Preparatlar katalogi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/29
tarix08.03.2018
ölçüsü0,7 Mb.
#30800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29

20

Barcha batafsil ma’lumotlar

 www.biokombinat.uz saytida

21

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA: 



«Metsalben-360»  tabletkalari  quyidagi  kasalliklarda  yirik  qoramol, 

qo’ylar, echkilar, cho’chqalar, otlarni gelmintsizlashtirish uchun qo’llanadi:

-  oshqozon-ichak  nematodozlari  (gemonxoz,  bunostomoz,  ezofagostomoz,  nematodiroz,  ostertagioz, 

xabertioz, kooperioz, strongiloidoz, trixostrongilyoz, giostrongilyoz, paraskaridoz, askaridoz);

-  o’pka  nematodozlari  (diktiokaulyoz,  protostrongilyoz,  myullerioz,  neostrongilyoz,  tsistokaulyoz, 

metastrongilyoz);

-  sestodozlar (moniyezioz, avitellinoz, tizaniyezioz);

-  trematodozlar (fastsiolyoz, dikrotselioz, paramfistomatoz).

1 ta tabletka tarkibi:

Albendazol 

360 mg

METSALBEN 360

  

Tabletkalar

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

 

Tabletkalar hayvonlarga majburan til ildiziga, bir marotaba, quyidagi dozalarda beriladi:



- yirik qoramolga – hayvonning 50 kg tana vazniga 1 tabletka, fastsiolyoz, dikrotselioz, 

paramfistomatoz va ostertagiozda - hayvonning 35 kg tana vazniga 1 tabletka;



- qo’ylarga va echkilarga – hayvonning 70 kg tana vazniga 1 tabletka; fastsiolyoz, dikrotselioz 

va protostrongiloidozda - hayvonning 45 kg tana vazniga 1 tabletka;



- cho’chqalarga - hayvonning 35 kg tana vazniga 1 tabletka;

- otlarga - hayvonning 50 kg tana vazniga 1 tabletka;

 

Gelmintsizlashtirishdan avval maxsus parhez va surgi dorilarni qo’llash talab etilmaydi.



Antiparazitar 

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Albendazol keng doiradagi ta’sir ko’rsatuvchi antigelmintik vosita 

bo’lib, yetilgan va yetilmagan nematodalar va sestodalar, shuningdek yetilgan trematodalarga nisbatan 

faol ta’sir ko’rsatadi. Preparat keng doirada ta’sir ko’rsatadi, gelmintlarning yetilgan va lichinka shakllarinig 

o’limiga olib keladi.  

Preparatning  tarkibiga  kiruvchi  albendazolning  ta’sir  qilish  mexanizmi  gelmintlarning  uglevod 

almashinuvini  buzishdan  iborat,  bu  esa  ularning  o’limiga va  hayvon  organizmidan  chiqarilishiga  olib 

keladi.  Preparat  og’iz  orqali  ichilganda  albendazol  oshqozon-ichak  tizimida  tez  so’riladi,  a’zolarga  va 

to’qimalarga kirib o’zlashadi; organizmdan asosan siydik va najas bilan chiqariladi. Ovotsid ta’siriga ega 

bo’lgan preparat yaylovlarning gelmintlar yuqishini kamaytiradi. 

Preparat  organizmga  ta’sir  etish  darajasiga  ko’ra  o’rtacha  xavfli  moddalarga  kiradi.  Tavsiya  etilgan 

dozalarda hayvonlarga salbiy ta’sir etmaydi.

NOJO’YA TA’SIRLAR:

 «Metsalben-360» tabletkalari tavsiya etiladigan dozalarda qo’llanganda nojo’ya 

holatlar kuzatilmaydi.

MAN ETILGAN HOLATLAR: 

Preparatni qo’llash o’tkir fastsiolyoz holatida, hayvonlarni qochirish davrida, 

yuqumli kasalliklari bo’lgan va holsizlangan hayvonlar, shuningdek qo’ylar, echkilar va cho’chqalar 

uchun homiladorligining birinchi yarmisida, sigirlar va otlar uchun homiladorligining birinchi uchdan 

bir qismida ruxsat etilmaydi.

MAHSUS KO’RSATMALAR: 

Yoppasiga gelmintsizlashtirishdan avval preparatning har bir partiyasi avval 

hayvonlarning kichik guruhida (5-10 bosh) sinovdan o’tkaziladi. 3 sutka ichida asoratlar bo’lmasa, 

preparat barcha hayvonlarga beriladi.

KUTISH DAVRI: 

Yirik qoramol va qo’ylarni so’yib go’shtni oziq-ovqat maqsadlari uchun ishlatish mos 

holda preparatni qo’llashdan keyin 14 va 10 kun, sutni oziq-ovqat maqsadida ishlatish mos holda 3 va 

4 kundan so’ng ruxsat etiladi. 

Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti mo’ynali 

hayvonlarni ovqatlantirish uchun yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkin.

EHTIYOT CHORALARI: 

Preparat bilan barcha ishlarni maxsus kiyimdan (xalat, bosh kiyimi, rezina 

qo’lqop) foydalanib bajarish lozim. Preparat teriga yoki shilliq pardalarga tasodifan tekkan holda, uni 

darhol ko’p miqdordagi suv bilan yuvish kerak.

Ishlash paytida ichish, chekish va ovqat yeyish taqiqlanadi.

Ish tugaganidan keyin qo’llarini sovun va iliq suv bilan yaxshilab yuvish; qo’lqoplarini yuvish va quritish 

lozim.

Preparatning idishini boshqa maqsadlar uchun ishlatish taqiqlanadi. 



UMUMIY MA’LUMOTLAR:

 Hayvonlarning gelmintlarini qirish uchun antigelmint vosita. 

Ta’sir etuvchi moddasi  albendazol. Preparat tashqi ko’rinishiga ko’ra rangi kulrang yoki 

sut tusli kulrang, to’g’ri dumaloq shakldagi tabletkalardan iborat.

QADOQLANISHI:

 Individual polimer idishlarga (blisterlarga) 10 donadan tabletka 

qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI:

 Preparatni zavod o’ramida, quruq, qorong’i joyda, bolalar yeta 

olmaydigan joyda, +25°C dan oshmagan haroratda saqlash lozim.

YAROQLILIK MUDDATI: 

Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.




22

Barcha batafsil ma’lumotlar

 www.biokombinat.uz saytida

23

QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA: 



Prazikvantel  exinokokkoz,  difilobotrioz,  dipilidoz,  gidatigeroz,  multitseptoz  va  oriyentobilxartsioz 

holatida hayvonlarni gijjalardan tozalash uchun bir marta ishlatiladi.

1 ta tabletka tarkibi:

Prazikvantel 

50 mg

PRAZIKVANTEL

Tabletkalar

QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI: 

  Prazikvantel tabletkalari hayvonlar uchun ichiga, og’iz orqali ichib, avvaldan och 

qoldirilmagan holda, bir marta, individual tarzda qo’llanadi. 

 

Preparat hayvonlarga bevosita og’ziga (tilining ildiziga) beriladi, yoki go’shtga, kolbasaga 



o’ralgan holda, yoki yem bilan birga maydalangan holatida yediriladi.

 

Profilaktika maqsadida itlar va mushuklarga har yil choragida yuqoridagi dozada gijjalarni 



tozalash uchun beriladi.

Antiparazitar 

preparatlar

FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: 

Prazikvantel –  keng  doirada  ta’sir  etuvchi  antigelmint  preparati, 

hayvonlar  exinokokkozi,  difilobotriozi,  dipilidozi,  gidatigerozi,  multitseptozi  va  oriyentobilxartsiozi 

holatida qo’llanadi.

Preparatning ta’sir etish mexanizmi fumaratreduktaza ta’sirini bosishda, hujayra membranalari 

o’tkazuvchanligi va  nerv-mushak  innervatsiyasi  buzilishidan  iborat,  bu  esa  gelmintlarning  falajiga va 

o’limiga olib keladi.

Preparat  issiq  qonli  hayvonlar  uchun  kam zaharli  (oq  sichqonlar  uchun  LD50  og’iz  orqali  ichilganda 

2650 mg/kg ni tashkil etadi). Tavsiya etilgan dozalarda mahaliy achishtiruvchi, embriotoksik, teratogen 

va sezgirlikni oshiruvchi xususiyatlariga ega emas.

EHTIYOT CHORALARI: 

Preparat bilan ishlaganda veterinariya vositalari bilan ishlashda ko’zda tutilgan 

shaxsiy gigiyena va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim

UMUMIY MA’LUMOTLAR: 

Itlar, mushuklar va boshqa hayvonlarni gijjadan tozalash uchun 

antigelmint preparat. 

QADOQLANISHI: 

Individual polimer idishlarga (blisterlarga) 10 donadan tabletka 

qadoqlanib chiqariladi.

SAQLASH SHAROITI:

 Preparat ehtiyotlik bilan ishlab chiqaruvchining o’ramida, 

yorug’likdan himoyalangan joyda, namlik tushishidan asrab, -8°C dan +25°C gacha 

haroratda saqlanadi.

YAROQLILIK MUDDATI:

 Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 3 yil.




Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə