Referat mavzu: massaj va uning turlari, odam organizmiga ta’siri bajardi: Qabul qildi: Toshkent 2023 mavzu: massaj va uning turlari, odam organizmiga ta’siri reja


Massaj ta’siri tana mexanizmida uchta omilni o‘z ichiga oladi



Yüklə 403,96 Kb.
səhifə5/5
tarix28.11.2023
ölçüsü403,96 Kb.
#135846
növüReferat
1   2   3   4   5
MASSAJ VA UNING TURLARI, ODAM ORGANIZMIGA TA’SIRI

Massaj ta’siri tana mexanizmida uchta omilni o‘z ichiga oladi:

  • nero-reflektor;

  • gumoral;

  • mexanik.

Teri va teri osti yog‘ qatlami
Uqalash paytida teri o‘lik hujayralardan tozalanadi. Ter va yog‘ bezlarining kanallari ochilib, ishlashi yaxshilanadi. Mayda tomirlar kengayadi, qon aylanishi, metabolizm yaxshilanadi. Natijada tana ortiqcha zahardan tozalanadi va yog‘ qatlami kamayadi.
Bo‘g‘im va mushaklar
Uqalash ta’sirida mushak tolalari elastikligi va qisqarish qobiliyati oshadi, mushak atrofiyasi pasayadi. Qon aylanishi yaxshilanadi, mushak charchog‘ini ketkazadi. Uqalash mushak charchog‘ini ketkazishda dam olgandan ko‘ra ko‘proq foyda beradi. Bo‘g‘im va mushaklarni uqalash orqali og‘riq, chegaralangan harakat yo‘qoladi.
Аsab tizimi
Аsab tizimi massajni birinchilardan bo‘lib sezadi. Massajning turlariga qarab asabiy holatni kamaytirish, asabiy charchoqni ketkazib, faollashtirish, refleks reaksiyasini yaxshilash mumkin. Bu asab tizimiga xotirjamlik, osoyishtalik beradi.
Qon aylanish va limfa tizimlari
Uqalash ta’sirida qon tomirlari kengayadi, qon oqimi oshadi, a’zo va to‘qimalar oziqlanishi va kislorodga to‘yinishi yaxshilanadi. Limfa oqimlarining yaxshilanishi jarohat ta’sirida paydo bo‘lgan shishlarni kamaytiradi.
Massaj amalga oshirilishi kerak bo‘lgan sharoit
Massajni havo harorati 22-24 daraja, nisbiy namligi 60 foizdan yuqori bo‘lmagan, toza, keng, yorug‘ va yaxshi havo aylanadigan xonada bajarish kerak. Yengil ovqatlanishdan 1-2 soat o‘tib, ichak bo‘shatilgandan keyin massaj olgan ma’qul. Uqalashdan keyin 15-30 daqiqa dam olish maqsadga muvofiq.
Qarshi ko‘rsatmalar
Tana haroratining yuqoriligi, o‘tkir ichak kasalliklari, turli teri kasalliklari, o‘tkir infeksion kasalliklar, varikoz kengayishi, qon kasalligi, yurak o‘tkir infarkti kabi hollarda massaj tavsiya etilmaydi.

Yüklə 403,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə