2.
Vashington konferentsiyasining AQSh manfaatlariga xizmat qilishi
AQSh Kongressining yuqori palatasi (Senat) Versal shartnomasida AQShning
manfaatlari hisobga olinmagan, degan vaj bilan bu shartnomani ratifikatsiya
qilmadi. Jahon urushidan qudratli bo‟lib chiqqan AQSh Osiyo - Tinch okean
mintaqasida yangi tartiblar o‟rnatilishidan eng ko‟p darajada manfaatdor davlat
edi. Tabiiyki, o‟rnatiladigan bu yangi tartiblar AQSh ning manfaatlariga to‟la mos
kelishi shart edi. Chunki yer kurrasining bu mintaqasidagi davlatlararo
munosabatlar Buyuk Britaniya va Yaponiya o‟rtasida 1902-yilda imzolangan
shartnomaga asoslanib kelmoqda edi. Birinchi jahon urushi yillarida qudratli
harbiy-dengiz floti yarata olgan va flotning katta qismini Tinch okeanga
joylashtirgan AQSh ni bu holat mutlaqo qoniqtirmas edi. Endi, AQSh bu qudratli
floti yordamida ushbu mintaqaning yetakchi davlati bo‟lib olishni astoydil xohlar
edi. Buyuk Britaniya-Yaponiya mavqeyiga shu yo‟l bilangina putur yetkazishi va
ularning ittifoqini yo‟qqa chiqarishi mumkin edi. Shu niyatni ro‟yobga chiqarish
maqsadida AQSh yangi konferensiya chaqirilishiga erishdi. Bu konferensiya
Vashington shahrida 1921-yilning 12-noyabridan 1922- yilning 6-fevraligacha ish
olib bordi. Konferensiya ishida Tinch okean havzasida shakllantiriladigan yangi
tartiblar bevosita o‟z manfaatlariga daxldor bo‟lgan 9 davlat (AQSh, Buyuk
Britaniya, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Belgiya, Gollandiya, Portugaliya va Xitoy)
vakillari qatnashdi. Sovet Rossiyasi bu konferensiyaga ham taklif etilmadi.
Vashington konferensiyasida 3 ta muhim shartnoma imzolandi. Ularning birinchisi
1921-yil 13-dekabrda imzolangan “To‟rtlar shartnomasi” (AQSh, Buyuk Britaniya,
Fransiya va Yaponiya) edi. Bu shartnoma Tinch okeandagi qaram orollar va
mulklar xavfsizligining kafolati hamda bu joylarga nisbatan manfaatlarni
birgalikda himoya qilish masalasiga oid edi. 1922-yilning 6- fevralida “Beshlar
shartnomasi” (AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Fransiya va Italiya) deb
nomlangan shartnoma imzolangan. Bu shartnoma xalqaro munosabatlar tarixida
qurollanishni cheklovchi birinchi shartnoma edi. Shartnoma bo‟yicha AQSh va
Buyuk Britaniya harbiy-dengiz flotining umumiy suv sig‟imi 525 ming, Yaponiya
flotiniki 315 ming, Fransiya va Italiya flotlariniki (har biriniki) 175 ming tonnadan
oshmasligi kerak edi. Bundan tashqari, tomonlar suv sig‟imi 35000 tonnadan ortiq
bo‟lgan kema qurmaslik yoki sotib olmaslik majburiyatini oldilar. Shunday qilib,
AQSh o‟zining dengizdagi asosiy raqibi Buyuk Britaniyaning dunyoning eng
qudratli harbiy-dengiz floti miqdoriga ega bo‟lish maqsadini yo‟qqa chiqarishga
erisha oldi. Ayni paytda, bu shartnoma suv osti floti xususida hech qanday
cheklashni belgilamadi. Bu shartnoma matnida Yaponiya AQSh va Buyuk
Britaniya- Vashington konferensiyasining Yaponiya sohillariga 5 ming km dan
yaqin masofada harbiy dengiz qarorgohi qurmaslik majburiyatini qayd eta oldi.
6-fevral kuni uchinchi shartnoma - “To‟qqizlar shartnomasi” - imzolandi. Bu
shartnoma Xitoyga oid edi.
16
Ma‟lumki, Xitoy ham Versal shartnomasini
imzolamagan. Buning sababi - Germaniyaning Xitoydagi mustamlakalari Xitoyga
qaytarib
berilmay,
Yaponiyaga
berib
yuborilganligi
edi.
Germaniya
mustamlakalarining Yaponiyaga o‟tishi va uning yanada qudratli davlatga
aylanishi AQShni xavotirga solmay qolmadi. Shuning uchun Vashington
konferensiyasida AQSh bu mustamlakalar Xitoyga qaytarib berilishiga erishdi.
Bundan tashqari, “To‟qqizlar shartnomasi” Xitoy suvereniteti va hududiy yaxlitligi
tan olinishini e‟lon qildi hamda bu 9 davlat Xitoyni ta‟sir doiralariga bo‟lib olishga
intilmaslik majburiyatini oldilar. Ayni paytda shartnomada Xitoy bilan munosabat
o‟rnatishda ochiq eshiklar va teng imkoniyatlar tamoyili barcha davlatlar uchun
barobar ekanligi ta‟kidlandi. Chunki bu tamoyillar AQSh uchun ham Xitoy
eshiklarini ochar va kelgusida u yerda o‟z raqiblarini siqib chiqarish imkoniyatini
tug‟dirar edi. Vashington konferensiyasi qarorlari Versal shartnomasiga
qo‟shimcha sifatida Osiyo - Tinch okean mintaqasidagi kuchlarning yangi nisbati
uchun asos bo‟ldi va Versal - Vashington tizimini nihoyasiga yetkazdi. Versal -
Vashington tizimi urushdan keying keskinlikni yumshatishga ma‟lum darajada
16
Lafasov M. Jahon tarixi “Turon -iqbol”, T., 2008. 17-bet
xizmat qildi. Uning bu xizmati xalqlarning o‟z taqdirini o‟zi belgilashi huquqining
hamda urushga nizoli masalalarni hal etish vositasi sifatida qaramaslik
tamoyillarining tan olinishida o‟z ifodasini topdi. Bundan tashqari, Millatlar
Ittifoqining tuzilishi hamda qator Yevropa davlatlari mustaqilligining tan olinishi
katta ahamiyatga molik tarixiy voqealar edi. Biroq Versal - Vashington tizimi
mustahkam tinchlikning qaror topishiga asos bo‟la olmadi. Xo‟sh, nega?
Birinchidan, Antanta davlatlari urushdan keyingi qayta qurishlarning barcha
og‟irliklarini yengilgan davlatlar hisobidan hal etishga urindilar. Ular yengilgan
davlatlar xalqlarining urush chiqarishda aybdor bo‟lgan hukmron sulolalari va
hukumatlarini ag‟darib tashlaganliklarini inobatga olmadilar. Bular, o‟z navbatida,
yengilgan davlatlar fuqarolari ongida milliy xo‟rlanish tuyg‟usini qo‟zg‟atdi. Bu
esa shovinizm va milliy mustaqillik g‟oyalarining keng ildiz otishiga yo‟l ochdi.
Ikkinchidan, xalqlarning o‟z taqdirini o‟zi belgilashi qoidasidan kelib chiqib, milliy
davlatlar tuzishda tuzatib bo‟lmas suiiste‟molliklarga yo‟l qo‟yildi. Yangi davlatlar
chegaralari shunday belgilandiki, natijada 19 mln ga yaqin kishi o‟zi mansub
bo‟lgan millat nomi bilan atalgan davlat fuqarosi bo‟la olmay qoldi. Ular boshqa
davlatlarda “milliy kam sonli xalqlar” atamasi ostida yashay boshladilar.
Binobarin, bu 19 mln ga yaqin kishining mavjud ahvoldan noroziligi tinchlikka
tahdid solmay qolmas edi. Versal - Vashington tizimining mustahkam emasligi
Uchinchidan, yangi tashkil etilgan davlatlar chegarasi shunday belgilandiki, ular
bir-biriga chegara da‟vosi bilan istalgan paytda chiqishi mumkin edi. Bu omil ham
tinchlikni xavf ostida qoldirardi. To‟rtinchidan, Versal-Vashington tizimi
shartnomalarining amalda bajarilishini ta‟minlovchi kuchli mexanizm (vositalar)
vujudga keltirilmagan edi. Tuzilgan yangi xalqaro tashkilot - Millatlar Ittifoqiga
bunday vakolat berilmagan edi. Antanta davlatlari ham bunda qodir emas edilar.
Chunki kecha ittifoqchi bo‟lgan bu davlatlar o‟rtasida urushdan keyin vujudga
kelgan ziddiyatlar amalda ittifoqchilik majburiyatlarini yo‟qqa chiqargan edi.
Beshinchidan, sobiq Germaniya va Turkiya imperiyalari xalqlariga mustaqillik
amalda mandat tizimining vasiylik tamoyili bilan niqoblandi, xolos. Yirik
mustamlakachi asosiy davlatlar Buyuk Britaniya va Fransiya «buyuk vasiy»lar
ham bo‟lib oldilar. Mustamlaka xalqlar milliy-ozodlik kurashini davom ettirdilar.
Oltinchidan, Versal - Vashington tizimi Sovet Rossiyasining ishtirokisiz yaratildi.
Antanta sovet davlatiga dushman Germaniya bilan separat sulh tuzgan sotqin deb,
bolshevizmga esa dushmanlik ko‟zi bilan qaradi. Versal - Vashington tizimiga
kiruvchi birorta ham shartnomani imzolamagan Sovet davlati bu tizimga nisbatan
muxolifat bo‟lib qoldi. Ma‟lumki, 20-yillar tarixga “patsifizm erasi” nomi bilan
kirdi. Bu hodisa xalqaro munosabatlarda ham o‟z aksini topdi. Shuning uchun ham
katta kamchilik va adolatsizliklarga qaramay, Versal - Vashington tizimi o‟zida
patsifizm ruhini aks ettirgan edi va bu tizim 20-yillarda xalqaro munosabatlarda
vaqtinchalik bo‟lsada, nisbatan barqarorlikni ta‟minlay oldi. Biroq Versal -
Vashington tizimi g‟olib davlatlar o‟rtasidagi hamda g‟oliblar va yengilgan
davlatlar o‟rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etmadi. Aksincha, bu ziddiyatlar tez
orada o‟zini to‟la namoyon eta boshladi. AQSh 20-yillarning oxiriga kelib barcha
buyuk G‟arb va Sharq davlatlari - Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya
va Yaponiya birgalikda ishlab chiqargan sanoat mahsulotlaridan ko‟p mahsulot
ishlab chiqara boshladi. Chetga sarmoya joylashtirish miqdori bo‟yicha Buyuk
Britaniyaga yetib oldi. AQShning maqsadi xalqaro maydonda Buyuk Britaniya
gegemonligiga chek qo‟yish, Germaniyaning Fransiya tomonidan asoratga
solinishiga yo‟l qo‟ymaslik, uni Yevropada Fransiyaga bas keluvchi raqibga
aylantirish edi. O‟z navbatida, yengilgan davlatlar va urush natijasida kam o‟lja
tekkan mamlakatlar o‟ch olish ishtiyoqida yonmoqda edi. Biroq 20-yillarda ham
Yevropada patsifistik kayfiyat va urushga qarshi harakat hali kuchli edi. Buyuk
davlatlar hukmron doiralari istaydilarmi, yo‟qmi, bu omil bilan hisoblashishga
majbur edilar. 20-yillarda xalqaro munosabatlarning o‟ziga xos xususiyatlari
Fransiya Yevropada yagona qudratli davlat bo‟lish uchun kurashardi. Shuning
uchun ham u eng ko‟p sonli armiya tuzdi. Biroq uning qudrati bundan keyin
qanday bo‟lishi Germaniyaning unga to‟lashi lozim bo‟lgan reparatsiyaga ham
bog‟liq edi. Xuddi shu muammo uni xavotirga solar edi. Binobarin, Fransiyaning
Yevropa qit‟asida yetakchi davlat bo‟lish orzusi mustahkam iqtisodiy tayanchga
ega emas edi. Tabiiyki, bunday sharoitda Fransiya xalqaro munosabatlarda qudratli
siyosiy omil vazifasini bajara olmas edi. Germaniyadan reparatsiya olish
masalasini Fransiyaning yakka o‟zi hal eta olmaganligi buning tasdig‟idir. Shuning
uchun ham bu muammoni hal etish tashabbusi AQSh qo‟liga o‟tgan edi.
Reparatsiya va Yevropa davlatlarining AQShga qarzini to‟lashi masalasi bilan
shug‟ullanuvchi maxsus Xalqaro qo‟mitaning bu masala borasida 1924-yilda
Amerika bankiri Daues rejasini qabul qilganligi shu bilan izohlandi. Daues rejasiga
ko‟ra, Germaniya dastlab yiliga 1 mlrd markadan reparatsiya to‟lashi, keyinchalik
esa bu raqam 3 mlrd markaga chiqarilishi lozim edi. 1929-yilda bo‟lib o‟tgan
Gaaga xalqaro konferensiyasi bu masalada Amerika vakili Yung rejasini qabul
qildi. Unga ko‟ra, Germaniya to‟laydigan har yilgi reparatsiya miqdori 2 mlrd
marka hajmida chegaralanib qo‟yildi. Reparatsiyaning umumiy miqdori esa
kamaytirildi. Jahon iqtisodiy inqirozi boshlangach esa, 1931-yildan Fransiyaning
raqiblari taklifi bilan Germaniyaning reparatsiya to‟lash majburiyati to‟xtatib
qo‟yild.
17
Germaniya to‟laydigan reparatsiya miqdorining kamaytirilishi Fransiyani
tashvishga solib qo‟ydi. Buning ustiga AQSh Germaniya qudratini tiklash yo‟lida
unga katta yordam ko‟rsatmoqda edi. Shuning uchun ham 1927-yilning aprel oyida
Fransiya tashqi ishlar vaziri A.Brian AQShga urushdan milliy siyosat quroli
sifatida voz kechish haqida shartnoma imzolash haqidagi taklif bilan murojaat
qildi. Patsifistik kayfiyat hukmron bo‟lgan bir sharoitda AQSh va boshqa davlatlar
bu taklifni qabul qilmay ilojlari yo‟q edi. Natijada, 1928-yil davlat vakillari Brian -
Kellog (AQSh davlat kotibi) pakti deb atalgan paktni imzoladi. Biroq muhim
xalqaro ahamiyatga ega bo‟lgan bu hujjat bajarilmadi. Sovet davlati buyuk
davlatlar o‟rtasidagi va ular bilan boshqa davlatlar o‟rtasidagi ziddiyatlardan
ustalik bilan foydalana oldi. G‟arb davlatlari Sovet davlatini yakkalab qo‟yishga
intilsalarda, u 1922-yilning aprel oyida Genuyaga yaqin joy- Rapalloda Germaniya
bilan shartnoma imzolashga muvaffaq bo‟ldi. Shartnomaga ko‟ra, tomonlar bir-
biriga nisbatan barcha da‟volardan, jumladan, qarz va tovonlardan ham voz
kechdilar.
17
Lafasov M. Jahon tarixi “Turon -iqbol”, T., 2008. 19-bet
|