Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
O'zbekiston yangiliklari
Korxona ma'muriy binosida majmuaning ishga tushirilishiga bag'ishlangan marosim
o'tkazildi. Unda Rossiya Federatsiyasi energetika
vaziri Aleksandr Novak, "Lukoyl"
kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov, diplomatik korpus, davlat va jamoat tashkilotlari
vakillari,
zavod ishchi-muhandislari, yoshlar, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari
xodimlari ishtirok etdi.
Marosimda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so'zladi.
Davlatimiz rahbari Harakatlar strategiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar
sanoatning yetakchi yo'nalishlarini izchil rivojlantirishga xizmat qilayotganini ta'kidladi.
Yoqilg'i-energetika tarmog'iga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar jalb etilayotgani,
Qandim gazni qayta ishlash majmuasi O'zbekiston bilan
Rossiya hamkorligi barcha
sohada jadal rivojlanib borayotganining yorqin namunasi ekanini qayd etdi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning tabrigini energetika vaziri Aleksandr
Novak o'qib eshittirdi.
"Lukoyl" kompaniyasi prezidenti Vagit Alekperov, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi
muhandisi
Shahzod Qurbonov, neft-gaz sohasi faxriysi Komil Fozilov ushbu sana
mamlakatimiz uchun tarixiy kun ekani, cho'ldagi mo'jizaga aylangan ushbu majmua
O'zbekistonda hududlar
iqtisodiyotini rivojlantirish, inson manfaatlarini ta'minlashga
qaratilayotgan islohotlarning natijasi ekanini ta'kidladi.
Shundan so'ng Qandim gazni qayta ishlash majmuasi faoliyatiga start beruvchi ramziy
tugma bosildi...
3 / 4