Referat mavzu: "Auditning xalqaro standartlari"


Axloq kodeksining asosiy talablari



Yüklə 35,07 Kb.
səhifə4/7
tarix30.12.2023
ölçüsü35,07 Kb.
#165239
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
Referat mavzu Auditning xalqaro standartlari reja Xalqaro au-fayllar.org

4. Axloq kodeksining asosiy talablari
Axloq kodeksining talablari quyidagilardir:
1.Umumiy ma’naviy me’yor va tamoyillarga amal qilish. Auditorlar
o’zining hayoti, ishlashi davomida umuminsoniy qoida va me’yorlarga rioya qilishga majbur.
2. Jamiyat qiziqishlarini inobatga olish. Tashqi auditor faqat buyurtmachining emas, balki buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchilarning barchasining qiziqishlarini inobatga olishi kerak. Mijozning soliq, sud, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatini himoya qila turib, auditor himoya qiladigan jihatlar qonuniy va adolatli bo’lishini anglashi zarur. Agarda mijozning qiziqishlari noqonuniy bo’lsa, u himoya qilishdan bosh tortishi zarur.
3.
Auditorning ob’ektivligi. Talab qilingan ma’lumotlarrning aniq
hajmigina auditorning qaror qabul qilish, tavsiyalar berish va xulosa yozishda obyektiv asosi bo’lishi mumkin. Auditorlar noto’g’ri axborotni fakt sifatida oshkor qilmasligi lozim. Har qanday professional xizmat ko’rsatish davrida auditorlar vaziyatga va aniq faktlarni ob’ektiv darajada ochib berishlari zarur.
4. Auditorning e’tiborliligi (ziyrakligi). Professional xizmat ko’rsatish
davrida auditor maksimal darajada diqqatni tekshirilayotgan ob’ektga jalb qilishi lozim. Auditorlar o’z ishiga zayraklik va jiddiylik bilan yondashishi, auditorlik standartlariga rioya qilishi, ishni to’g’ri rejalashtirishi va nazorat qilishi hamda qo’l ostidagi mutaxassislarni muntazam tekshirib borishi zarur.
5.
Auditorning mustaqilligi. Auditorlik xizmati ko’rsatish natijasida
tuzilgan xulosa yoki boshqa hujjatda o’zining mijoz oldidagi mustaqilligini bayon etishi lozim. Hisobot tuzish bo’yicha topshiriq qabul qilganda, auditorlar mustaqil bo’lishlari va tartiblilik, xolislik va mustaqillik tamoyillariga zid deb e’tirof etilishi mumkin bo’lgan har qanday manfaatdorlikdan erkin bo’lishi shart.
Quyidagi holatlar auditorlarning mustaqilligiga rahna solishi mumkin:
- mijoz tashkilotning ishi sudda bo’lsa;
- mijoz tashkilotning ishlarida auditor moliyaviy jihatdan qatnashsa;46
- auditor mijoz oldida moliyaviy va mulkiy bog’liqligi bo’lsa;
- mijoz tashkilotda qarindoshlari ishlashi munosabati bo’yicha bilvosita
moliyaviy jihatdan qatnashsa;
- mijoz tashkilot direktori va boshqa boshqaruv xodimlari bilan qarindosh
yoki shaxsiy do’stona munosabatda bo’lsa;
- mijoz tashkilot boshqaruvida auditorning ishtiroki bo’lsa.
Yuqorida ko’rsatilgan holatlarda mustaqillik tamoyili buzilgan bo’ladi.
6.

Yüklə 35,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə