Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi tilshunoslik fanidan


Lug‟at zahirasining boyish usullari



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə21/83
tarix27.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#163330
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83
Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi tilshunoslik fa-fayllar.org

Lug‟at zahirasining boyish usullari.
Hozirgi o‘zbek tilining lug‘at tarkibi (leksik boyligi) o‘zbek tilining butun
tarixiy taraqqiyoti davomida shakllangan hodisasidir. Undagi so‘zlarning paydo
bo‘lish davri va kelib chiqish manbai ham har xildir.
Umuman, har qanday til o‘z lug‘at tarkibi va Grammatik qurulishiga ega
bo‘ladi. Lekin xalqlar o‘rtasidagi uzoq, tarixiy davrlar mobaynida davom etadigan
iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar bu xalqlarning tillariga ham, shubhasiz, o‘z
ta‗sirini ko‘rsatadi. Natijada bir tilga xos fonetik, leksik va boshqa elementlar
ikkinchi bir tilga o‘tib, o‘zlashib ketadi. Bunday o‘zaro ta‗sir etish ayniqsa leksikada
kuchli bo‘ladi.
O‘zbek xalqi ham o‘z tarixining turli davrlarida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy,
madaniy, siyosiy aloqada bo‘lgan va bu xalqlarning tili o‘zbek tiliga ma‗lum darajada
o‘z ta‗sirini qoldirgan xususan, boshqa tillardan o‘zbek tiliga ko‘plab so‘zlar
o‘zlashganini shu ta‗sir bilan izohlash mumkin. Natijada o‘zbek tili lug‘at tarkibi
dastlabki tilning o‘ziga xos leksik qatlam bilan birga o‘zlashgan leksik qatlam ham
yuzaga kelgan.
O‘zqatlam. O‘zqatlamga har bir tilning o‘ziniki bo‘lgan, shuningdek, turkey
tillar uchun umumiy so‘zlar kiradi. O‘zbek tili lug‘at sostavida turkey tillar uchun
umumiy (bo‘lgan so‘zlar anchagina qismni tashkil etadi. Bunday so‘zlar deyarli
barcha so‘z turkumida bor: otlar: tosh, tog, yer, bosh, sonlar: bir, ikki, uch, to‘rt -
olmoshllr: men, sen, u. O‘zbek tilining bevosita o‘ziniki bo‘lgan asosiy leksik
qismini shu tilning taraqqiyotida uning ichki imkoniyatlari, o‘ziga xos qonun -



38
qoidalari asosida hosil etilgan yasama so‘zlar tashkil etadi. Bunda uch xolat


kuzatiladi.
1.
Asli o‘zbekcha so‘zlardan shu tilga oid qo‘shimchalar yordamida
yasalgan so‘zlar: qatnashchi, terimchi, ogmachi, qotishma.
2.
O‘zlashma so‘zlardan o‘zbek tili vositalari yordamida xosil qiligan
so‘zlar: a) tojikcha so‘zlardan yasalgan so‘zlar: jangchi, mardlik, sabza votchilik,
pulsiz; b) arabcha so‘zlardan yasalgan so‘zlar: raxbarlik, qimmatli, nomusli; v) ruscha
- baynalmilal so‘zlardan yasalgan so‘zlar: sportchi, shofyorlik, betonlik ;
3. Boshqa tillardan o‘tgan yasovchi vositalar yordamida o‘z va o‘zlashma
so‘zlardan hosil qilingan so‘zlar: tilshunos, madadkor, mexnatkash, ga-zetxon, ilmiy.
Demak, yasama so‘z komponentlari, yoki komponentlaridan biri asli o‘ziga
tilga oid bo‘lsada, lekin yasalma (yasama so‘z) shu tilning o‘zida yaratilgan bo‘lsa, bu
so‘z o‘z qatlamga xos so‘z hisoblanadi.
O‘zlashgan qatlam. O‘zbek tili o‘tmishida qardosh bo‘lmagan juda ko‘p tillar
bilan o‘zaro alokada bo‘ldi va bu tillardan o‘zbek tiliga ma‗lum miqdorda so‘zlar
o‘zlashdi. Bu jarayonda o‘zbek tiliga ayniqsa fors -, tojik, arab va rus bugungi kunda
ingliz tillari barakali ta‗sir etadi:
Tojikcha so‘zlar: Osmon, oftob, baxor, shirin, agar, balki, jona-jon....
Arabcha so‘zlar: kitob, maktab, paxta, xalq., maorif, nutq., savol kabi.
Ruscha - baynalminal so‘zlar: traktor, kino, televizor, radio, akatsiya...
So‘z o‘zlashtirish asosan ikki xil; usul bilan amalga oshadi: a) so‘z aynan
olinadi: mashinka, avtobus, b) kalkalab olinadi. Kalkalab o‘zlashtirishda so‘zning o‘zi
emas, balki uning manosi uzlashtiriladi: qatnashchi - uchastnik, darslik - uchebnik.
Tulik kalka - veteran - faxriy, pensiya — nafaka, pensioner - nafakaxur.
Yarim
kalka
-
sportchi
-
sportsmen,
sinfdosh
-
odnoklasnik.
II. Tilning taraqiyoti jarayonida uning barcha soxalarida ma‗lum uzgarishlar
yuz beradi. Bunday uzgarish ayniqsa uning leksikasi uchun juda xarakterlidir.
Bunda, birinchidan, tildagi ayrim so‘zlarning eskirishi, iste‗moldan chiqib
ketishi kuzatilsa, ikkinchidan, tilda yangi suzlarning paydo bulishi kuzatiladi. Bu
ikkala xodisa xam ma‗lum ob‗ektiv sabablar asosida ro‘y beradi.
Xozirgi adabiy til nuqtai nazaridan eskirgan so‘zlarning jami eski qatlam.
yangi so‘zlarning jami yangi qatlam deyiladi. Demak, tarixiylik nuqtai nazaridan
o‘zbek tili leksikasi uch asosiy qatlamga bulinadi:
Zamonaviy qatlam. Bunga umumiste‗oldagi leksika yoki faol leksika kiradi:
non, choy, xavo, inson.



39
Eski katlam. Bu katlam tarixiy so‘zlarga (istorizmlarga) arxiaizmlarga


bo‘linadi. Ko‘l. jarchi, paranji - istorizmlar. Ulus (xalq),tilmoch (tarjimon) -
arxaizm.
Yangi qatlam. Tilda yangi paydo bulga i va yangilik belgisi sezilib turadigan
so‘zlar yangi leksik katlamni tashkil etadi. Bunday so‘zlar neologizmlar deb xam
yuritiladi: faks, aktsiya, fermer.
III. Ilm - fan, texnika, kishloq. Xo‘jaligi va boshqa soxalarga oid
tushunchalarning aniq, atamasi bo‘lgan so‘z yoki so‘z birikmasi termin deyiladi. Xar
bir fan, kasb - xunar o‘z terminlariga ega. Bunday maxsus leksika terminologiya deb
ham yuritiladi.
Terminlar yuqorida aytilgandek, kasb - hunarga, ilm - fanga doir
tushunchalarni ifodalaydi. Mana shunga kura terminlar - ilmiy terminlar va
professional terminlarga ajratiladi.
IV. Frazeologiya tilshunoslikning frazeologik birikmalarini
o‘rganuvchi sohasidir. Frazeologiya termini tilshunoslikda ikki ma‗noda
ko‘llaniladi: 1) tildagi frazeologik birliklarning jami
ma‗nosida va 2) shunday birliklarni o‘rganuvchi soxa (fan) ma‗nosida.
Ikki yoki undan ortiq so‘zdan tarkib toptan va yaxlit bir ma‗no ifodalaydigan
til birligi frazeologik birlik yoki frazeologizm deyiladi: og‘zi qulogida - xursand, tepa
sochi tikka bulmoq. -jaxillanmoq. kabi.
Tilning lugat boyligi leksika va frazeologiyadan iboratdir. So‘z xam,
frazelogizm xam lugaviy birlik xisoblanadi.
Frazeologizmlar birdan ortiq so‘zdan tashkil topishi bilan so‘z birikmasi yoki
gap tipida bo‘lsada, lekin ular nutq birligi bo‘lgan bu birlikdan tamoman farqlanadi
va lug‘aviy birlik sifatida ko‘p jixatdan so‘zlarga yaqin turadi, so‘zlarga xos bo‘lgan
juda ko‘p xususiyatlar frazeologizmlarga ham xosdir.
Frazeologizmlar so‘z 'birikmasi yoki gaplar kabi nutq jarayonida hosil
bo‘lmaydi, balki ular, xuddi so‘zlar kabi, tilda tayyor xolda bo‘ladi. Demak,
frazeologizmlar nutq xodisasi emas, balki til hodisasi hisoblanadi.
Tilning frazeologik sostavini frazeologizmlar yoki frazeologik birliklar tashkil
etadi. Frazeologiya ko‘pincha leksikologiyaning bir bo‘limi sifatida qaraladi. Chunki
frazeologizmlar tildagi so‘zlarning ekvivalentlari xisoblanib, leksikologiya esa tilning
lug‘at sostavini tashkil qiluvchi so‘zlar va ularning ekvivalentlarini o‘rganuvchi
distiplina deb ataladi. Keyingi yillarda frazeologiya tilning aloxida distiplinasi yoki
mustaqil tip bosqichi deb ham talqin qilinmoqda.
Tilning frazeologik sostavi juda keng ma‘noga vastipistikbo‘yoqlarga ega.
Frazeologizmlar bilan so‘zlarni butunlay ekvivalent sifatida qarash yaramaydi. Chunki
frazioligizmlar doim ham so‘zlarning o‘rnini bosa olmaydi. Frazeologizmlar hamda



40
so‘zlarning strukturasi va ma‘nolarida juda ko‘p farqlanib, alomatlari mavjud bo‘lib,


ularning morfologik va sintaktik funksiyalari ham turlichadir. Tarkibiga ko‘ra so‘zlar
yaxlit xolda frazeologizmlar esa aloxida xolda gap va so‘z birikmalari kabi xosil
bo‘ladi. Bu xususiyatlar ularning talaffuzi va yozilishida ham o‘z aksini topgan.
Frazeologizmlarning ma‘nolari kontekstda nutq studiyasida kengroq ochiladi, biroq
ular alohida xolda ham ma‘lum nominative ma‘noni ifodalashi mumkin.
Frazeologizmlarni ilmiy tatqiq qilishda tilshunoslikda keng tarqalgan
distributive metoddan foydalanish mumkin. Fraziologizmlarning nutqda ishlatilish
xususiyatlarini distributive metod yordamida o‘rganish orqali ularning structural
semantik belgilarini chuqurroq anglatiladi. Undan tashqari fraziologizmlarni
o‘rganishda ularning semantik va structural belgilarni tilning mazmun plani bilan
uning ifoda plani munosabati borasida qaramoq zarur. Fraziologizmlarning sostavini
tekshirishda uning komponentlari o‘rtasidagi birikish turlarini, birikuvchi so‘zlarning
tabiatini valentlik metodi asosida qaramoq zarur.
Frazeologizmlarning strukturasi va ma‘nolarini bir-biriga qarama-qarshiqo‘yish
oppozitsiya aniqliklarga olib keladi. Frazeologizmlarning grammatik tomonlarini
xisobga olish zarur. Chunki frazeologizmlarning komponentlari o‘rtasidagi sintaktik
aloqalar, ularga qo‘shiluvchi affiks muxum rol o‘ynaydi.
Frazeologizmlarning
semantic
xususiyatlarini
o‘rganish orqali ularda
frazeologik anatomiya, frazeologik polisemiya, frazeologik omonimiya, frazeologik
omonimiya va paronimiya hodisalari birligi aniqlangan Frazeologizmlarning
paradigmatic va sintagmatik xususiyatlari ularda Grammatik va leksik-semantik
xususiyatlari ularda Grammatik va leksik-semantik vositalar keng qo‘llanilishini
ko‘rsatadi.Frazeologizmlarning variantlanishi ularning komponentlari almashtirilishi,
qo‘shilishi, tushurib qoldirilishi va transformatsiya qilishga bog‘liq.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə