Prinsipial elektr chizmalarini tuzish va uning elementlarini tanlash



Yüklə 69,72 Kb.
səhifə4/5
tarix27.12.2023
ölçüsü69,72 Kb.
#162067
1   2   3   4   5
A
B


C
F
H


K


M
P
Q


R
S






X



Qurilma (umumiy belgilanishi)

Noelektrik kattaliklarni elektr yoki aksincha o‘zgartkichi


Kondensatorlar

Saqlagichlar, himoya qurilmalari


Signal qurilmalari
Rele, kontaktorlar, ishga tushirgichlar
Dvigatellar

Asboblar, o‘lchash jihozlari


Kuch zanjirlarining uzgichlari


Rezistorlar


Boshqarish, signallash va o‘lchash zanjirlarining kom-mutatsion qurilmalari


Kontaktli ulanishlar



-
Bosim datchigi

Issiqlik datchigi


-

Eruvchan saqlagich


Tok bo‘yicha himoya elem.
Kuchlanish bo‘y. himoya el.

Tovush signal asbobi


Chirog‘li signad asbobi

Tok relesi


Kuchlanish relesi
Magnitli ishga tushirgich

-


Ampermetr
Ommetr
Voltmetr
Vattmetr

Avtomatik uzgich


Termorezistor

Uzgich yoki qayta ulagich


Tugmali uzgich
Avtomatik uzgich
Turli ta’sirlardan ishlovchi uzgichlar:
Sathdan
Bosimdan
Haroratdan

Sirpanuvchi kontakt


Shtirli
Uyali

-
BP

BK
-


FU

FA


FV
HA
H

KA
KV


KM


-
PA
PR
PV
PW

QE
RK


SA
SB


SF
SL
SP
SK

XA
XP


XS



3.Prinsipial elektr sxemalarda zanjirlarni tuzish tartiblari
Prinsipial elektr sxemalarda umumiy holda quyidagilar ifodalanishi lozim:

  1. Boshqarish, rostlash, o‘lchash, signallash, elektr ta’minot, kuch zanjirlari;

  2. Boshqa sxemalarda qo‘llaniladigan shu sxemadagi apparatlarning kontaktlari va o‘zga sxemalardagi apparatlarning kontaktlari;

  3. Qayta ulagich, dasturli qurilmalar, chekka va yo‘l uzgichlari kontaktlarining ulanish diagramma va jadvallari, hamda apparatlarning ishlash siklogrammalari;

  4. Jihozlarning blokirovkali bog‘lanish sxemalari;

  5. Lozim bo‘lgan tushuntirishlar va izohlar;

  6. Elementlar ro‘yxati;

  7. Asosiy bayon.

Loyihalanayotgan obektning murakkabligiga qarab turli zanjirlar birgalikda bir chizmada berilishi yoki har bir zanjir uchun alohida sxemalar to‘ziladi. Masalan: boshqarishning prinsipial elektr sxemasi, texnologik signallashning prinsipial elektr sxemasi va hokazo.




Prinsipial elektr sxemalarni tuzishda quyidagi mulohaza va talablarga rioya etiladi:

  1. Yaqqollik nuqtai nazaridan sxemalarni yoyilgan shaklda bergan ma’qul, ya’ni barcha elementlar sxemaning ishlash mantiqiga muvofiq joylashtirilishi kerak;

  2. Eyementar zanjirlarni tasvirlash nazorat, signallash, boshqarish va rostlashning ayrim bo‘g‘inlari ketma-ketligiga mos kelishi lozim;

  3. Kontaktlar, ulab-uzuvchi qurilmalar normal holatda, ya’ni zanjirda tok bo‘lmagan holatida ko‘rsatiladi;

  4. Har bir zanjirning o‘ng tomonida qisqacha tushuntirish yozuvi beriladi;

  5. Sxema elementiga berilgan shartli harfiy belgi boshqa sxemalarda qaytarilganda o‘zgarmay qolishi kerak.

Davlat standartiga binoan elektr zanjirlarni markirovkalash kerak; bunda quyidagi qoidalarga rioya qilinadi:

  1. O‘zgaruvchan tokli kuch zanjirlari fazalarini anglatuvchi harflar bilan belgilanadi(A,V,S- uch fazali tok zanjiri; A, N- bir fazali tok zanjiri);

  2. O‘zgarmas tokli kuch zanjirlarida musbat qutbli qismi toq, manfiy qismi juft sonlar bilan, kirish va chiqish qismlarida esa qutblari (+,-) ko‘rsatilishi kerak;

  3. Funksional vazifalariga qarab zanjirlar ma’lum guruh sonlari bilan markirovkalanadi:

Boshqarish, rostlash zanjirlari 1...399;
Signallash zanjirlari 400...799;
Ta’minot zanjirlari 800...999.
Zanjirlarni markirovkalashda sonlar ketma-ketligi ta’minot manbaasidan iste’molchi tomonga qarab, zanjirlarning ajralish qismida esa tepadan pastga va chapdan o‘ngga karab amalga oshirilishi lozim.
Elektr zanjirlarning kommutatsiyasida ko‘p holatli apparatlar (kalitlar, qayta ulagichlar va shu kabilar) qo‘llanilganda chizmada qayta ulash jadvali va diagrammalarini ko‘rsatish lozim (8- rasm).



8-rasm. Universal qayta ulagichning texnik harakteristikasi.


a) – ulanadigan zanjirlar;
b) – qayta ulagichning montaj ko‘rinishi;
v) – qayta ulash diagrammasi.

Yüklə 69,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya