Режа: Банклар томонидан қимматли қоғозлар билан амалга ошириладиган операцияларнинг турлари ва моҳияти


Banklarning qimmatli qogʼozlarni sotib olishga



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə4/7
tarix27.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#113572
1   2   3   4   5   6   7
13-МАВЗУ. БАНКЛАРДА ҚИММАТЛИ ҚОҒОЗЛАР БИЛАН ОПЕРАЦИЯЛАР ҲИСОБИ

7.2.2. Banklarning qimmatli qogʼozlarni sotib olishga
doir operatsiyalari.







7.2.3. Tijorat banklari tomonidan qimmatli qogʼozlar bilan muddatli bitimlarni amalga oshirish va ularni hisobga olish tartibi.

Hisobga olish maqsadida, qimmatli qog‘ozlar bilan muddatli bitimlar deganda bitimni tuzish sanasidan farq qiluvchi hisob-kitoblarni amalga oshirishning aniq sanasi ko‘rsatilgan holda shartnomalar bilan rasmiylashtirilgan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimlari (REPO bitimlari, qimmatli qog‘ozlarga doir fyucherslar va h. k.) tushuniladi. Bunda, muddatli bitim tuzishda hisob-kitobni amalga oshirish sanasi bitimni tuzish sanasi bilan mos kelmaydi. Muddatli bitimlar Markaziy bankning meyoriy hujjatlariga muvofiq bitim tuzish sanasidan boshlab, hisob-kitoblarni amalga oshirish muddatiga qadar ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisobga olinadi. Hisob-kitoblar boshlangan kuni bir vaqtning o‘zida belgilangan tartibda balans hisobvaraqlarida aks ettirish bilan birga bitimlarni ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisobga olish to‘xtatiladi.


REPO (qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuv) bitimi deganda ma’lum muddatdan so‘ng oldindan kelishilgan bahoda sotib olish majburiyati bilan qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha tuzilgan bitim tushuniladi. REPO bitimlari quyidagi tamoyillarning biri bajarilgan holda moliyalashtirish operatsiyalari sifatida hisobga olinadi:
1) avval sotilgan qimmatli qog‘ozlarning o‘zi qayta sotib olinsa;
2) agar qayta sotib olinayotgan qimmatli qog‘ozlar barcha jihatlariga ko‘ra sotilgan qimmatli qog‘ozlarga o‘xshasa.
Qimmatli qog‘ozlar quyidagi shartlar bajarilsa «barcha jihatlariga ko‘ra o‘xshash» deb qaraladi:
a) qimmatli qog‘ozlar o‘z zimmasiga majburiyatlar olgan bir shaxsga ega bo‘lishi lozim;
b) qimmatli qog‘oz egalari bir xil tavakkalchilik va huquqlar bilan ta’minlanishlari uchun ushbu qog‘ozlar shakl va ko‘rinishi jihatidan bir xil bo‘lishi kerak;
v) qimmatli qog‘ozlar bir xil foiz stavkasiga ega bo‘lishi kerak;
g) qimmatli qog‘ozlar bir xil to‘lash muddatiga ega bo‘lishi kerak;
d) qimmatli qog‘ozlar bir xil nominal qiymatga ega bo‘lishi kerak.
Aks holda REPO bitimlari qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi operatsiyalari sifatida hisobga olinadi.
REPO bitimlari hisobi moliyalashtirish operatsiyalari hisobining bir qismi hisoblanadi.
REPO bitimlarining yuridik shakli oldi-sotdi bitimi bo‘lganligi sababli, ushbu operatsiyalarning iqtisodiy mohiyati sotib olingan (sotilgan) qimmatli qog‘ozlar bilan ta’minlangan moliyalashtirishdir.
REPO bitimlari qimmatli qog‘ozlar garovi asosida kreditlash operatsiyalaridan (lombard krediti) shu bilan farq qiladiki, qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimi to‘g‘risidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda qimmatli qog‘ozlarga egalik qilish huquqi qarzdor (qimmatli qog‘ozlar sotuvchisi)dan kreditor (qimmatli qog‘ozlarni sotib oluvchi)ga o‘tadi. Ushbu operatsiyalarda qimmatli qog‘ozlar sotuvchisi qarzdor, sotib oluvchi esa pul mablag‘lari kreditori rolini bajaradi. REPO kelishuvida ko‘rsatilgan muddat tugagach, qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismi bajarilgan taqdirda qimmatli qog‘ozlarga egalik qilish huquqi qayta kreditordan qarzdorga o‘tadi.
REPO bitimlari bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar 22300 — «REPO bitimlari bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar» balans hisobvarag‘ining tegishli hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda qimmatli qog‘ozlarni sotuvchi bank tomonidan bitimning birinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni sotish summasida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari amalga oshiriladi:
Dt Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning hisobvarag‘i;




Kt




22300



«REPO bitimlari bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar».

Bir vaqtning o‘zida ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha:




Dt

92802



«Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar»;




Kt

96374



«Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i».







92802



«Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar» hisobvarag‘ida qimmatli qog‘ozlar REPO operatsiyasining birinchi qismiga muvofiq, qimmatli qog‘ozlarning sotilish sanasidan boshlab, bank tomonidan REPO operatsiyasining ikkinchi qismiga muvofiq, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish muddatigacha hisobga olinadi.

Kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni qayta sotib olish bahosi va kelishuvning birinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni sotish bahosi o‘rtasidagi farq o‘z mohiyatiga ko‘ra olingan pul mablag‘lari uchun to‘lov hisoblanadi. Ko‘rsatilgan farq amortizatsiya qilinadi va sotuvchi bank tomonidan har oyda qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimi to‘g‘risidagi kelishuvning amal qilish muddati davomida foizli xarajatlar hisobvarag‘iga olib boriladi:




Dt

54300



«Qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan REPO bitimlari bo‘yicha foizli xarajatlar»;




Kt

22300



«REPO bitimlari bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar».

Agar REPO kelishuvning birinchi qismi bo‘yicha REPO summasi foiz (kupon) daromadlari miqdorida kamayishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u holda REPO summasi dastlabki sotib oluvchi tomonidan olingan foiz (kupon) daromadlari miqdorida kamayadi va quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

22300



«REPO bitimlari bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar»;

Kt REPO bitimining obyekti bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan foizlarning tegishli hisobvarag‘i.
Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank tomonidan kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qayta sotib olingan qimmatli qog‘ozlar summasiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

22300



«REPO bitimlari bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar»;

Kt Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning hisobvarag‘i.
Bir vaqtning o‘zida ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida, kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qayta sotib olingan qimmatli qog‘ozlar qiymatida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

96374



«Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i»;




Kt

92802



«Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar».

Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuv har bir tomon o‘z majburiyatlarini bajarmasa, odatda jarima choralari ko‘zda tutiladi. Kelishuvning ikkinchi qismi bajarilmagan hamda qimmatli qog‘ozlar sotib oluvchi portfeliga o‘tkazilgan taqdirda sotuvchi bank quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi:




Dt

22300



«REPO bitimlari bo‘yicha sotilgan qimmatli qog‘ozlar» — bitimning ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozni qayta sotib olish summasiga;




Kt

10700



«Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari»,







10800



«Sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar»,







15900



«So‘ndirish muddatigacha saqlanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar»,







11300



«Sotib olingan veksellar» — qimmatli qog‘ozni balans qiymatiga.

Kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bahosi va uning balans qiymati o‘rtasidagi farq tegishli foyda yoki zarar hisobvarag‘ida aks ettiriladi.
Bir vaqtning o‘zida ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:




Dt

96374



«Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i»;




Kt

92802



«Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha muddatli bitimlar».

57. Qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning birinchi qismini bajarishda, qimmatli qog‘ozlarni sotib oluvchi bank kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarning sotib olish summasiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini bajaradi:




Dt

11800



«REPO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar»;

Kt Bankning vakillik hisobvarag‘i yoki mijozning hisobvarag‘i.
Bir vaqtning o‘zida bank tomonidan sotib olingan va qayta sotib olish sharti bilan qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismini bajarishda bank sotishi lozim bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar qiymatiga ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasini amalga oshiradi:




Dt

92806



«Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar»;




Kt

96376



«Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar kontr-hisobvarag‘i».







92806



«Qimmatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha muddatli bitimlar» hisobvarag‘ida qimmatli qog‘ozlar REPO operatsiyasining birinchi qismiga muvofiq qimmatli qog‘ozlarni sotib olish sanasidan boshlab bank tomonidan REPO operatsiyasining ikkinchi qismiga muvofiq qimmatli qog‘ozlarni sotish muddatigacha hisobga olinadi.



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə