Plastik deformatsiya haqida tushuncha. Monokristallning sovuq plastik deformatsiyasi mexanizmi. Reja


Plastik deformatsiya usulida tiklashning mohiyati va turlari



Yüklə 253,21 Kb.
səhifə5/7
tarix06.06.2023
ölçüsü253,21 Kb.
#115657
1   2   3   4   5   6   7
4 Plastik deformatsiya haqida tushuncha

Plastik deformatsiya usulida tiklashning mohiyati va turlari.

Bu usul detalarning plastik deformatsiyalanishiga, ya‘ni o’z shaklini bosim ostida qizdirib yoki qizdirmasdan o’zgartirish xususiyatig’a asoslanadi. Uglerodli po’latlar, rangli detalar va ularning qotishmalaridan tayyorlangan detallar sovuqlayin, tarkibida ko’pi bilan 0,3 foiz uglerod bor bo’lgan po’lat detallar esa issiqlayin plastik deformatsiyalab tiklanadi.


Detallarni qizdirmasdan tiklashda katta kuch quyish (yo’qlanish) talab qilinadi. Bunda detalning deformatsiyalanishida uning to’zilishi o’zgarmaydi, kristallar ichidagi zarrachalarning siljishi tufayli sodir bo’ladi. Natijada detalning Mexanik xususiyatlari o’zgaradi: qovushqoqligi kamayadi va qattiqligi ortadi.
Detallarning suyuqlanish haroratining 0,8…0,9 qismigacha qizdirib tiklashda zarur kuch juda kamayadi, shunda uning to’zilishi va Mexanik xossalari sezilarli darajada o’zgarmaydi.
Amalda detallarni bosim bilan tiklashning quyidagi turlari qo’llaniladi: cho’ktirish, botirish, keng aytirish, siqish, cho’zish va To’g’rilash. Bundan tashqari, detallning sirt qatlamining notekisliklarini va Mexanik xossalarini yaxshilovchi plastik deformatsiyaning turlari ham ishlatiladi.
Cho’ktirish. Bu usul havol (ichi teshik) detallarning ichki diametrini kamaytirish va tashqi diametrini kattalashtirish, shuningdek yaxlit detallarning tashqi diametrini o’zunligini qisqartirish xisobiga kattalashtirishda ishlatiladi. Masalan, shatun yuqori kallagining bronza vtulkalari maxsus moslama yordamida sovuqlayin cho’qtirib tiklanadi.
Kengaytirish usulida havol detallarning tashqi o’lchami ularning ichki o’lchamlarini qatatalashtirish xisobiga tiklanadi. Bunda ta‘sir kuchining yo’nalishi deformatsiya yo’nalishiga mos keladi. Porshyon barmoqlari, shlitsali va silliq vallar sirtlari, vtulkalar shu usulda tiklanadi.
Cho’zish usulidan detallarning ayrim qismlarini siqib, cho’zishda foydalaniladi. Bu usulda turli tortkilar, turtkichlar va boshqa detallarning o’zunligi tiklanadi. Lemex va qo’ltivator panjalarini tiklashda ham cho’zish usulidan foydalaniladi.

Yüklə 253,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə