Turkiy tillarda turkum sinkretizim. Ot -fel sinkretizmi



Yüklə 14,57 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü14,57 Kb.
#136289
TURKIY TILLARDA TURKUM SINKRETIZIM . OT -FEL SINKRETIZMI


TURKIY TILLARDA TURKUM SINKRETIZIM . OT -FEL SINKRETIZMI
Turkiy tillarda son va olmosh turkumlari ham muhim o‘rin egallaydi. Ularni aniqlashda, asosan, semantik belgisiga tayaniladi, shakliy belgilari esa qatnash-maydi. Turkiy tillardagi sonlar otlashib, sonning umumlashgan ma’nosini ifoda-laydi, olmoshlar esa ot va sifat vazifasida kelib, o‘ziga xos ko‘rsatish ma’nosiga ega bo‘ladi. Boshqalardan farqli o‘laroq, semantika, an’ana bo‘yicha, sonlar va olmoshlarni otlovchi so‘z turkumlariga kiritishga undaydi. Turkiy tillarda atash ma’nosini anglatmaydigan, grammatik munosabatlarni ifodalash vositasi bo‘lib xizmat qiladigan guruhga mansub so‘zlar ham bor. Ular umumiy ma’nolari va boshqa so‘zlar bilan birikuviga qarab turkumlarga ajratiladi. Atash xususiyatiga ega bo‘lmagan so‘z turkumlariga–ko‘makchilar, yuklamalar, bog‘lovchilar kiradi. Yuqorida ta’kidlangan so‘z turkumlaridan tashqari, so‘zlarning kichik guruhi–predikativlar bor. Ular o‘zgarmaydi va subyektning nutqqa yoki nutqning borliqqa munosabatini ifodalaydi. Undovlar va tovush va obrazga taqlid so‘zlar (mimemalar) ham so‘zlarning alohida guruhini tashkil etadi. Ular grammatik formaga ega bo‘lmaydi va his-tuyg‘u, inson tomonidan idrok qilinadigan tovush, obrazga taqlidni ifodalash uchun ishlatiladi.Eski va hozirgi turkiy tillarda predmetlar va hodisalarning ko‘pligini ifodalash uchun -lar//-lär affiksi keng qo‘llaniladi. Chuvash tili bundan mustasno. Bu tilda ushbu affiks qo‘llanilmaydi. Turkiy tillar materiallari shuni ko‘rsatadiki, qadimgi turkiylarda ko‘plik haqidagi tasavvur boshqacha bo‘lgan. Ular ongida individlarning hayotiy umumlashmalari natijasida shakllangan birlik va ko‘plik kategoriya tushunchasi mavjud bo‘lgan. Ammo tilda, ehtimol, farqlar ifodalanmagandir. Qadimgi turkiylar tasavvurida ot so‘zi kontekstga qarab ot va otlarni ham anglatgan bo‘lishi mumkin. Bu holat muayyan darajada hozirgi turkiy tillarda kuzatiladi. Turkiy tillarda jamlik, ko‘plikni ifodalashning izlari kuzatiladi. Qadimgi jamlik, ko‘plikni ifodalaydigan elementlar ancha ko‘p bo‘lgan. Turkiy bobotilda ko‘plikni ifodalashda z, q (k), l, m, n, r, s, ch, sh elementlari ko‘rsatkich vazifasini bajargan. Turkiy tillarda bosh kelishik hech qachon alohida qo‘shimchaga ega bo‘lmagan. U so‘zning o‘zagi holatida bo‘lgan. Bu holat hozir ham saqlangan. Qaratqich kelishigi turkiy tilning dastlabi davrida mavjud bo‘lmagan. Uning o‘rnida izofali konstruksiya qo‘llanilgan. Ikki ot so‘z turkumidagi so‘zdan biri aniqlovchi, ikkinchisi aniqlanmish bo‘lib, oddiy bitishuv usulida birikkan. Aniqlanmishning aniqlovchiga aloqasini ko‘rsatuvchi ikkinchi ot egalik affiksini olgan. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, turkiy bobotilning ancha oldingi davrida yo‘nalish kelishiklari qatori, ayniqsa, ko‘p bo‘lgan. Mana shu rang-baranglik turkiy bobotilning dialektlarga ajralganligini ko‘rsatadi. Turli yo‘nalish kelishiklari muayyan dialektlarga taalluqli bo‘lib, yalpi kelishik tizimidan bittasining materiali bo‘lmagan. Ularning qoldiqlari barcha turkiy tillarda kuzatiladi. Yo‘nalish kelishiklarining hammasi ham aynan bir xil ma’noga ega bo‘lgan, deb bo‘lmaydi.
Yüklə 14,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə