Referat mavzu: Umumiy psixologiyaning fanining predmeti, maqsadi vazifalari Bajardi



Yüklə 408,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/26
tarix01.02.2022
ölçüsü408,19 Kb.
#83375
növüReferat
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Referat mavzu Umumiy psixologiyaning fanining predmeti, maqsadi

 

 

2BOB PSIXOLOGIYANING TADBIQIY VA AMALIY SOHALARI

 

 



2.1 Amaliy hamda tadbiqiy psixologiya sohalarining o’ziga xos jihatlari 

 

Hozirgi  zamon  ilm  -  fanining  qadri  va  ahamiyati  uning  nechogli  amaliyotga  kirib  borib,  tadbiqiy 



salohiyati ortib borishi bilan baholanadi. Psixologiyaning oxirgi  yillardagi taraqqiyoti ham aynan ana shu 

mezon talablariga javob berishi bilan xarakterlanadi. 

Amaliy hamda tadbiqiy psixologiya sohalarining o’ziga xos jihatlari avvalo shundan iboratki, ular 

jamiyatning bevosita bugungi kundagi  talablari  va  buyurtmalariga  ko’ra ish yuritadi. Jamiyatimizda esa 

psixologik  bilimlarni  bevosita  amaliyotga  tadbiq  etishga  ehtiyoj  katta.  Birgina  O’zbekistonda  kadrlar 

tayyorlashning  milliy  dasturini  oladigan  bo’lsak,  uning  bajarilishi  va  muvaffaqiyatli  amalga  oshirilishi 

uchun  psixologiyaning  aralashuvi  zarur.  Joylarda  tashkil  etilgan    Tashhis  markazlarida  faoliyat 

ko’rsatayotgan mutaxassislar o’quvchilardagi rivojlanish ko’rsatkichlari, aqliy o’sish omillari va iqtidoriga 




18 

 

qarab ta’lim - tarbiyani tashkil etishlari uchun qator diagnostik tadbirlarni o’tkazishlari zarurki, bu tadbirlar 



oxir - oqibat aniq samara berishi lozim. Ta’kidlash zarurki, tadbiqiy psixologiyadagi  «samara»ni o’lchash 

mezonlari  bilan  nazariy  psixologiyadagi  samara  tushunchalari  biroz  farq  qiladi.  Ya’ni,  bu  yerda  bevosita 

buyurtmaning  bajarilishi  sifatiga  buyurtmachining  o’zi  baho  beradi.  SHuning  uchun  ham  amaliy 

psixologiyaning  alohida  tarmog’i  bo’lmish  sotsial  psixologiya  bilimlarga  amaldagi  ehtiyojni  uch  asosiy 

sabab  bilan  tushuntirishi  mumkin:  a)  kichik  korxona  yoki  yirik  firmalardan  tortib,  toki  xukumat 

darajasidagi idoralar ham o’z faoliyati samaradorligini oshirish uchun tobora insonlar faoliyati va ulardagi 

rezervlardan  omilkorona  foydalanishning  psixologik  manbalarini  qidirish  lozimligini  tushunib 

yetmoqdalar; b) professional psixologlarning o’zi ham o’z ishlaridan keladigan obro’ - e’tiborning amaliy 

sohalarida ishlay  olish qobiliyatlariga bog’liq ekanligini tushunib  yetmoqdalar; v) amaliyotda ishlayotgan 

boshqa soha vakillari ham agar psixologik tayyorgarlikdan o’tgan bo’lsalar, ishni tashkil qilishga o’quvlari 

yaxshirok va ishlari unumliroq bo’lishini tushunib yetmoqdalar. SHuning uchun ham ko’plab yangi turdagi 

markaz va firmalar, qo’shma korxonalarda amaliyotchi psixologlar ishlamoqdalar. 




Yüklə 408,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə