Pul kredit siyosati money credit policy



Yüklə 44,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix12.12.2023
ölçüsü44,45 Kb.
#148619
1   2   3   4   5   6
Pul-kredit siyosati 2

________________________________________________________________ 
"Экономика и социум" №4(107) 2023 www.iupr.ru
2
Davlat tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati YaIM
bandlik va baholar darajasiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Faraz qilamizki, 
iqtisodiyotda ishlab chiqarish qisqarmoqda va ishsizlar soni ortib 
bormoqda. Bunday sharoitda davlat Markaziy bank orqali pul taklifini biz 
yuqorida ko'rib chiqqan vositalar yordamida oshirishga harakat qiladi. 
Natijada pul taklifi o'sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa 
investitsiyalarga bo'lgan talabni oshiradi va o'z navbatida, YaIM 
miqdorining ko'payishiga olib keladi. Bu bilan davlat ma'lum davrda o'z 
maqsadiga erishadi, ishlab chiqarishning orqaga ketishi to'xtaydi, ishsizlar 
soni kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi. 
Pul-kredit siyosatining oqibati to'g'risida gapirganda, bu siyosatning 
qisqa muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak. Agarda qiska 
muddatli davrda davlat pul taklifini oshirgan va buning natijasida YaIM 
miqdori o'sishini rag'batlantirgan hamda ma'lum darajada samaradorlikka 
erishgan bo'lsa, uzoq muddatli davrda esa bu choralarning samaradorligi 
pasayishi mumkin. Pul-kredit siyosati asosida iqtisodiyotga pul-kredit 
siyosatining ta'sir etishi jarayonlarini o'rganuvchi pul nazariyasi yotadi. 
Ushbu nazariyaga ikki xil yondashuvchi iqtisodchilar o'rtasida ko'p 
yillardan beri tortishuvlar bo'lib kelmoqda. Bularga neokeynschilar 
nazariyasi va zamonoviy pul miqdori nazariyasi tarafdorlarini kiritamiz. 
Har ikki nazariya tarafdorlari ham pul taklifining nominal YaIM ga ta'sirini 
inkor etmaydilar, ammo bu ta'sirning ahamiyatiga xar xil baxo beradilar. 
Keynschilar fikricha, monetar siyosat yuritishda foiz stavkasi darajasiga 
asoslanishi, monetaristlar fikricha esa, pul taklifining darajasiga 
³ A.V.Vahobov., T.S.Malikov.Moliya. «N0SHIR».Toshkent-2012. 6362. Мадина Гайфулина./специалист 
департамента. Оценка эффэктивности операционного механизма денежно-кредитной политики. Тошкент. 
2021 



Yüklə 44,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə