Qarshi davlat pedagogika universiteti



Yüklə 56,2 Kb.
səhifə2/16
tarix29.11.2023
ölçüsü56,2 Kb.
#142775
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
kadrlar tayyorlash milliy dasturi

to‘g‘risida»gi Qonuni va uning mazmunida ilgari surilgan g‘oyalarning
amaliyotga tadbiqi tahlil etilganda, bu borada muayyan kamchiliklarga yo‘l
qo‘yilganligi aniqlandi. O‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, ta’lim tizimida
olib borilayotgan islohot aksariyat o‘rinlarda chuqur ilmiy asoslarga ega
bo‘lmaganligi ma’lum bo‘ldi hamda kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish
zarurligi belgilandi. SHu bois O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX
sessiyasida yangi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi.

Har qanday mamlakatning kuchi uning, fuqarolarining ma’naviy


etukligi, intellektual salohiyatga egaligi bilan belgilanadi.
Fuqarolarning ma’naviy etukligi, intellektual salohiyati esa ta’lim
tizimining mazmuni, shaxsning har tomonlama shakllanishi uchun xizmat
qiluvchi moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarning mavjudligi, jamiyatda qaror
topgan ijtimoiy sog‘lom muhit darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni,
shuningdek, aholining etnopsixologik xususiyatlari, axloqiy qarashlari va
hayotiy e’tiqodlari asosida shakllantiriladi.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning yaratilishida mazkur jihatlar
to‘la o‘rganildi. Milliy dastur asosini O‘zbekistonning taraqqiyotini ta’minlay
oladigan, uni jahonning ilg‘or mamlakatlari darajasiga ko‘tarilishiga hissa
qo‘shuvchi dadil, shuningdek, ijobiy sifatlarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlab voyaga etkazish jarayoni tashkil etadi.


Xo‘sh, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qanday hujjat? Uning
mazmunida qanday g‘oyalar ifoda etilgan?


«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» O‘zbekiston Respublikasi-ning
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning
tahlili va ta’lim tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan
hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy
faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola
bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga
qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir .

Yüklə 56,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə