Psixologiya va gumanitar fanlar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/71
tarix19.12.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#153002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Psixologiya va gumanitar fanlar

 
FAKT TEXNOLOGIYASI 
“Fakt” texnologiyasi asosida izohlab bering. 
Savol 
Proyektiv psixologiya tushunchasi va turlari haqida 
ayting?
 
F-
fikr
 
А
-afzalliklari
 
К
-kamchiliklari
 
Т-
turlari
 
 
3-MAVZU: IMPRESEIV PROYEKTIV METODLAR. M.LYUSHER 
TESTI, SONDI TESTI. 
(2 soat)
Reja: 
1.Impressiv metodlarning umumiy xarakteristikasi. 
2.
 
M.Lyusherning rang testi.
 
1.Impressiv metodlarning umumiy xarakteristikasi. 
"Metod" va "metodologiya" tushunchalari

Metod (yunon. metods — usul) 
keng ma'noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma'nolarni 
anglatadi. Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega — faoliyatda 
qo‘llaniladigan ma'lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san'atda va h.k.); tizim 
haqidagi ta'limot yoki metod nazariyasi.
Hozirgi davrda metodologiya faqat ilmiy bilish sohasi bilan cheklanishi mumkin 
emasligi ayon bo‘ldi va y albatta, bilish chegarasidan chiqishi va o‘z sohasida 
amaliyotda ham qo‘llanishi zarur. Bunda bilish va amaliyotning uzviy 
aloqadorligiga e'tibor qaratmoq kerak. 
Metodologiya faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta'minlovchi boshqa 
vositalarni ham o‘rganadi
. Tamoyil, qoida va ko‘rsatmalar, shuningdek, 
kategoriya hamda tushunchalar mana shunday vositalar jumlasiga kiradi. 
Nomuvoziy, beqaror dunyo sharoitlarida voqyelikni metodologik o‘zlashtirishning 
o‘ziga xos vositalarini ajratish fan rivojlanishining «postnoklassik», deb 
nomlangan hozirgi bosqichida ancha dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 
Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va 
usullari, uning natijalarini asoslash yo‘llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish 
mexanizmlari va shakllarini o‘rganadi
. Shuningdek, metodologiya metodlar 
yig‘indisi 
va 
faoliyat 
turi 
haqidagi 
ta'limotdir. 
Metod u yoki bu shaklda ma'lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim 


12 
mezonlarining yig‘indisi
hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo‘lib, sub'ektni aniq 
vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma'lum natijalarga erishish sari 
yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va 
oson 
yo‘l 
bilan 
yetishishga 
yordam 
beradi. 
Metodning asosiy vazifasi faoliyatning bilish va boshqa shakllarini 
boshqaruvdan iborat
. Biroq: 
-birinchidan, metod va metodologik muammolarning rolini inkor qilish yoki to‘g‘ri 
baholamaslik ("metodologik negavizm"); 
-ikkinchidan, metodning ahamiyatini bo‘rttirish, mutlaqlashtirish, uni barcha 
masalalarning kaliti, ilmiy yangiliklarni yaratishning eng qulay vositasi 
(metodologik eyforiya), deb tushunish noto‘g‘ridir. 
Har qanday metod muayyan nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning zaruriy 
sharti sifatida namoyon bo‘ladi. Har bir metodning samaradorligi uning chuqur 
mazmun va mohiyatga egaligi, nazariyaning fundamentalligi bilan asoslanadi. O‘z 
navbatida, metod mazmuni kengayib boradi, ya'ni bilimning chuqurlashishi va 
kengayishi, tajribaga tatbiq etilishi bilan metodning ko‘lami ham o‘zgaradi. 
Ilmiy bilishda nafaqat ilmiy natija (bilimlar majmui) va predmetning mohiyatini 
anglash, balki unga eltuvchi yo‘l, ya'ni metod ham haqiqiy bo‘lmog‘i lozim. 
Shunga ko‘ra, predmet va metodni bir-biridan ayri holda tushunish mumkin emas. 
Har qanday metod u yoki bu darajada real hayotiy jarayonlarda shakllanadi va 
yana unga qaytadi. Metod har qanday tadqiqot boshlanishida to‘la holda namoyon 
bo‘lmasa-da, ma'lum darajada predmetning sifat o‘zgarishi bilan har safar 
yangidan shakllanadi. 
Metod bilish predmeti va harakatni sun'iy ravishda bog‘lamaydi, balki ularning 
xususiyatlari o‘zgarishi bilan o‘zgarib boradi. Ilmiy tadqiqot predmetga daxldor 
dalil va boshqa belgilarni jiddiy bilishni talab qiladi. U ma'lum materialning 
harakati, uning xususiyatlari, rivojlanish shakllari va h.k.larda namoyon bo‘ladi. 
Demak, metodning haqiqiyligi, eng avvalo, tadqiqot (ob'ekt) predmetining 
mazmuni bilan bog‘liq. 
Metod sub'ekt bilan chambarchas bog‘liqdir. Boshqacha qilib aytgan-da, "inson 
umum metodologiyaning markazidir" (Feyerbax). Ikkinchidan, har qanday metod y 
yoki bu darajada boshqaruv quroli vazifasini bajaradi. 
Metod sub'ekt va ob'ektning murakkab dialektikasi acosida rivojlanadi va bunda 
oxirgisi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu ma'noda, har qanday metod, eng 
avvalo, ob'ektiv, mazmunli va konkret bo‘lsada, ayni paytda, sub'ektiv hamdir. 
Biroq u faqat mavjud qoidalar tizimi emas, balki ob'ektiv ilmiylikning davomi 
sifatida namoyon bo‘ladi. 
Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni yig‘ish va 
saralash vositasi, aniq faoliyat turidir
. U metodologik tamoyillardan farq qilsada, 
ularga asoslanadi. 
Metodlar 
xilma-xilligiga qarab
, turli mezonlar asosida klassifikatsiya qilinadi. Eng 
avvalo, ma'naviy, g‘oyaviy (shuningdek, ilmiy) moddiy va amaliy faoliyat 
metodlarini ajratmoq lozim.
Fan tarixida metodlar yangi nazariyalarni yaratish jarayonida shakllanadi. Yangilik 
yaratish san'ati yangiliklar jarayonida kamol topadi. Dastlabki tadqiqot tajribada 
shakllanar ekan, metod tadqiqotning boshlang‘ich nuqtasi, amaliyot bilan 


13 
nazariyani bog‘lovchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Metod va nazariyaning 
uzviy aloqasi ilmiy qonunlarning metodologik rolida o‘z aksini topadi. Har qanday 
fanga oid qonun insonni voqyeliqdagi narsa va hodisalarni shu fanga mansub 
sohaga mos fikrlashga undaydi. Masalan, energiyaning saqlanish qonuni bir 
vaqtning o‘zida metodologik tamoyil bo‘lib, y oliy nerv faoliyatining reflektorlik 
nazariyasi, hayvonlar va inson axloqini tadqiq qilishning metodlaridan biri hamdir. 
Ilmiy tadqiqot jarayoni tarixan ishlab chiqilgan metodlar asosida amalga oshiriladi. 
Hyech kim hyech qachon haqiqatni yo‘qdan bor qila olgan emas. Albatta, olim 
izlanishlar, xatolar qurshovida harakat qiladi. Ba'zi hollarda bir narsani izlash 
jarayonida butunlay boshqa narsa yaratiladi. 
Metod o‘z-o‘zidan tadqiqotning muvaffaqqiyatli bo‘lishini ta'minlay olmaydi, 
chunki nafaqat yaxshi metod, balki uni qo‘llash mahorati ham muhimdir. Ilmiy 
bilish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Umumiy darajasiga ko‘ra, ular 
keng yoki tor ko‘lamda qo‘llaniladi. Har qanday fan o‘z predmetini o‘rganishda y 
yoki bu ob'ektning mohiyatidan kelib chiquvchi turli xususiy metodlardan 
foydalanadi. Masalan, ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish metodi olamning ijtimoiy 
shakli, uning qonuniyatlari, mohiyatining xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko‘ra bir necha guruhga 
bo‘linadi. Ular: 
fan metodlari xususiy ilmiy metodlar umumilmiy tadqiqot 
metodlari Fanlararo tadqiqot metodlari, falsafa metodlari, Ijtimoiy-gumanitar 
fanlar metodlari kabilardir

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə