Iqtisodiyot
bilan psixologiyaning o’zaro aloqasi va hamkorligi ham yangilik bo’lib, ayniqsa, bozor
munosabatlariga bosqichma - bosqich o’tish sharoitida iqtisodiy ong hamda iqtisodiy xulqning o’ziga xos
namoyon bo’lish qonuniyatlarini o’rganishda ikkala fan teng xizmat qiladi. O’zbekiston Prezidenti I.
Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq fuqarolarda, birinchi navbatda, yoshlarda yangicha
iqtisodiy tafakkur shakllanishining jamiyat iqtisodiy taraqqiyotidagi ahamiyatiga e’tiborni qaratgan edilar.
Demak, yangi davr shaxsini tarbiyalash va uning jamiyatga moslashuvi masalasida psixologiya iqtisodiyot
fanida qo’lga kiritgan yutuqlar, yangiliklar va iqtisodiy samaraga erishish omillarini hisobga olsa,
iqtisodiyot o’z navbatida iqtisodiy islohotlarning ob’ekti hamda sub’ekti bo’lmish inson omilidagi barcha
psixologik o’zgarishlarni aniqlash, tahlil qilish va shu asnoda bashorat qilish vazifasini yechishi kerak.
Yuqorida ta’kidlangan fan tarmoqlari psixologiya bevosita uzviy aloqada rivojlanadigan fanlarning
asosiy qismi xolos. Bugungi kunda har bir fan rivoji uchun inson omilini hisobga olish zarur ekan,
psixologiya o’sha barcha fanlar bilan aloqada va hamkorlikda rivojlanadi.
SHuning uchun bugungi kunda psixologiya fanidan alohida bo’lib ajralib chiqqan tarmoqlar
to’g’risida ham fikr yuritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |