Рахимова  классификация информационных систем в туристическом управлении



Yüklə 24,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü24,6 Kb.
#180394
  1   2
klassifikatsiya-informatsionnyh-sistem-v-turisticheskom-upravlenii



Вестник магистратуры. 2019. № 6-5(93)
ISSN 2223-4047
__________________________________________________________________________________ 
8
УДК
 
338.48 
Ш.М. Имомова, Г.С. 
Рахимова

 
КЛАССИФИКАЦИЯ ИНФОРМАЦИОННЫХ СИСТЕМ В ТУРИСТИЧЕСКОМ УПРАВЛЕНИИ 
 
В статье приведена информация о классификации информационных 
систем в туристическом управлении. 
 
Ключевые слова:
туризм, компьютеризированная система брониро-
вания, туристическое предприятие, электронный платеж, Интернет. 
Turizm industriyasi shu darajada ko‘p qirralikim, undagi mavjud jarayonni boshqarish uchun zamonaviy 
axborot texnologiyalarining barcha turlaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi, masalan, oddiy matnni qayta ishlash, 
elektron jadvallar bilan ishlash, ma’lumotlar bazasini boshqarishdan boshlab, to maxsus dasturiy ta’minotlargacha 
bo‘lib, ular orqli alohida turistik firmaning yoki mehmonxona faoliyatini avtomatlashtirish, global kompyuter 
tarmoqlaridan foydalanish va sun’iy yo‘ldosh yordamida harakatlarni ta’minlovchi texnologiyalarni ham qo‘llash 
talab etiladi. Turizmda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi – bu turistik korxona va tashkilotlarning ishlab 
chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini boshqaruvchi tizimdir. Uning asosiy vazifasi samarali turistik 
tuzilmani yaratish orqali personalning qulaylashtirilgan mehnatini tashkil qilish va ularning doimiy o‘sishini 
ta’minlab berishdan iborat. Ushbu tizimlar mehmonxonalar, turlar, mijozlar, byurtmaning holati va shunga 
o‘xshash turistik axborotlarni kiritish, qayta ishlash va saqlash kabi imkoniyatlarga ega bo‘lishi kerak. Bundan 
tashqari ular orqali axborotlarni qulay shaklda chiqarish, hisob-kitob ishlarini bajarish, ma’lumotlarni har xil 
formatlarda saqlash va ularni import-eksport qila olish shart hisoblanadi. Bunday tizimlar ikki shaklda taqdim 
etiladi: faqatgina lokal kompyuterda ishlaydigan va tarmoqda ishlaydugan. Hozirgi kunda asosan ikkinchi toifali 
dasturlar taqdim etiladi. Bunday tizimlarga misol sifatida ”Само-Тур”, ”Лидер-Тур”, ”ТурМенежер” kabi 
dasturlarni keltirsa bo‘ladi.
Kompyuterli bronlash tizimi
– xalqaro bronlash tizimi. Keng tarqalgani – bu global taqsimlangan tizim 
(Global Distrubion System, GDS) bo‘lib, unga mansub quyidagi tizimlar mavjud: Amadeus, Galileo, Sabre, 
Worldspan.
Internet
global kompyuter tarmog‘i
– bu xalqaro axborotlarni saqlash va uzatish tizimi bo‘lib, dunyo bo‘ylab 
barcha kompyuter tarmoqlarining birlashmasidan hosil topgan va yagona tarmoq bayonnomasi TCP/IP asosida 
muloqot o‘rnatadi.
Sun’iy yo‘ldosh tizimi 
– bu texnikaviy va elektron qurilmalar majmui bo‘lib, yer atrofidagi obyektning 
geografik koordinatalarini va harakat parametrlarini aniqlab beruvchi tizimdir. Hozirgi kunda bunday tizimlar soni 
ikkita, bular GPS va GLONASS (ГЛОНАСС). Bunday tizimlar turistlar, sayohatchilar juda keng tarqalgan. GPS 
(Global Positioning System) – obyektning joylashuvini aniqlovchi tizim, istalgan ob-havoda ham obyektning 
joylashuvi va tezligini aniqlab beradi. GLONASS (ГЛОНАСС – Глобальная Навигационная Спутниковая Си-
стема) – ushbu tizimni hozirgi kunda 24 ta sun’iy yo‘ldosh qo‘llab quvvatlaydi. Maxsus texnik jihozga ega bo‘lgan 
obyekt ushbu tizim orqali o‘zining joylashuvini va vaqtini aniq belgilab beradi. 
Elektron to‘lov tizimlari
– mahsulotlarga to‘lovlarni kompyuter va magnit kartalari yordamida amalga 
oshiruvchi apparatli va dasturiy vositalar majmui. Masalan, kompyuter tarmoqlari orqali to‘lovlarni amalga 
oshiruvchi WebMoney tizimi. 
Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimi 
(Customer Relationship management, CRM)
 
– 
korxonaning mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini avtomatlashtirish tizimi. Ushbu tizim mijozlar bilan o‘zaro 
munosabatlarni boshqaradi. Korxona miqyosidagi axborot tizimlari sinfini shakllantiradi va ularning asosiy 
vazifasi: mijozlar bilan o‘zaro aloqada ishlashni rejalashtirish va nazorat qilish, shu jumladan Internet orqali. 
Turistik biznes sohasida CRM-tizimlarda bevosita turistik firmaning o‘z mijozlari, hamkorlari bilan bo‘lgan 
barcha biznes munosabatlari tarixi saqlanib qoldi. Bu esa hamkorlar bilan ishlash jarayonini boshqarish 
samaradorligini oshiradi, menejerlarni ish faoliyatining sifati oshadi. Bu sohada yaratilgan quyidagi ilovalar 
mavjud: amoCRM, ASoft CRM, Marketing Analytic, Data Analyzer, EasyABC Plus, OROS Enterprise va 
boshqalar.
Elektron biznes tizimi 
( e-business) – qo‘shimcha qiymatning birlashtirilgan zanjirini yaratish va 
hamkorlarning optimal o‘zaro ishlashini ta’minlash uchun axborot texnologiyalaridan foydadanishga asoslangan 
Internet – biznes. Bu elektron savdo tushunchasiga nisbatan kengroq tushuncha hisoblanadi. Elektron biznes 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: sotuvlar, marketing, moliyaviy tahlil, to‘lovlar, xodimlarni izlash
foydalanuvchilarni qo‘llash va hamkorlik munosabatlarini qo‘llash.
© Имомова Ш.М., Рахимова Г.С., 2019. 


ISSN 2223-4047
Вестник магистратуры. 2019. № 6-5(93) 

Yüklə 24,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə