Qimmatli qog‘ozlar



Yüklə 209,85 Kb.
səhifə13/82
tarix31.12.2021
ölçüsü209,85 Kb.
#82212
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82
qimmatli qogozlar

Savollar


  1. Aksiyalarning mohiyatini tushuntiring.

  2. Oddiy aksiyalar va imtiyozli aksiyalar haqida ma’lumot bering?

  3. Dividend siyosati haqida nimalar bilasiz?



Asosiy tushuncha va atamalar





§qimmatli qog‘ozlar

§dividend

§aksiyalar

§nominal qiymat

§aksiya kursi

§oddiy aksiyalar

§imtiyozli aksiyalar

§ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari

§yopiq aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari

§egasining nomi yozilgan aksiyalar

§ko‘rsatuvchi egalik qiladigan aksiyalar

§aksiyalar blanklarining rekvizitlari




3-bob. Qarz munosabatini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlar

Obligatsiya (lotincha obligatio so‘zidan, majburiyat) – obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning



nominal qiymatidan qayd etilgan foizni olishga bo‘lgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz.

Soddaroq qilib aytganda bu uning egasi qarz berganligidan guvohlik beruvchi va unga ushbu qimmatli qog‘ozning nominal qiymatini unda ko‘rsatilgan muddatda belgilangan (qat’iy) foiz to‘langan holda qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozdir. Aksiyadan farqli ravishda obligatsiya emitentning mol-mulkiga nisbatan mulk unvoni hisoblanmaydi. U ovoz berish va boshqarish huquqini bermaydi. Obligatsiya – bu bir shaxsning (sarmoyador – kreditorning) boshqa bir shaxsga (emitent – qarzdorga) mablag‘larni vaqtinchalik foydalanish uchun berganligi (kredit) haqidagi guvohnomadir. Obligatsiyalar ma’lum muddatga chiqariladi va so‘ndirilishi shart. Emitentning faoliyati tugatilgan yilda ularning egalari qimmatli qog‘ozlar boshqa turlarining egalariga qaraganda

an’anaviy tarzda ustunlikka ega bo‘ladi.

Emitentning xususiyatiga ko‘ra obligatsiyalar quyidagi uchta katta guruhga bo‘linadi: davlat obligatsiyalari, munitsipal obligatsiyalar, korxonalar (korporativ) obligatsiyalari.


Yüklə 209,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə