Reja: Bug‘ turbinasi



Yüklə 76,77 Kb.
səhifə2/3
tarix30.01.2023
ölçüsü76,77 Kb.
#99690
1   2   3
Bug

Aktiv turbina. Aktiv turbina kuraklari panjarasining kanallarida bug‘ oqimi buriladi. Bug‘ oqimi harakat miqdorining o‘zgarishi kuraklarga va aylanuvchan diskka hamda turbina valiga ta’sir etuvchi aktiv kuchga aylanadi. Ish kanallarida aktiv kuch ta’sir etuvchi turbina aktiv turbina deyiladi.
Parametrlari po, co va to bo‘lgan bug‘ soplo 1 ga kiradi. Parametrlari p1, c1 va t1 bo‘lgan bug‘ soplodan kuraklar 2 ning kanallariga o‘tadi, bu yerda bug‘ning bosimi o‘zgarmasligicha qoladi. (p1= p2), tezligi esa s1 dan s2 gacha pasayadi, ya’ni bug‘ning kinetik energiyasi disk 3 ni va u bilan bog‘liq bo‘lgan turbina vali 1 ni aylantiruvchi mexanik ishga aylanadi. Turbina valiga tushadigan kuch bug‘ oqimi burilgandagina uzatilgani tufayli, kuraklar kuchli bukilgan aktiv profilli bo‘lishi kerak. Kuraklardan oldingi va ulardan keyingi bug‘ tezliklarining kattaligi va yo‘nalishini kirish va chiqish tezlik uchburchaklari qurib aniqlash mumkin Jumladan, nisbiy tezlik vektori ushbu geometrik ayirmadan aniqlanadi:w1=C1-U




Aktiv turbinada bug‘ oqimi sxemasi

Bug‘ nisbiy tezligi w1 ning yo‘nalishi turbina yuzasi bilan 10 burchak hosil qiladi, u kirish burchagi deyiladi. c1 vektorning yo‘nalishi soplo o‘qi va disk tekisligi orasidagi burchak 1 bilan aniqlanadi. Bug‘ kanaldan o‘tib, disk tekisligiga 20 burchak ostida yo‘nalgan w2 nisbiy tezlikka ega bo‘ladi. Bug‘ning harakatidagi isroflar tufayli bug‘ning chiqishdagi tezligi w2 kirishdagi tezlik w1 dan kichik bo‘ladi. Bu isroflar kurakning tezlik koeffitsienti (odatda 0,930,97)  bilan hisobga olinadi; bunda


W2=w



Reaktiv turbina sxemasi.
Bug‘ning kuraklaridan chiqishdagi absolyut tezligi c2 ni w2 va U tezliklarini geometrik yig‘indisidan aniqlanadi. Aktiv turbinaning o‘ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, birinchidan, bug‘ning kengayish jarayoni mavjudligi, ya’ni uning bosimi faqat soplolarda pasayadi; ikkinchidan, kurakli kanallarda bug‘ bosimi o‘zgarmasdan qoladi, bug‘ning nisbiy va absolyut tezliklari esa kamayadi.
Reaktiv turbina. R0eaktiv turbina bosqichining sxemasi ko‘rsatilgan. Turbinaning soplo apparati qo‘zg‘almas kuraklar 3 ning har qaysi jufti hosil qilgan torayib boradigan kanallar 4 dan iborat. Soplo apparatida bug‘ boshlang‘ich bosimi p0 dan biror oraliq bosim p1 (p2
1
0) gacha qisman kengayadi va energiyaning bir qismigina kinetik energiyaga aylanadi. Energiyaning qolgan qismi bevosita kurak kanallarida kinetik energiyaga aylanadi, bunda bug‘ p1 bosimdan oxirgi p2 bosimgacha kengayadi va natijada bug‘ning nisbiy tezligi w1 dan w2 gacha ortadi. Reaktiv bosqichning tavsifi reaktsiya darajasidir (), u ish g‘ildiragining kuraklarida vujudga keladigan issiqlik pasayishining barcha bosqichdagi issiklik pasayish nisbati sifatida aniqlanadi. Zamonaviy bug‘ turbinalarining oxirgi bosqichida 0,5 bo‘ladi. Birinchi bosqichlar uchun  0,1-0,2 atrofida tanlanadi chunki bu holda soplo va kuraklar profili bir xil bo‘ladi va natijada turbinalarni tayyorlash osonlashadi. Turbinani aylantiruvchi kuch bug‘ p1 dan p2 bosimgacha kengayadigan, kuraklari torayib boruvchi kanalning reaktiv ta’sirida vujudga keladi. Bosimning pasayishi natijasida bug‘ning kuraklarga nisbatan oqish tezligi ortadi. Bunda itarish kuchi – reaktiv kuch vujudga keladi. Reaktiv kuchning yo‘nalishi oqib chiqayotgan bug‘ tezligiga teskari yo‘nalgan. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, reaktiv turbinaning kuragida reaktiv ishdan tashqari bug‘ oqimining burilishi bilan bog‘liq bo‘lgan aktiv ish ham bajariladi. Reaktiv bosqichning tezlik uchburchaklari ko‘rsatilgan.




Yüklə 76,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə