44
45
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
«Sulfaprim» yosh qishloq xo’jalik hayvonlariga, qo’ylar va shimoliy bug’ularning pnevmoniyalari, kataral
bronxopnevmoniya, bronxit, laringit, angina, sepsis, nekrobakterioz kasalliklarida, parrandalarning
dispepsiya, gastroenteritlar, siydlik yo’llari yuqumli kasalliklari, salmonellyoz, pasterellyoz, respiratorli
mikoplazmoz, eymerioz kasaliklarida, va qo’zg’atuvchilari preparatning tarkibiy qismlariga sezgir bo’lgan
boshqa kasalliklarda qo’llanadi.
1 g preparat tarkibi:
Sulfamerazin
0,1 g
Trimetoprim 0,02
g
SULFAPRIM
Kukuni
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparat 4-6 kun davomida sutkasiga 2 marta, hayvonning 20 kg tana vazniga 5 g kukun
hisobidan ichish uchun belgilanadi, bu 1 kg tana vazniga 30 mg faol substansiya miqdorida
to’g’ri keladi.
Davolash jarayonida hayvonlarga suvni bemalol ichish imkoniyati beriladi.
Parrandaga 3-5 kun davomida kuniga 2 marta, 12 soat oralig’ida 5 kg yemga 1,0 g hisobida
belgilanadi.
«Sulfaprim» antibiotiklar bilan birga qo’llanishi mumkin. Bu holda preparatlarning
mikroblarga qarshi ta’sir doirasi va terapevtik xususiyatlari ancha yaxshilanadi.
Antibakterial
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Preparatning tarkibiga kiruvchi sinergik ta’sir etuvchi tarkibiy moddalar uning mikroblarga qarshi yuqori
faolligini belgilab beradi. Preparat ko’pchilik gram-musbat va gram-manfiy mikroorganizmlarning, shu
jumladan salmonellalar, pasterellalar, esherixiyalarning rivojlanishini to’xtatadi, lekin zamburug’lar va
viruslarga nisbatan faol ta’sir etmaydi.
Preparat mikroorganizmlarda foliy kislotasining biosintez jarayonini buzadi.
Og’iz orqali ichilganda preparat oshqozon-ichak tizimidan oson so’riladi va a’zolarga va to’qimalarga kirib
o’zlashib, bakteritsid ta’sir ko’rsatadi. Qondagi maksimal konsentratsiya miqdori kiritishdan keyin 2-4 soat
o’tganda qayd etiladi. Davolaydigan konsentratsiyasi qonda 12 soat davomida tutib turiladi. Preparat
asosan siydik bilan chiqariladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Tavsiya etiladigan dozalarda nojo’ya ta’siri odatda kuzatilmaydi.
Hayvonlarning sulfanilamidlarga yuqori individual sezgirligi bo’lganda ishtaha yo’qolishi, ich
ketishi va qusish bo’lishi mumkin. Bu holda preparatni qo’llash to’xtatiladi.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Qon hosil qilish a’zolarining kasalliklari, o’tkir gepatit, nefrit va
preparatning tarkibiy moddalariga yuqori sezgirlik holatlarida sulfaprim qo’llanishi taqiqlanadi.
Preparat sut emizayotgan hayvonlarga qo’llash taqiqlanadi.
KUTISH DAVRI:
Hayvonlarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi kiritishdan keyin 7
kun, parrandani 12 kun o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat
tugashidan avval so’yilgan hayvonlarning go’shti etxo’r hayvonlarni ovqatlantirish uchun
yoki go’sht-suyak unini ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Preparatni oxirgi kiritishdan keyin
kamida to’rt sutka o’tganda hayvonlardan olingan sutni kishilarning oziq-ovqat maqsadlari
uchun ishlatish taqiqlanadi. Ushbu muddat o’tishidan avval olingan sut qaynatib, hayvonlarni
ovqatlantirish uchun ishlatiladi.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Hayvonlarning bakterial kasalliklarini davolash uchun vosita.
Ta’sir etuvchi moddalari sulfamerazin va trimetoprimdir.
QADOQLANISHI:
Og’irligi 500 g. li paketlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparat ehtiyotlik bilan quruq, yorug’likdan pana joyda, bolalar
yeta olmaydigan joyda, 0°C dan +25°C gacha bo’lgan haroratda saqlanadi.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.
46
47
Barcha batafsil ma’lumotlar
www.biokombinat.uz saytida
QO’LLASH UCHUN KO’RSATMA:
«Makroprim kontsentrat» preparatning tarkibiy moddalariga sezgir mikroorganizmlar keltirib
chiqaradigan kasalliklarda qishloq xo’jalik hayvonlarini va parrandalarni davolash uchun va profilaktikasi
uchun mo’ljallangan. Preparat nafas olish a’zolari, oshqozon-ichak tizimi va siydik-jinsiy a’zolar
tizimi kasalliklariga, kolibakterioz, salmonellyoz, yolin kasalligi, xlamidioz, mikoplazmoz va boshqa
kasalliklarga, shu jumladan aralash kasalliklarga uchragan hayvonlarni davolashda yaxshi samra beradi.
100 g preparat tarkibi:
Tilozin
5 g
Sulfamerazin
17,5 g
Trimetoprim
3,5 g
Kolistin sulfat
30 mln ME
MAKROPRIM-KONSENTRAT
Kukuni
QO’LLASH TARTIBI VA MIQDORI:
Preparat og’iz orqali, yem yoki suvga aralashtirib beriladi. Zarur bo’lganda, preparat
guruhli usulda 1,5% premiks shaklida (bir tonna yemga 1,5 kg preparat) qo’llanadi va 5-7 kun
davomida beriladi. Yemga aralashtirilgan preparat ikki oy davomida o’z faolligni saqlab qoladi.
Preparatning tayyorlangan eritmasini 48 soat davomida ishlatish lozim.
Yirik qoramol va mayda shoxli molga, cho’chqalarga preparat hayvonning 1 kg tana
vazniga 0,1 g preparat dozasida qo’llanadi, kuniga ikki marta yem yoki suv bilan 5-7 kun
davomida beriladi.
Parrandalarga preparat 1000 kg yem uchun 1,5 kg preparat yoki 1000 l suv uchun 1 kg
preparat hisobidan, 3-5 kun davomida. Davolash paytida parranda faqat tarkibida preparat
bo’lgan suvni ichishi lozim.
Antibakterial
preparatlar
FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI:
Makroprim kontsentrat – majmuaviy antibakterial preparat bo’lib,
gram-manfiy (E. coli, Klebsiella spp., Salmonella spp., Proteus spp., Campylobacter spp., Pseudomonas
aeruginosa, Bordetella spp., Pasteurella spp., Haemophilus spp., Actinobacillus spp., Brucella spp.)
va gram-musbat bakteriyalar (Staphylococcus spp., Streptococcus spp., Listeria monocytogenes,
Erysipelothrix suis), mikoplazmalar, xlamidiyalar, eymeriyalarga nisbatan bakteriyalarni qiruvchi ta’sir
ko’rsatadi. Viruslar va zamburug’lar preparatga sezgir emas.
Preparatning betakror tarkibi preparatning mikoplazmali, bakterial va aralash yuqumli kasalliklarga
nisbatan faolligining keng doirasini ta’minlaydi.
Tilozin, sezgir mikroorganizmlarning 50S ribosomali subbirligi bilan birikib, ribosoma bilan bog’lanish
uchastkasini tRNK (peptidil-t-RNK) bloklaydi, bu esa aminokislotalarning birikish jarayonini va peptidlar
zanjirining o’sishini buzadi.
Sulfamerazin va trimetoprim digidrofoliyli kislotaning sintezini bloklash yo’li bilan, purinli va pirimidinli
nukleotidlarning sintezini buzadi.
Kolistin sitoplazmatik membrananing fosfolipid komponentlarini bloklaydi, uning tarkibiy tuzilmasini
buzadi va bakteriyalarning lizis holatini keltirib chiqaradi.
Preparatning ta’sir etuvchi moddalari, kolistin sulfatdan tashqari, oshqozon-ichak tizimdan yaxshi
so’riladi, barcha a’zolarga va to’qimalarga kirib o’zlashadi. Terapevtik miqdori 12 soat davomida tutib
turiladi. Preparat organizmdan siydik va najas bilan chiqariladi.
NOJO’YA TA’SIRLAR:
Tavsiya etilgan dozalarida preparat nojo’ya ta’sir ko’rsatmaydi. Preparat yuqori
dozalarda belgilangan holda buyraklar shikastlanishi, agranulotsitoz yuzaga kelishi mumkin.
MAN ETILGAN HOLATLAR:
Preparatni qo’llash mumkin bo’lmagan holatlarga buyraklar, jigar kasalliklari
kiradi. Preparatning oltingugurt (natriy tiosulfat, unitiol) va paraaminobenzoy kislotasi (novokain,
anestezin) moddalaridan olingan hosilalari bo’lgan dori vositalari bilan birgalikda qo’llanishi mumkin
emas.
MAHSUS KO’RSATMALAR:
Nojo’ya reaktsiyalar yuzaga kelganda (toshmalar - eshakemi, qusish),
preparatning qo’llanishi to’xtatiladi va antigistamin preparatlar (dimedrol, tavegil), kalsiy preparatlari,
natriy gidrokarbonat belgilanadi.
Preparat tuxum qo’yuvchi tovuqlarga tuxum qo’yish davrida, va echkilarga belgilanmaydi.
KUTISH DAVRI:
Hayvonlarni va parrandalarni go’sht olish uchun so’yish preparatni oxirgi qo’llashdan keyin
kamida sakkiz sutka o’tganidan so’ng ruxsat etiladi. Majburan hollarda ko’rsatilgan muddat tugashidan
avval so’yilgan hayvonlarning go’shti etxo’r hayvonlarni ovqatlantirish uchun ishlatiladi. Hayvonlardan
olingan sutni preparatni oxirgi qo’llashdan keyin kamida 5 sutka o’tganda kishilar uchun oziq-ovqat
sifatida ishlatish mumkin. Bu muddat tugaguncha sut hayvonlarni ovqatlantirish uchun ishlatiladi.
UMUMIY MA’LUMOTLAR:
Antibakterial vosita, ta’sir etuvchi moddalari sulfamerazin,
trimetoprim hisoblanadi.
QADOQLANISHI:
Og’irligi 500 g. li paketlarda qadoqlanib chiqariladi.
SAQLASH SHAROITI:
Preparatni quruq, yorug’likdan pana joyda, 0°C dan +20°C gacha
bo’lgan haroratda saqlash lozim.
YAROQLILIK MUDDATI:
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 2 yil.