R sayfullayeva, B. Mengliyev, G. Boqiyeva, M. Q urbo no va, Z. Yunuso va, M. Abuzalova



Yüklə 10,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/473
tarix14.03.2023
ölçüsü10,16 Mb.
#102474
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   473
hozirgi o`zbek adabiy tili sayfullayeva2009

axborot
— 
axbor-ot, traktorist —
traktor-ist
kabi. «O'zbek tilining izohli lug'ati»da h am shunday yo'l 
tutilgan holatlar ko'zga tashlanadi.
22


O 'zbek tilshunosligi, u m u m an olganda, ulkan yutuqlarni qo'lga 
kiritishi bilan birgalikda, davrning ijtimoiy-siyosiy, m a ’naviy- 
m a ’rifiy ta ’siri unda o'z izini qoldirmasligi mum kin emas edi.
XX 
asrning 80-yillariga kelib o'z bek tilshunosligining (amaliy, 
faktografik) bosqichi tugallangan va to'plangan boy daliliy ashyoni 
dialektik metodologiya asosida o'rganishga kuchli zamin tayyorlab, 
o'zi esa turg'unlik holatini boshdan kechirmoqda edi. Shu boisdan 
butun sobiq sho'ro davlati hududida olib borilayotgan oshkoralik va 
qayta qurish siyosati o'z bek tilshunosligi fanini ham chetlab 
o'tm adi. O'z bek tilshunosligining yangi avlodlari H . N e ’matov,
E.Begmatov, N . M ahm udov, A .N urm onov, R.Sayfullayeva kabi 
olimlar qayta qurish sharoitida o'zbek tilshunosligining dolzarb 
m uam m olari bo'yicha respublika va ittifoq m atbuotida chiqish 
qildilar. Ko'tarilgan masalalarni mohiyatan ikkiga bo'lish mumkin:
1) o'z bek tilshunosligi oldiga 30—40-yillarda qo'yilgan vazifani
— o'zbek tili turli sath birliklarining zamonaviy tahlil usullaridagi 
m ukam m al tavsifini berish; adabiy til m e ’yorlarini belgilash, 
t a ’limning turli bosqichi uchun zarur bo'lgan o 'q u v qo'llanmalari, 
darslik ham d a lug'atlar yaratish va ommalashtirishni muvaffaqiyat 
bilan 
bajardi 
va 
yig'ilgan 
hodisalar 
tavsifi 
asosida 
ilmiy 
tushunchalar hosil qilish xususivliklarda umumiylikni, hodisalarda 
mohiyatni, oqibatlarda sababni, voqeliklarda imkoniyatni ochish 
darajasiga ko'tarildi;
2) uzoq yillar davom ida o'z bek tili ittifoqdagi turkiy, qolaversa, 
boshqa tillar kabi m s va Yevropa tillari qoliplari asosida o'rganib 
kelindi. U ni o 'z ichki tabiatidan kelib chiqqan holda alohida 
yaxlitlik sifatida o'rganish uchun shart-sharoit vujudga keldi. Qayta 
qurish, oshkoralik va istiqlol natijasi o'laroq, milliy tilshunosliklar 
boshqa milliy fanlar kabi kom m unistik mafkura kishanlaridan xalos 
bo'Idi. O 'zbek tilining barcha sohalari bo'y icha qator yangicha 
talqinlar yuzaga keldi. Bu borada H . N e ’matov, N . M ahm udov,
A .N urm onov, 
G'.Zikrillayev, 
R.Sayfullayeva, 
O.Bozorov,
B.Mengliyev, 
Sh.Shahobiddinova 
va 
M.Q urbonova 
kabi 
nazariyotchi tilshunoslarning ishlari alohida e ’tiborga molik. Ular 
o 'z tadqiqotlarida o'z bek tilining asl tabiatini ochib berishni 
maqsad qilib qo'ydilar. Shu tarzda o'zbek substansial tilshunosligi 
shakllandi va qisqa m uddatda jiddiy yutuqlarni qo'lga kiritdi. Ular 
asosida o 'r ta maktab on a tili darsliklari butunlay yangilandi. Bu 
yutuqlar nimalarda ko'zga tashlandi?
Birinchidan,
lison 
va 
nutq 
farqlanmasligi 
natijasida 
tilshunosligimizda 
fo nem a
va 
tovush

moifema
va 
qo'shim cha
,
23


leksema
va 
so'z
kabi atam alar mohiyatidan kelib chiqilmagan 
holda, muqobil atam alar sifatida ishlatilar edi. Lison va nutqning 
farqlanuvi ularni q a t ’iy tartiblashtirdi.
Ikkinchidan,
lison va nutqni farqlash gram m atikada u m um iy va 
xususiy m a ’noni farqlash talabini qo'ydi. Shunga ko'ra, falsafaning 
um umiylik va xususiylik dialektikasi asosida o'zbek tili gram m atik 
kategoriyalari tadqiq qilindi.
Uchinchidan,
so'z turkumlari tasnifl tilshunosligimizdagi eng 
chigal masalalardan biri edi. Masalan, o'z bek tilida olmosh barcha 
mustaqil so'z turkum ini, qolaversa, gap va matnni ham almashtira 
olsa-da, u rus tilidagidek ot, sifat, son turkumiga xos so'z lar 
almashtiruvchisi 
sifatida 
talqin 
qilinar 
edi. 
Bu 
nuqsonning 
asossizligi ilmiy isbotini topdi.
To'rtinchidan,
taqlidlarning so'z turkumlari sirasida tutgan 
o'rni ham o 'zbek tili tabiatiga yot edi. Unga chu q u r ilmiy tahlillar 
asosida mustaqil so'zlar sirasidan o 'rin berildi.
Beshinchidan,
gramm atik qo'shim chalar mohiyati ham 
ularning nomlanishi ham o'z bek tilining tabiatiga yot edi. Shu 
boisdan 
so'z o'zgartiruvchi
va 
sha kl yasovchi
atamalari ostida 
o'rganiluvchi hodisalar qayta ko'rib chiqildi va 
sintaktik sha kl hosil
qiluvchilar
h am d a 
lug'aviy shakl hosil qiluvchilar
atamasi ostida 
qayta tasniflandi.
Oltinchidan, gap m arkazi
tushunchasi fanga kiritilib, u asosda 
o'zbek tilining gap qurilishiga xos substansial mohiyati ochildi va 
o'z bek tilida gapning eng kichik qurilishi 

Yüklə 10,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   473




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə