ular bilan jamiyat va davlat oʻrtasidagi kelish-movchilik va nizolarni faqat sud to-monidan hal etib berilishi.
Qonun-bu normativ akt bo’lib, qonunchilik hokimiyati organi (yoki referendum yo’li bilan) tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadigan, xalqning irodasini ifodalaydigan, oliy yuridik kuchga ega bo’lgan va birmuncha muhim bo’lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi hujjat.
Qonun ustuvorligi-qonunning ijtimoiy hayotning barcha soxalarida qatʼiy hukmron boʻlishi, ya’ni xar bir davlat organi, mansabdor shaxe, tadbirkor yoki boshqa bir fuqaro qonunga boʻysunishi. Ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar faqat konun bilan tartibga solinishi, uning barcha ishtirok- chilari esa xech bir istisnosiz huquq normalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortilishi kerak.
Sud(slavyancha sud-ish)-odil sudlovnn amalga oshiruvchi davlat organi; muayyan davlatning qonunlariga asosan protsessual tartibda jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy va boshqa toifadagi ishlarni koʻrib chiqadi va hal qiladi.
Qozilik sudlari-o'troq aholi uchun faoliyat ko'rsatgan, ishlarni shariat- qonun qoidalari asosida koʻrib chiqqan sudlar.

Yüklə 61,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə