Mavzu: O`zgarmas va o`zgaruvchan tok elektr mashinalarining tuzilishi va ishlashini o`rganish



Yüklə 16,59 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü16,59 Kb.
#139993
Mavzu O`zgarmas va o`zgaruvchan tok elektr mashinalarining tuzi

MUSTAQIL ISH

MAVZU: O`zgarmas va o`zgaruvchan tok elektr mashinalarining tuzilishi va ishlashini o`rganish
Urganch 2021
Reja;


  1. Oʻzgarmas tok mashinasi

  2. Oʻzgaruvchan tok generatori

  3. Dvigatel-generator

  4. Sinxron generator

  5. Elektr mashina

Oʻzgarmas tok mashinasi


Oʻzgarmas tok mashinasi — mexanik energiyani oʻzgarmas tok elektr energiyasiga (generator) yoki oʻzgarmas tok elektr energiyasini mexanik energiyaga (dvigatel) aylantirib beradigan elektr mashina. Ham generator, ham dvigatel sifatida ishlashi mumkin. Generatorning ishi elektromagnit induksiya hodisasiga, dvigatelning ishi tokli oʻtkazgichning magnit maydoni bilan oʻzaro taʼsirlashishiga asoslangan; unda elektromagnit aylantiruvchi moment vujudga keladi. Oʻzgarmas tok mashinasim.ning aktiv qismlariga magnitli oʻzak, stator va rotor (yakor) chulgʻamlari hamda kollektor kiradi (yana q. Generator, Elektr dvigatel).
Oʻzgaruvchan tok generatori
Oʻzgaruvchan tok generatori — aylanma harakatining mexanik energiyasini oʻzgaruvchan tok elektr energiyasiga aylantiruvchi mashina. Sinxron va asinxron turlari boʻladi. Asinxron generatorlar kam (asosan, alohida elektr bilan taʼminlash tizimlarida) ishlatiladi; 20-asr 70-yillaridan boshlab amalda sinxron generatorlyar ishlatilmoqda. Uch fazali Oʻzgaruvchan tok generatorig . eng koʻp tarqalgan. Kuchli Oʻzgaruvchan tok generatorig . elektr st-yalarga oʻrnatiladi. Quvvati uncha katta boʻlmaganlari avtonom energiya bilan taʼminlash tizimlarida, chastota oʻzgartirgichlarda ishlatiladi, mexanik energiyani oʻzgaruvchan tok elektr energiyasiga (generator) yoki oʻzgaruvchan elektr tok energiyasini mexanik energiyaga (dvigatel) hamda oʻzgaruvchan tok elektr energiyasini boshqa kuchlanishli yoki boshqa chastotali elektr energiyasiga aylantiruvchi elektr mashina (oʻzgartirgich). Oʻzgaruvchan tok generatorim. asinxron elektr mashina va sinxron mashinaga (qarang Sinxron generator) boʻlinadi.
Dvigatel-generator
Dvigatel-generator - birbiriga mexanik tarzda bogʻlangan va biri dvigatel, ikkinchisi generator sifatida ishlaydigan elektr mashinalardan iborat agregat. D.-g . oʻzgaruvchan tokni oʻzgarmas tokka aylantirish yoki fazalar sonini, tok chastotasini, kuchlanishni oʻzgartirish uchun xizmat qiladi. Isteʼmolchining ehtiyojiga qarab, D.-g . har xil parametrli boʻlishi mumkin (mas, elektr payvandda — kuchli tok, aviatsiyada — yuqori chastota, quruqlik yoki suv transportida — oʻzgarmas tok va h. k.). Yarimoʻtkazgichli oʻzgartirgichlarning taraqqiy etishi munosabati bilan D.-g . dan kam foydalaniladi.
Sinxron generator
Sinxron generator (yun. synchrenos — bir vaqtli va generator) — generator rejimida ishlaydigan oʻzgaruvchan tok elektr mashinasi; sinxron mashina. Odatda, sinxron mashina 3 fazali (generator, dvigatel, kompensator) boʻladi. Sanoat chastotali tok hosil kilish uchun rotorlari bugʻ turbinalari (turbogeneratorlar) yoki suv turbinalari (gidrogeneratorlar) bilan harakatlantiriladigan S. g .lar keng ishlatiladi. Shuningdek, gaz turbinasi, ichki ye’nuv dvigateli, elektr dvigatellaridan harakatlanadigan S.glar qam bor. S.g . rotorining chulgʻamlari alohida generator yoki toʻgʻrilagichdan oʻzgarmas tok bilan taʼminlanadi. Rotor aylanganda uning magnit maydoni statorda oʻzgaruvchan elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) hosil qiladi. Sinxron generatork. kiymati rotor chulgamidagi tokni oʻzgartirish yoʻli bilan rbstlanadi. S.g .lardan oʻzgarmas chastotali oʻzgaruvchan tok manbai sifatida foydalaniladi; ular elektr st-yalari, elektr qurilmalari va boshqalarga oʻrnatiladi.
Elektr mashina
Elektr mashina — mexanik energiyani elektr energiyasiga va elektr energiyasini mexanik energiyaga hamda elektr energiyasini boshqacha kuchlanish, tok kuchi, chastotaga ega boʻlgan va boshqalar parametrli elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilma. Ishi elektromagnit induksiya hodisasiga hamda elektr toklari va magnit maydonlarning oʻzaro taʼsirlashuvini belgilaydigan qonunlarga asoslanadi.
Mexanik energiyani elektr energiyasiga aylantirishda elektrmashina generatori, elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirishda esa elektr dvigatel qoʻllanadi. Bu mashinalar ham generator, ham dvigatel rejimida ishlashi mumkin (yana q. Asinxron elektr mashina, Kollektorli mashina). Tok turini, chastotani, fazalar sonini, kuchlanishni oʻzgartirish uchun elektr mashina oʻzgartirgichlaridan, elektr mashina kuchaytirgichlaridan, elektr transformatori va boshqalardan foydalaniladi. Maxsus qurilmalar, mas, magneto, payvandlash generatori, taxometr, tortuvchi elektr dvigatellarni ham Elektr mashina jumlasiga kiritish mumkin. Elektr mashinalar uyroʻzgʻorda, xalq xoʻjaligining deyarli barcha tarmoqlarida, sanoat va transportda qoʻllanadi.
Yüklə 16,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə