Reja: ▶ Xorijiy pedagogikada ta’lim – tarbiya. Antik davrda ta’lim – tarbiya. Estetik tarbiya. Axloqiy tarbiya. Ekologik tarbiya



Yüklə 3,39 Mb.
tarix28.11.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#136525
Pedagokika A-1


TATU QARSHI FILIALI RI 11- 21GURUH GRUH TALABASI XURRAMOVA XOLIDANING PEDAGOKIKA FANIDAN 1- AMALIY ISHI

Reja:


Xorijiy pedagogikada ta’lim – tarbiya.
Antik davrda ta’lim – tarbiya. Estetik tarbiya.
Axloqiy tarbiya. Ekologik tarbiya.

Xorijiy pedagogikada ta’lim – tarbiya.


▶ Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan kishini tarbiyalash muammosi hozirgi kunning asosiy talabi bo‘lib turibdi. Chunki, jamiyatda yuz berayotgan inqilobiy o‘zgarishlarni insonning o‘zini o‘zgartirmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Ammo, yangi kishini tarbiyalash o‘z-o‘zidan emas, balki ijtimoiy munosabatlar yangilanishi jarayonida amalga oshadi. Bu jarayonda maktablar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi.
Axborot texnologiyalari yetakchi o’ringa chiqib olgan hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda maktablar tizimini, ta’lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi. Eskicha o‘qitish usullari va metodlari ma’nan eskirib, ta’limning ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj kuchaydi.
Qadimgi ajdodlarimiz olamning murakkab tabiiy jarayonlarini o‘rganib borar ekan, insonni, uning ma’naviy- axloqiy kamolotini olamdan tashqarida emas, balki shu olamning ichida deb qaraydilar. Ularning fikricha, odam
– olam ichidagi kichik olam bo‘lib, unda katta olam (olami Kubro) ning barcha xususiyatlari o‘z aksini topgandir. Bu hol olamni to‘la tasavvur qilishdan oldin odamni, inson olamini yaxshi bilishni taqozo etadi. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, hozirgi davr rivojlangan mamlakatlarida insonni tabiatning oliy mahsuli sifatida,
olamning bir parchasi deb qarashda biryoqlamalikka berilib ketish kuzga tashlanadi.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta`limning mamlakat ishki siyosatiga faol ta`sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e`tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta`minlashga ajratilayotgan mablag‘ miqdori yildan yilga - oshib bormoqda.
Yaponlarda masalan, «maktab muvaffaqiyati va farovonlik timsoli» gina bo‘lib qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e`tiqodga aylangan. Ta`lim to‘g‘risidagi g‘amxo'rlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat – e’tiborida bo‘lgan. Shuning uchun ham AQSH ning sobiq Prezidenti R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Fransiya Prezidenti F.Mettiranlarni maktab islohotining tashabbuskorlari deb bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni «Jamiyatini harakatlantiruvchi kuch» deb hisoblagan.

Antik davrda ta’lim – tarbiya.


▶ Kishilik jamiyati paydo bo’lishi bilan odamlarda mеhnat faoliyati jarayonida ishlab chiqarish tajribalari, mеhnat qilish malakalari va mеhnat qurollarini ishlatish ko’nikmalari hosil bo’ldi. Bu qurollarni takomillashtirish natijasida nutq va tafakkur o’sib, kamol topa bordi. Kеksa avlod mеhnat qilish jarayonida orttirgan tajribasi asosida yosh avlodni ham mеhnat qilishga o’rgatdi, uni mеhnat jarayonida tarbiyaladi. Shunday qilib, kishilik jamiyatining paydo bo’lishi bilan tarbiya ham vujudga kеldi, u bilan birga taraqqiy etdi, jamiyatning o’zgarishi bilan u ham o’zgarib bordi. Tarbiyaning ijtimoiy vazifasi kishilarni bilim, malaka, ko’nikmalarda aks etgan mеhnat, bilim tajribalarini avloddan - avlodga еtkazishdir. Tarbiyani amalga oshirish jarayonini anglash va bu sohadagi tajribalarni o’rganishga bulgan ehtiyojning tug’ilishi pеdagogika fanini yuzaga kеltirdi.

Estetik tarbiya.


▶ Estetika go‘zallik, go‘zallikning xususiyatlari, qonuniyatlari, tabiat va san’atdagi go‘zallik to‘g‘risidagi fan bo‘lib, u ko‘p asrlar davomida falsafa fani tarkibida taraqqiy etib kelgan. Falsafa fani estetik fikr taraqqiyoti davomida muhim nazariy metodologik asos vazifasini bajarib kelgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi estetika fanida amal qiladigan muhim qonuniyatlar hamda tushunchalarni nazariy asoslash hamda talqin qilishdir. Estetika fani hissiy ta’sirchanlik asosida go‘zallikning eng muhim qonuniyatlarini ochadi, uning mohiyati, tabiati, yuzaga kelishi va taraqqiy etishi qonuniyatlarini o‘rganadi.
Falsafiy qonun va kategoriyalar insonning voqelikka estetik munosabati, estetik faoliyati, badiiy ijod jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, falsafaning alohidalik va umumiylik, mazmun va shakl, mohiyat va hodisa kabi kategoriyalari yordamida insonning tabiatga, jamiyatga va o‘z-o‘ziga nisbatan bo‘lgan estetik munosabatlari tahlil qilinadi.

«Estetika» atamasi yunoncha so‘z (aisthetikos – sezish, his etish, idrok qilish)dan olingan bo‘lib, kishining

olamga bo‘lgan dunyoqarashini nafosat tushunchalari va qonun-qoidalariga bog‘liq holda o‘zlashtirish, ichki va tashqi his-tuyg‘ularining voqelikda namoyon bo‘lish jarayonidir. Estetika, umuman, dunyoni bilish, sezish bilan bog‘liq bo‘lib, insonning yorug‘ olamga kelishi, jamiyat a’zolari bilan aloqada bo‘lib borishi jarayonida shakllana boradi. Insonning butun hayoti davomida estetik tafakkuri rivojlanib, murakkablashib boraveradi.

Axloqiy tarbiya

Ekologik tarbiya.

E’tiboringiz uchun raxmat


Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə