6-LABORATORIYA ISHI
PILIK TAYYORLASHNING MAQSADI VA MOHIYATI.
PILIKLASH MASHINALARINING TURLARI
Laboratoriya ishining maqsadi:
Piliklash mashinasining tuzilishi va
ishlashini o’rganish. Piliklash mashinasining ta`minlash qurilmasi, cho’zish
asbobi va zichlagichlarining tuzilishi va ishlashini o’rganish. Piliklash
mashinasining
pishitish mexanizmi va g’altakli karetkasini tuzilishi va ishlashini
o’rganish.
Laboratoriya darsi uchun kerak anjomlar va materiallar:
Zinser-668
piliklash mashinasi, mashinaning texnologik va kinematik sxemasi, animatsion
modellar, kompyuter, proektor.
Topshiriq
1.
Zinser-668 piliklash mashinasining vazifasi, tuzilishi va ishlashini o’rganing.
Texnologik sxemasini tasvirlang.
2.
Mashina ishchi orgpnlariga harakat uzatilishini o’rganing.
Kinematik
sxemasini tasvirlang.
3.
Zinser-668 piliklash mashinasi ta`minlash qurilmasi cho’zish asbobi, pishitish
mexanizmi va g’altakli karetkaning vazifasi, tuzilishi va ishlashini o’rganing.
Sxemasini tasvirlang.
Uyda:
Amaliy ishi boyicha hisobot tayyorlang.
Аsosiy ma`lumotlar
Piliklash mashinasini o’rganishda, dastlab pilta va pilik namunalari
taqqoslanib, ularning ko’ndalang kesimidagi
tolalar soni aniqlanadi, so’ngra
pilikka buram berish va pakovka shakllantirish zarurati to’g’risida xulosa qilinadi.
talabalar piliklash mashinasining asosiy mexanizmlari bilan tanishadi (ta`minlash
qurilmasi, cho’zish asbobi, pishitish-o’rash va harakat uzatish mexanizmlari).
Talabalar piliklash mashinasining ishlashini kuzatib mashinaning pilta bilan
ta`minlanishi,
zichlagichlarning
ishi,
cho’zish
asbobida
mahsulotning
ingichkalanishi, g’altakli karetkaning
ilgarillanma-qaytma harakati, mahsulotning
pishitilishi va pakovka shakllanishi bilan tanishadi.