Raximova nazokatning maktabgacha



Yüklə 356,79 Kb.
səhifə1/3
tarix28.04.2023
ölçüsü356,79 Kb.
#107554
  1   2   3
RAXIMOAVA NAZOKAT TAQDIMOTI


TERMIZ DAVLAT INSTITUTINING PEDAGOGIKA INSTITUTI
MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI
2- BOSQICH 201- GURUH TALABASI
RAXIMOVA NAZOKATNING MAKTABGACHA
TA’LIMDA PEDAGOGIK JARAYONNI LOYIHALASHTIRISH
FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI
PEDAGOGIK JARAYONNI RIVOJLANTIRISHDA RIVOJLANTIRUVCHI TAʼLIM TEXNOLOGIYASI
Mundarija
Reja:
I.BOB. Pedagogik rivojlantiruvchi ta'lim taxnologiyalarning ilmiy nazariy asoslari
Pedagogik rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarining bosqichlari.
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalariga olimlarning fikri.
II.BOB.Bolaning intelektual qobilyatini rivojlantirish – barcha rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarini asosi.
2.1. Bolaning intelektual qobilyatini rivojlantirish – barcha rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarini asosi.
2.2.Pedagogik rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarining sirlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Mavzuning dolzarbligi. O’tgan davr mobaynida mamlakatimizda o’sib borayotgan avlodni sog’lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari sonini yanada oshirish va ular ko’rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo’ldi.Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy o’quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to’ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko’rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Zamonaviy maktabgacha ta’lim sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o‘rin tutadi deya ta’kidlaydi.
Respublika Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risidagi qarori hamda, 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son 2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to’g’risidagi nizomi maktabgacha ta’limga bolalarni sifatli tayyorlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmog’ini kengaytirish va shu orqali maktabgacha ta’limga bola qamrovini oshirish va sohaga ilg’or xorij tajribalarini tadbiq qilish imkononi beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar
O’zbekistonda amaliyotga tatbiq etilgan uzluksiz ta’lim tizimida maktabgacha ta’lim bolaning sog’lom, har tomonlama kamol topib shakllanadigan, uning o’qishga intilishini va bilim olishga bo’lgan dastlabki qiziqishini uyg’otadigan muhim bosqichga aylantirildi
Aytish kerakki, sobiq tuzum paytida maktabgacha ta’lim muassasasi ota-ona ishda bo’lgan paytlarida ularning bolalari asosan bexavotir saqlab turiladigan joy sifatida amal qilib kelgan. Bugun esa maktabgacha ta’lim bolani intellektual, jismoniy va ma’naviy rivojlantirishga, uni shaxs sifatida tarbiyalashning dastlabki va muhim bo’giniga aylandi. Yurtimizda maktabgacha ta’lim bola olti-yetti yoshga yetgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya muassasalarida amalga oshiriladi

Yüklə 356,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə