1.
Versal tizimini yuzaga kelishining sabablari va omillari
Ishchilar harakatidagi revolyutsion tendentsiya bilan opportunistik
tendentsiya o‟rtasida kurash kuchayib borayotgan bir sharoitda, 1900 yilda,
II Internatsionalning navbatdagi Parij kongressi bo‟ldi, unda 791 delegat
qatnashdi. Kongressda burjua partiyalari bilan ittifoq to‟g‟risidagi masala
(amalda ana shu nom ostida “Mile‟ran kazusi” muhokama qilingan edi)ni
muhokama qilish asosiy o‟rinni egalladi. Internatsional kongressida
“Mileran kazusi”ning muhokama qilinishi german, ingliz, belgiyalik va
boshqa sotsial-opportunistlarning, Milerandan o‟rnak oling deb, uning
qilmishini oqlashlari shuni ko‟rsatdiki, sotsialistik harakat ichidagi turli
oqimlar o‟rtasida milliy zaminda paydo bo‟lgan nizolar internatsional
ixtiloflarga aylanmoqda edi. Bu masala bo‟yicha tuzilgan komissiya
kongress muhokamasiga ikkita rezolyutsiyani: komissiyaning ko‟pchiligi
Kautskiy rezolyutsiyasini va komissiyaning ozchiligi Ged bilan italyan
sotsialisti Ferri rezolyutsiyasini taqdim etdi. Kautskiy rezolyutsiyasining
birinchi qismida sotsialistlarning burjua hukumatida qatnashishini “siyosiy
hokimiyatni qo‟lga olishning normal boshlanishi” deb hisoblab bo‟lmaydi,
deyilgan bo‟lsa, xuddi shu yerning o‟zida, “vaqtincha favqulotda chora
sifatida” burjua hukumatida qatnashish mumkinligi e‟tirof qilinsin, deyilgan
edi. Kautskiy, sotsialistlarning burjua hukumati sostaviga kirishining
birdan-bir sharti partiyaning roziligini olishdir deb hisobladi. Kautskiy
rezolyutsiyasida marksizmning sotsialistlarning burjua hukumatiga kirishi
masalasidagi printsipial munosabati haqida hech narsa aytilmagan edi;
rezolyutsiyada sotsialistlarning burjua hukumatida qatnashishi mumkinligi
yoki zarurligining sharti ham, sharoiti ham belgilab berilmagan edi.
Shunday qilib, Kautskiy noaniq yoki o‟sha vaqtda “kauchuksimon” deb
to‟g‟ri nom berilgan rezolyutsiyani taklif qilib va reaktsion hukumat
sostaviga kirgan Mile‟ran ning xoinligidan iborat konkret holni qoralamay,
Mile‟ran ning xoinligidan iborat konkret holni qoralamay, Mile‟ran ni va
butun “ministerializm” siyosatini oqlash uchun opportunistlarga yo‟l ochib
berdi.
Ged
kongressda
so‟zlagan
otashin
nutqida
Kautskiyning
«kauchuksimon» rezolyutsiyasini qoraladi. U, proletariat diktaturasi
o‟rnatmay turib, ishchilar sinfi hokimiyatni qo‟lga olishi mumkin emas,
dedi. Ged tomonidan kiritilgan rezolyutsiya sotsialistlarning burjua
hukumatiga kirishini man qilgan edi.
8
Qizg‟in tortishuvlardan so‟ng ko‟pchilik ovoz bilan Kautskiy
rezolyutsiyasi qabul qilindi. Bu esa II Internatsional partiyalarida
opportunistik qanotning ta‟siri kuchayganligidan dalolat berardi. Parij
kongressi majlis qilayotgan paytda ingliz imperialistlari bur qishloqlarini
vahshiylarcha vayron qilayotgan, Amerika imperializmi Filippin orollarida
mehnatkash ommani shafqatsiz qirayotgan, xalqaro imperializmning jazo
korpusi esa Xitoydagi xalq ozodlik harakatini bo‟g‟ib tashlamoqchi bo‟lib
turgan edi. Bunday imperialistik bosqinchilik siyosatiga qarshi sotsialistik
partiyalarning qat‟iy norozilik bildirmasligi mumkin emas edi. Parij
kongressi Roza Lyuksemburg dokladi bo‟yicha rezolyutsiya qabul kilib,
unda ishchilar xalqaro miqyosda g‟ayrat bilan harakat qilishga va
birgalashib militarizmga qarshi kurash olib borishga chaqirilgan edi.
«Kongress harakat vositasi sifatida, -deyilgan edi rezolyutsiyada, -quyidagi
tadbirlarni tavsiya qiladi: 1) turli sotsialistik partiyalar militarizmga qarshi
kurashish maqsadida yoshlarni tarbiyalash va uyushtirishga e‟tibor
berishlari kerak; 2) hamma mamlakatlardagi sotsialist deputatlar har qanday
harbiy xarajatlarga qarshi, flot uchun, mustamlakalarga yuboriladigan
8
Lafasov M, Jahon tarixi “Turon -iqbol”, T., 2008. 7-bet
harbiy ekspeditsiyalar uchun belgilangan xarajatlarga qarshi ovoz berishlari
lozim; 3) doimiy internatsional sotsialistik komissiya barcha davlatlarda
yagona umumiy plan bo‟yicha norozilik harakatini va militarizmga qarshi
agitatsiyani amalga oshirishi hamda zarur bo‟lgan hollarda ularni yo‟lga
solib turishi lozim».
Parij kongressi imperialistik davlatlarning mustamlakachilik siyosatini
ham qat‟iy ravishda qoraladi. Bu masala bo‟yicha qabul qilingan qarorda
shunday deyilgan edi: “Burjuaziya mustamlakachilik siyosatining maqsadi
faqat kapitalistik sinfning oladigan foydasini oshirishdan va ishlab
chiqaruvchi proletariatning qonini va pulini surib olish orqali hamda qurol
kuchi bilan bosib olingan mustamlakalardagi mahalliy xalqqa nisbatan
jinoyat va son-sanoqsiz vahshiylik qilish vositasi bilan kapitalistik
sistemani
saqlashdan
iboratdir”.
Rezolyutsiya
mustamlakachilik
avantyuralariga qarshi qat‟iy kurash olib borishga, mustamlakalarda
sotsialistik partiyalar tashkil qilib, ularning harakatini birlashtirishga
chaqirdi. Parij kongressida barcha sotsialistik partiyalarning vakillaridan II
Internatsionalning doimiy ijroiya organi- Xalqaro sotsialistik byuro (XSB)
tuzildi. U hamma mamlakatlardagi ishchilar sinfining ahvoli haqida
ma‟lumotlar yig‟ib borishi, kongresslarning protokollarini tarqatishi, ayrim
mamlakatlardagi sotsialistik harakat to‟g‟risida kongresslarga dokladlar
tayyorlab turishi lozim edi. Xalqaro sotsialistik byuroning doimiy turar joyi
Bryussel shahri bo‟lib qoldi. XSB ning raisi qilib E. Vandervelde, sekretari
qilib K. Gyuismans saylandi. Birinchi jahon urushi 1918-yil 11-noyabrda
Germaniyaning Antantaga taslim bo‟lishi bilan tugadi. Shundan so‟ng urush
aybdori bo‟lgan German bloki davlatlari bilan yetkazilgan zararni qoplash
va shartnoma tuzish uchun tayyorgarlik boshlandi. 1919 yil yanvar oyida
Parijdagi Versal saroyida Antanta ittifoqiga kirga g‟olib mamlakatlar vakilari
urushga xulosa yasash va tinchlik shartnomasini imzolash uchun to‟plandilar.
Tinchlik konferensiyasi ishida 27 mamlakatdan mingdan ortiq delegat ishtirok
etdi. Ammo amalda barcha asosiy masalalar besh davlat tomonidan hal qilindi:
AQSh (Prezident Vudro Vilson), Angliya (Bosh vazir David Lloyd Jorj), Fransiya
(Bosh vazir Jorj Klemanso), Italiya (Bosh vazir Vittorio Orlando), Yaponiya (Baron
Makino).
9
Parij tinchlik konferensiyasi bir yil davom etdi (1919 yil 18 yanvardan 1920
yil 21 yanvargacha). Asosiy davlatlarning tutgan mavqelari birbiriga zid, ko‟pincha
tamomila qaramaqarshi edi. Eng muhimi, Antanta ittifoqi asosan maxfiy
shartnomalar, yashirin bitimlar asosiga qurilgan bo‟lib, yangi vaziyatda bu
kelishuvlarni amalga oshirib bo‟lmasdi. Ana shu shartnomalarga ko‟ra, Rossiya
Stambulni olishi va Dardanell bo‟g‟ozi ustidan nazorat o‟rnatishi, buning evaziga
Fransiyaning Elzas Lotaringiyaga egalik qilish huquqini hamda Angliyaning Misr
ustidan nazoratini e‟tirof etishi zarur edi. Ruminiyaga Transilvaniyani berish va‟da
qilingan, ammo bu Vengriya manfaatlariga mos kelmasdi. Angliya arab xalqlariga
Usmonli imperiyasidan chiqish va arab davlatlari tuzishni taklif etdi. Ayni paytda bu
taklif Angliya va Fransiyaning Yaqin Sharqni bo‟lib olish haqidagi kelishuvlariga zid
edi. Jorj Klemanso (1841-1929) - fransuz davlat arbobi, ma‟lumoti bo‟yicha vrach.
1906 yildan - Fransiya Vazirlar kengashi raisi, 1917 yildan -Fransiya Bosh vaziri va
ayni paytda harbiy vazir. Mamlakatda diktatorlik tuzumi o‟rnatlshga urindi. 1920
ylldagi saylovlarda mag‟lubiyatga uchradi.
Vittorio Emanuele Orlando (1860-1952) - italyan liberal harakati
rahbarlaridan biri. 1917-1919 yillarda Italiya Vazirlar mahkamasi raisi. 1925
yildan fashist tuzumiga muxolifatda, 1931 yilda fashist hukumatiga qasamyod
qilishdan bosh tortgan.
Devid Loyd Jorj (1863-1945) 1916-1922 yillarda Buyuk Britaniya Bosh
vaziri. Liberal partlyaning yirik rahbarlaridan biri. G‟olib mamlakatlarning
manfaatlari ham birbiriga tamomila zid edi. Fransiya Germaniyadan o‟zining
kuchsizligini anglagan holda bu mamlakatni batamom kuchsizlantiradigan va
Yevropada Fransiyaning ustunligini ta‟minlaydigan tinchlik o‟rnatilishini istar edi.
Italiya Adriatika dengizi sohillari va orollarni qo‟lga kiritishdan umidvor edi.
9
Hidoyatov G.A, Jahon tarixi (1918-1945y). I qism. T., 2004 y. 42-bet
Angliya o‟zining imperiyasi hududlarini kengaytirishni o‟ylardi. Yaponiya
Osiyoda ustun mavqega erishishni orzu qilardi. AQSh dengizlarda suzish
erkinligini ta‟minlashni talab etar, shu yo‟l bilan o‟zining okean floti ustunligidan
foydalanishni mo‟ljallardi. Konferensiya qatnashchilarining doimo diqqat
markazida turgan muammo “rus masalasi” edi. Bolshevizm g‟oyalarining
yoyilishi qarshisidagi qo‟rquv Versal konferensiyasining qarorlariga ham o‟z
muhrini bosdi. G‟arb mamlakatlari rahbarlari konferensiya boshlangan kundanoq
Rossiyaga qarshi intervensiyani tashkil qilish bilan shug‟ullandilar. Ular
Rossiyadagi bolsheviklar hukumatini yo‟qotish o‟z mamlakatlaridagi inqilobiy
harakatni va Sharqdagi milliyozodlik harakatini bostirishda muhim ahamiyatga
ega bo‟ladi, deb hisoblardilar. Ko‟p asrlardan beri urush g‟olibi bo‟lgan davlat
yoki davlatlar guruhi bilan yengilgan davlat yoki davlatlar o‟rtasida shartnoma
imzolangan. G‟olib tomon yengilgan tomonga o‟z xohish-istagini o‟tkaza olgan,
albatta. Birinchi jahon urushi ham bundan mustasno bo‟lmadi. G‟olib Antanta
bilan mag‟lub To‟rtlar ittifoqi o‟rtasida imzolanadigan tinchlik shartnomasining
matnini tuzish uchun Fransiya poytaxti Parij shahriga 27 davlat delegatsiyasi
to‟plandi. Ular Versal saroyida imzolangan tinchlik shartnomasini ishlab chiqish
ustida bir yil ishladilar. V. Vilsonning “14 moddasi” asosida Versal saroyida 5 ta
davlat (Germaniya, Avstriya, Vengriya, Bolgariya va Turkiya) bilan imzolanadigan
5 ta shartnoma matni tayyorlandi. Shu 5 ta shartnoma birgalikda “Versal tizimi”
deb ataldi. Buyuk davlatlarning Osiyo va Tinch okean havzasidagi munosabatlarini
tartibga solish maqsadida 1921-1922-yillarda Vashington shahrida 9 ta davlat
ishtirokida konferensiya o‟tkazildi. Bu konferensiyada uchta shartnoma imzolandi.
Shu tariqa Versal-Vashington tizimi nomi tarixda qoldi.
10
Fransiya Bosh vaziri Jorj
Klemanso tinchlik shartnomasi shartlarini ishlab chiqish bo‟yicha xalqaro
konferensiyaning Parij shahrida o‟tkazilishini qattiq turib himoya qildi, va nihoyat,
u o‟z maqsadiga erishdi. Parij konferensiyasi 1919-yilning 18-yanvar kuni o‟z
ishini boshladi. Konferensiya ochilishining aynan shu kunga belgilanganligi bejiz
emas edi. 1870-1871-yilgi Fransiya-Prussiya urushida g‟olib Prussiya bilan
10
Lafasov M Jahon tarixi “Turon -iqbol” T., 2008. 9-bet
yengilgan Fransiya o‟rtasidagi shartnoma aynan shu saroyda imzolangan va 18-
yanvar kuni shu saroyda Germaniya imperiya deb e‟lon qilingan edi. G‟oliblar
Germaniyani tahqirlash uchun aynan shu kuni konferensiya ishini boshladilar.
Germaniyani tahqirlashdan Fransiya ayniqsa manfaatdor edi. Shuning uchun ham
konferensiyani kirish so‟zi bilan ochgan Fransiya Prezidenti A. Puankare o‟z
so‟zida,
jumladan,
bunday
degan
edi:
“Adolatsizlik bilan Tinchlik
konferensiyasida 27 davlat vakillari qatnashgan bo‟lsada, amalda barcha asosiy
masalalar “katta uchlik” deb atalgan (AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya) davlat
rahbarlari tomonidan hal etildi. Ularning ichida Fransiya Bosh vaziri Jorj
Klemanso o‟zining jo‟shqin nutqlari bilan ajralib turar va o‟ta qiziqqonligi tufayli
“yo‟lbars” degan laqab olgan edi. Konferensiyaga to‟rtlar ittifoqi davlatlari hamda
Sovet Rossiyasi taklif etilmadi. Katta uchlik davlatlari garchand To‟rtlar ittifoqiga
qarshi urushda ittifoqchi bo‟lgan bo‟lsalarda, ularning har biri Parij konferensiyasi
qarorlari aynan o‟zlarining maqsadlariga mos kelishini istar edilar. Xususan,
AQSH o‟zini dunyoning yetakchi davlati, Yevropa davlatlariga bergan qarzi
hamda Birinchi jahon urushining Antanta foydasiga hal bo‟lishiga qo‟shgan
hissasi, shuningdek, Vilson ilgari surgan tinchlik dasturi AQShga jahonni
ma‟naviy idora qilish huquqini beradi, deb hisoblar edi. AQSH Buyuk Britaniya va
Fransiya Yevropa siyosatini belgilovchi davlatlar bo‟lib qolishini istamas, shuning
uchun Germaniya butunlay kuchsizlantirilgan holatga tushirib qo‟yilishiga qarshi
edi. Buyuk Britaniya Germaniyaning dengiz va iqtisodiy qudratini sindirganligini
o‟zining katta yutug‟i deb hisoblardi. Germaniyaning sobiq mustamlakalarini o‟z
imperiyasi tarkibiga qo‟shib olishga intilardi. Ayni paytda Fransiyaning Germaniya
hisobiga kuchayishini ham istamas edi. Parij tinchlik konferensiyasi. Chapdan
o‟ngga: D.Lloyd-Jorj, V. Orlando, J. Klemanso, V. Vilson. “Katta uchlik”
o‟rtasidagi ziddiyatlar. Shuning uchun Fransiya Bosh vaziri J. Klemansoning
Buyuk Britaniya Bosh vaziri D. Lloyd-Jorjga: “G‟alabadan keyin darhol Britaniya
bizning dushmanimiz bo‟lib qoldi”, - deb ta‟na qilganligi bejiz emas. Bunga
javoban Lloyd-Jorj Klemansoga qarab kulib turib: “Britaniyaning siyosati shunday
emasmi?” - deb javob qaytarganligini tarix unutgan emas. Lloyd- Jorj Fransiya
kuchayib ketishining hamda bolsheviklar solishi mumkin bo‟lgan xavfning oldini
olish maqsadida kuchli Germaniyaning saqlanib qolishidan manfaatdor edi.
Bundan tashqari, Buyuk Britaniya AQShning jahon siyosatida tutgan o‟rni,
shuningdek, harbiy-dengiz qudrati tobora oshib borayotganligidan tashvishda edi.
Biroq bu jarayonning oldini olishga qodir emas edi. Chunki AQSh Buyuk
Britaniyani qarz beruvchi davlatdan qarzdor davlatga aylantirib qo‟ygan edi.
Buning ustiga iqtisodi tobora kuchsizlanib, moliyasi va savdosi izdan chiqib
bormoqda edi. Fransiya katta uchlik ichida eng ko‟p zarar ko‟rgan davlat edi.
Chunki urush harakatlari uning hududlarida olib borilgan edi. Ayni paytda u ham
qarz beruvchi davlatdan qarzdor davlatga aylanib qoldi. Bu ham yetmaganidek,
Sovet hukumati podsho Rossiyasining chet davlatlardan olgan qarzini to‟lashdan
bosh tortganligi Fransiya uchun qattiq zarba bo‟ldi. Chunki chor Rossiyasi eng
ko‟p qarzni Fransiyadan olgan edi. Shuning uchun ham u barcha yo‟qolgan
boyliklari o‟rnini Germaniya hisobidan qoplashni istar edi. Bundan tashqari,
Fransiya Germaniyaning nihoyatda kuchsizlantirilishi tarafdori edi. Fransiya
nafaqat Germaniya bir vaqtlar undan tortib olgan hududlarini qaytarib olishni, ayni
paytda Germaniyaning Saar ko‟mir havzasi va Reyn daryosining so‟l sohilidagi
yerlarni ham qo‟shib olishni istar edi. Shuningdek, Fransiya Yevropaning
Ruminiya, Chexoslovakiya va Polsha kabi davlatlaridan kelgusida Germaniyaga
qarshi o‟ziga xos bir ittifoq tuzish niyatida ham edi. Ayni paytda Fransiya hukmron
doiralarining rejasiga ko‟ra, bu davlatlar Sovet Rossiyasiga qarshi kurashda ham
asqotishi lozim edi. “Katta uchlik” esa Sovet Rossiyasiga qarshi kurash masalasida
yagona fikrda edi. 1919-yilning 28-iyunida Versal saroyida yengilgan Germaniya
bilan g‟olib Antanta davlatlari o‟rtasida shartnoma imzolandi. Bu shartnoma
tarixga Versal tinchlik shartnomasi nomi bilan kirdi. Versal shartnomasi
Germaniya va uning ittifoqchilarini urushning aybdorlari deb e‟lon qildi.
Shartnomaga ko‟ra, Fransiya Elzas va Lotaringiyani o‟ziga qaytarib oldi.
Germaniyaning Saar viloyati 15 yil muddatga Millatlar Ittifoqi boshqaruviga
berildi.
11
15 yildan so‟ng bu viloyat taqdiri plebitsey yordamida hal etiladigan
bo‟ldi. Uning ko‟mir havzasi shaxtalari Fransiyaning mulki bo‟lib qoldi. Reyn
daryosining chap sohilini 15 yil muddatga Antanta okkupatsiya qildi. Reyndan
sharqqa qarab 50 km hudud to‟la demilitari- Versal tinchlik shartnomasining
imzolanishi zatsiyalashtirildi. Germaniya Polsha va Chexoslovakiyaning
mustaqilligini tan oldi. Bir paytlar Prussiya bosib olgan hududlar, Sharqiy Pomore
Polshaga berildi. Buning natijasida Polsha Boltiq dengiziga chiqish imkoniga ega
bo‟ldi. Eypen, Malmedi va Morelle okruglarida plebitsey o‟tkazildi, natijada bu
okruglar Belgiyaga o‟tdi. Klaypeda esa Litvaga o‟tkazildi. Shlezvigning shimoliy
qismi Daniyaga, Sileziyaning bir qismi Chexoslovakiyaga berildi. Gdansk shahri
esa Millatlar Ittifoqi boshqaruvidagi №erkin shahar” deb tan olindi. Shu tariqa
Germaniya 1914-yilning 1-avgustiga qadar bo‟lgan o‟z hududining 1/8 qismini
yo‟qotdi. Germaniya Avstriyaga bo‟lgan da‟volaridan voz kechishga majbur etildi.
Avstriyaning mustaqilligi Antanta davlatlari tomonidan kafolatlanadigan bo‟ldi.
Bundan tashqari, Germaniya dunyodagi barcha mustamlakalaridan mahrum etildi
va ular g‟oliblar o‟rtasida taqsimlandi. Chunonchi, Germaniyaning Afrikadagi
mustamlakalari Togo va Kamerun Buyuk Britaniya va Fransiyaga o‟tdi.
Shuningdek, Buyuk Britaniyaga Tanganika (Germaniya Sharqiy Afrikasi);
Belgiyaga Ruanda va Urundi; Janubiy Afrika Ittifoqiga -Janubi-g‟arbiy Afrika
(Namibiya); Yaponiyaga Tinch okeanidagi Marshall, Marian va Karolina orollari,
Xitoyning Szyaochjou viloyati, Shandun yarim oroli berildi. Germaniyaga Antanta
davlatlari foydasiga katta miqdorda reparatsiya to‟lovi majburiyati yuklandi.
Komissiya reparatsiya miqdorini 1921-yilning 1-mayigacha belgilaydigan,
Germaniya esa ungacha Antantaga 20 mlrd markani oltin, mahsulotlar, kemalar va
qimmatbaho qog‟ozlar bilan to‟lashi zarur edi. Reparatsiya muammosi 1921-
yilning aprel - may oylarida London konferensiyasida hal etildi. Unga ko‟ra,
reparatsiya 132 mlrd oltin marka miqdorida belgilanadi. Uning 52 foizi Fransiyaga;
22 foizi Buyuk Britaniyaga; 10 foizi Italiyaga; 8 foizi Belgiyaga; Gretsiya,
11
Hidoyatov G.A Jahon tarixi (1918-1945y). I qism. T., 2004. 43-bet
Ruminiya va Yugoslaviyaga birgalikda 6,5 foizi; 0,75 foizi Yaponiyaga to‟lanishi
kerak edi. Bu ochiqcha talonchilik Antanta davlatlarining Versal shartnomasida
yozib qo‟ygan quyidagi fikrlari bilan oqlanar edi: «Germaniya va uning
ittifoqchilari tajovuzi tufayli ro‟y bergan urushda ittifoqchilar (Antantani nazarda
tutishayotir) va ularga qo‟shilgan davlatlar fuqarolariga yetkazilgan talafot va zarar
uchun butun mas‟uliyatni Germaniya o‟z zimmasiga oladi». Germaniya uchun
bunday katta miqdorda reparatsiya to‟lash nihoyatda og‟ir edi. Biroq uning rozi
bo‟lishdan boshqa iloji yo‟q edi.
12
Hayot Germaniya oldiga ikki imkoniyatni
ko‟ndalang qilib qo‟ydi: yo qo‟yilgan shartga rozi bo‟lib, tinchlikka erishish, yoki
yana urushga kirishib butunlay xonavayron bo‟lish. Versal shartnomasi
Germaniyada umumiy harbiy majburiyatni taqiqladi. Ayni paytda Germaniya suv
osti flotiga, katta harbiy kemalarga, harbiy va dengiz aviatsiyasi va tank
qo‟shinlariga ega bo‟lish huquqidan mahrum etildi. Shunday bo‟lsada,
Germaniyaga 100 ming kishilik qo‟shinga ega bo‟lish (bu qo‟shin faqat ko‟ngillilar
asosidagina tashkil etilishi mumkin edi) huquqi berildi. Vudro Vilsonning fikricha,
bu qo‟shin Germaniyaga ichki tartibni saqlash va bolshevizm xavfiga qarshi turish
uchun zarur edi. Millatlar Ittifoqi (Millatlar Ligasi ham deyishadi) - bu, dunyo
davlatlarining xalqaro tashkiloti edi. Tashkilotning asosiy vazifasi - tinchlikni va
xalqaro xavfsizlikni ta‟minlashdan iborat bo‟lishi kerak edi. Bunday tashkilotni
tuzish tashabbusi bilan AQSh Prezidenti V.Vilson chiqdi va bu uning moddali
tinchlik dasturida o‟z ifodasini topgan edi. Antantaning yetakchi davlatlari (Buyuk
Britaniya va Fransiya) bu tashabbusni qo‟llab-quvvatladi.
13
Dostları ilə paylaş: |