Pul kredit siyosati money credit policy



Yüklə 44,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix12.12.2023
ölçüsü44,45 Kb.
#148619
1   2   3   4   5   6
Pul-kredit siyosati 2

________________________________________________________________ 
"Экономика и социум" №4(107) 2023 www.iupr.ru
chiqarish jarayonlarini ta'minlash, xalqning moddiy va ma'naviy jihatdan 
farovon turmush tarziga ega bo'lishi uchun zarur shart-sharoitlar barpo 
qilish, davlat organlarini mablag' tomonlama ta'minotini qoplash, davlatni 
idora qilish singari sohalarda yetakchi vosita sifatida o'rin egalladi. 
Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muhim vositalardan biri 
— bu hisob stavkasi siyosatidir. Hisob stavkasi yoki qayta moliyalash 
stavkasi deb Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan 
ssudaning foiz stavkasi tushuniladi. Amaliyotda, davlatlar hisob stavkasi 
siyosatini ochiq bozordagi operatsiyalar siyosati bilan muvofiqlashtirilgan 
holda olib borishga harakat qiladilar. Pul-kredit siyosatini yuritish 
vositalaridan yana biri — bu, majburiy bank zaxira me'yorini o'zgartirish 
siyosatidir. Majburiy zaxiralar — bu, kredit maqsadlari uchun 
ishlatilmaydigan bank omonatlarining bir qismidir. Ular mijozlar 
tomonidan o'z omonatlarini talab qilib olganda zarur bo'ladi. Zaxira 
normasi ikki asosiy funktsiyani bajaradi: bank likvidligini joriy tartibga 
solish uchun sharoit yaratadi emissiyasini cheklaydi. Markaziy bank tijorat 
banklari Markaziy bankda ushlab turishga majbur bo'lgan zaxiralarning 
eng quyi normasini o'rnatadi va shu vosita yordamida ular kreditlash 
qobiliyatiga, imkoniyatiga ta'sir etadi. Bu me'yor qanchalik yuqori bo'lsa, 
ortiqcha zaxiralar shunchalik kam va tijorat banklarining kredit berish yo'li 
bilan «pullarni barpo etish» qobiliyati past bo'ladi. Pul kredit siyosati 
vositalari albatta alohida-aloxida ishlatilishi shart emas. Aksincha 
ko'pincha bir necha vosita birdaniga qo'llanilishi, ya'ni kompleks siyosat 
o'tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi. 



Yüklə 44,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə