Преподавание зыка и литературы anguage and literature


-guruh: “Is’hoqxon Ibrat – ilk matbaachi”



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/71
tarix30.12.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#166038
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71
uzb-2019 4-son

4-guruh:
“Is’hoqxon Ibrat – ilk matbaachi”.
Ibrat 
1908-yilda juda katta xayrli ishni boshlaydi: u Boshqir-
distonning poytaxti Ufa shahridan Orenburg shahriga 
o‘tadi. U yerda Gaufman degan matbaachidan pulini 
10 yil mobaynida to‘lash sharti bilan 1901-yilda yaratil-
gan litografik mashina sotib oladi. Ancha mashaqqatlar 
bilan litografiya anjomlarini Qo‘qonga poyezdda, un
-
dan tuyalarda To‘raqo‘rg‘onga olib keladi. 1905-yilda 
o‘zi qurdirgan hammom o‘rnida chopxona tashkil etib,


10
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Metodik tavsiya
“Matbaayi Is’hoqiya” nomi bilan ishga tushiradi. Turkis-
tonning chekka qishloqlaridan birida matbaaning vujud-
ga kelishi fan va madaniyatning katta yutuqlaridan edi. 
Ibrat amaliy faoliyati bilan XX asr boshlaridagi ilg‘or 
ma’rifatparvarlar g‘oyalarini yana bir pog‘onaga ko‘tardi. 
Bu matbaada turli kitoblar, savodxonlik risolalari, dars-
liklar, plakatlar muntazam nashr etib turildi. “Matbaayi 
Is’hoqiya”ning ilm va ma’rifat ulashish maqsadida tashkil 
qilinganining yana bir dalili shuki, Ibrat matbaasiga nur 
taratayotgan quyoshning tasvirini ishlab, quyosh ichiga 
“ilm” so‘zini husnixat bilan yozganidan ham bilishimiz 
mumkin. Go‘yoki ilm qalblarni quyoshdek munavvar et-
sin, nurafshon aylab, iliqlik bag‘ishlasin ma’nosini ifo-
dalar edi. Ko‘p kitoblarga bu ramziy belgi tushirilgandi. 
1910-yilda chopxona Namanganga ko‘chirilgan. Bu yer-
da kitob matbaasining ko‘payishi shahar va qishloqlar-
da kitob do‘konlarining tashkil eti lishiga sabab bo‘lgan 
va arzon narxlarda ommaga yet kazilgan. 
Yana bir xayrli maqsadi gazeta chiqarish bo‘lgan, bi
-
roq ayrim sabablarga ko‘ra u amalga oshmagan bo‘lsa-
da, anchagina boy kutubxonani (“Kutubxonai Is’ho-
qiya”) tashkil etgan. Bunda nafaqat o‘zbek, balki turk, 
tatar, arab, fors, rus tilidagi kitoblar ham bo‘lgan. Afsus-
ki, bu kutubxona 1918–1920-yillar to‘polonida, 1937-yil 
qatag‘on davrida yo‘q qilingan.
Ibratning 1901-yilda chop etilgan “Lug‘ati sitta al-si-
na” asari keyinchalik o‘zbekcha-ruscha va ko‘p tillik 
lug‘atlarning yaratilishiga muhim manba bo‘lib xizmat 
qildi. “Jome’ ul-xutut” asarida esa qirqdan ortiq tillar 
haqida ma’lumot bergan. 
Quyida keltirilgan asarlar Ibratning teran fikrli moziy-
shunos salohiyatini namoyon etadi: “Tarixi chopxona”, 
“Madaniyat” haqida masnaviy, “Gazeta xususida“, “Qa-
lam“, “Lug‘ati sitta al-sina” (Olti til lug‘ati), “Jome’ ul-xut
-
tut” (Xatlar majmuasi), “Tarixi Farg‘ona”, “Mezoni uz-
zamon”, “San’ati Ibrat”, “Ilmi Ibrat” va boshqalar.
Ibrat chin qalbdan o‘z xalqining ilmli, ma’rifat-
li bo‘lishini istadi va ezgu niyatini amalga oshirishda 
bilimi, salohiyati, bor kuchi va moddiyatini ayamadi. 
O‘zining 1916-yilda yaratgan “Tarixi madaniyat” asarida 
xabar berishicha, keyingi 21 yil ichida 14 ta ilmiy-tarixiy, 
tilshunoslikka doir asarlar va 30 yillik nazmiy ijodining 
majmuyi bo‘lmish “Devoni Ibrat” she’rlar to‘plamini yarat-
di. “Tarixi Farg‘ona”, “Tarixi madaniyat” va “Mezon uz-
zamon” kabi ilmiy-tarixiy asarlari bizgacha yetib kelgan.

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə