|
Psychological characteristics of childhood bargida Baxadirovna MirjalilovaACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCESgodaklik-davrining-oziga-xos-psixologik-xususiyatlariACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 1 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Academic Research, Uzbekistan 410 www.ares.uz
nazariyasi Ilmiy tarixiy ahamiyatiga ega, uning rivojlanishni amalga oshiruvchi
inqirozlar to’g’risidagi mulohazali va olga surgan g’oyalari hozirgi kunning talablariga
mosdir.
NATIJALAR
Go’daklik davri bolaning tug’ilganidan bir yoshlarigacha bo’lgan davrni o’z
ichiga olib, bu davrda bola tashqi muhitga moslashishi uchun ma’lum darajada yetilgan
nerv tizimi bilan tug’iladi. Go’daklik davri inson hayotidagi organik ehtiyojlarni
(kislorodga, ovqatga, issiq yoki sovuqqa) qondirishga nisbatan yo’naltirilgan xatti
harakatlarning tug’ma, instinktiv shakllari sof holda kuzatiladigan yagona davr
hisoblanadi. Insonga xos bo’lgan xatti-harakatlar, yangi tajribalarni egallash uchun
beqiyos imkoniyatlarning borligi go’daklik yoshidagi bolalarning asosiy
xususiyatlaridir. Agar organiq ehtiyojlar yetarli darajada qondirib borilsa, ular
o’zlarining asosiy bo’lish ahamiyatini yo’qotadi: to’g’ri Tashqil etilgan kun tartibi,
rejim va tarbiya natajasida bola psixik rivojlanishi uchun asos bo’ladigan
taassurotlarga, harakatta, muloqotga nisbatan yangi turdagi ehtiyojlar turkumi yuzaga
keladi. Bola tug’ilishning birinchi haftasidanoq uning ko’rish va eshitish sezgilari jadal
suratda rivojlanadi. Bola harakatlanayotgan narsani kuzata boshlaydi. U turli
ovozlarga, jumladan, kattalarning tovushlariga e’tibor bera boshlaydi, Yangi tug’ilgan
chaqaloqning miya og’irligi kattalar miyasining ¼ qismiga to’g’ri keladi, nerv
hujayralarning soni esa xuddi kattalarniki kabi bo’lib, lekin ular yetarli darajada
rivojlanmagan bo’ladi.
Ilk go’daklik davri - bu bolaning himoyasiz, kam harakat, harakat holatidan juda
jadal ravishda rivojlanadigan, quvnoq bolaga aylanish davridir. U qisqa vaqt ichida23
kattalar bilan munosabat o’rnatadi, predmetlarni ushlashga va ulardan foydalanishga
o’rganadi. U atrof olamdagi narsalarni kuzatadi, predmetlarni qo’li bilan ushlab, o’larni
qandayligini bilishga intiladi, tovushlarga e’tibor beradi va predmetlar yordamida shu
tovushlarni o’zi yaratishga harakat qiladi. U o’z onasi va boshqa yaqinlari bilan
emosional munosabatga qirishadi. Go’dak yoshidagi bola ham jismonan, ham psixik,
ham ijtimoiy jihatdan juda tez rivojlanadi. Juda qisqa vaqt ichida atrofidagi hodisalarga
juda kam reaksiyasi bo’lgan boladan, faol, tez ilgaydigan, harakatchan yordamga
chaqira oladigan, kattalarning yaqin kelishidan quvonadigan bolaga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|