Referat mavzu: Psixologik xizmatda samarali boshqaruv tizimini shakllantirish bosqichi Bajardi



Yüklə 168,94 Kb.
səhifə1/5
tarix19.12.2023
ölçüsü168,94 Kb.
#151982
növüReferat
  1   2   3   4   5
Psixologik xizmatda samarali boshqaruv tizimini shakllantirish bosqichi


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim
vazirligi



Buxoro Davlat Universiteti
Tarix va yuridik fakulteti
amaliy psixologiya yo‘nalishi
5-2 PSI-21 guruh talabasining
­­­­­­­­­­­­­­­­­­­_____________________________” fanidan
REFERAT
Mavzu: Psixologik xizmatda samarali boshqaruv tizimini shakllantirish bosqichi


Bajardi:________________
Qabul qildi:_____________

Buxoro 2023
Psixologik xizmatda samarali boshqaruv tizimini shakllantirish bosqichi
Reja:


  1. Kirish

  2. Boshqaruv ilmining o'ziga xos xususiyatlari

  3. Boshqaruvda tizimli yondashuv

  4. Boshqaruvning asosiy tamoyillari

  5. Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Ma’lumki har qanday faoliyat turi boshqaruv asosiga quriladi, chunki shu faoliyatni amalga oshirishdan ko'zlangan maqsadga erishish, bajariladigan vazifalami taqsimlash, ijrosini nazorat qilish, shuningdek, samaradorlikka erishish uchun shu faoliyatda ishtirok etuvchilar manfaatlarini himoya qilish, rag'batlantirish chora-tadbirlari boshqaruv jarayonida tashkil etiladi va muvofiqlashtiriladi. Bunda boshqaruvga iqtisodiyotda mavjud tizim ham o‘z ta’sirini o'tkazadi. Mustaqilligimizni qo‘lga kiritmasimizdan oldin iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka hamda markaziy rejalashtirishga asoslangan tizim hukmron edi. Faqatgina mulkchilikning davlat mulki va shirkat mulki shakliga ega bo‘lgan, markazdan turib belgilangan rejalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish, qattiq nazorat qilish, qolaversa, jamiyatda mulkdorlar sinfming shakllanishiga to'sqinlik qiluvchi iqtisodiy tizim o'zini oqlamaganligi tarixdan ma’lum. O'zbekiston jahon tajribasiga asoslanib, mulkchilikning turli shakllari tengligi ta’minlangan, ishlab chiqarishning zamonaviy milliy manfaatlarga mos tuzilmasini yaratish ko'zda tutilgan, erkin narxnavo va bozor qonunlari asosida boshqariladigan ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'lini tanladi va iqtisodiy islohotlami bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Iqtisodiy islohotlaming birinchi bosqichidanoq iqtisodiyotni boshqamv tizimini isloh qilishga alohida e’tibor qaratildi. Olib borilgan iqtisodiy islohotlar institutsional o'zgarishlami amalga oshirishga, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini boshqarish borasida ulaming xususiyatiga mos keladigan xo'jalik yurituvchi subyektlarga iqtisodiy erkinlik berishga yordamlashadigan, tadbirkorlikning rivojlanishini rag'batlantiradigan tashkiliy-huquqiy shakllar vujudga kelishiga qaratilgan edi va bu boshqarishda yangi bir tizim vujudga kelishiga zamin yaratdi. Bunday bozor munosabatlari sharoitida butun jamiyatga xizmat qiluvchi zamonaviy boshqaruv ilmini o'rganishda, iqtisodiyotning butun tarmoqlarida, boshqaruvni amalga oshira oladigan malakali rahbarlami tayyorlashda «Boshqaruv nazariyasi» fani muhim o‘rin tutadi. Zero, rahbar, boshqaruvni amalga oshirishda bosh bo‘g‘in hisoblanib, uning tashkil etilishi, samaradorligi ko‘p jihatdan rahbar egallagan bilim, malaka, tajriba, qolaversa uning muhim xislatlari va boshqaruv uslubiga bevosita bog'liq bo'ladi. Bu fanning maqsadi, vazifalari ham shulami o‘rganishni nazarda tutadi. Bu fan boshqaruvning qonuniyatlari, qonun va tamoyillari, funksiya va vazifalari, shuningdek, boshqaruv tizimida menejer o'mi, madaniyati va uslubi, boshqaruv samaradorligi va unga ta’sir qiluvchi boshqamv qarorlari mazmuni, mohiyatini ochib berishga qaratilgan.

Bugungi kunda «boshqaruv ilmi», «qabul qilish ilmi», «tizimli tahlil», «tizimlar haqida ilm», lekin ko'proq «operatsiyalar tadqiqoti» kabi bir-birini almashtiradigan tushunchalami uchratish mumkin. Boshqamv ilmining yondashish sifatida o'ziga xos xususiyatlari quyidagicha:


— ilmiy usulning qo'llanilishi;
— tizimli yondashish;
— modellar ishlatilishi.
Ilmiy usul boshqamv ilmi maktabining amaliyotda birinchi bor ishlatilgan har qanday ilmiy tadqiqotning fundamental tadbiridir. U uch bosqichdan iborat.




  1. Kuzatuv. Gap muammo va vaziyat haqida axborotni obyektiv tarzda yig'ish va tahlil qilish ustida ketmoqda. Masalan, mahsulotlarga ehtiyoj va zaxiralar darajasi o'rtasidagi bog'liqlik ko'rib chiqilayotganda, rahbar zaxiralar darajasi ehtiyojga qarab o'zgarishini baholashi kerak. (Bugungi kunda ilmiy tahlilning bu va deyarli hamma boshqa jihatlari, odatda, idora bo'linmalari mutaxassislari tomonidan o'tkaziladi).


  2. Yüklə 168,94 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə