|
Pestoloststi ta`lim tarbiya haqida qarashlariPestaloststi pedagogik g`oyalari
|
səhifə | 2/4 | tarix | 29.11.2023 | ölçüsü | 0,88 Mb. | | #138780 |
| 1504107572 66586Pestaloststi pedagogik g`oyalari - Pestaloststi yetimlarning sevimli otasi edi. Pestaloststi o`zining pedagogik g`oyalarini, ayniqsa elementar ta’lim nazariyasining 1800—1804 yillarda Burgdorfda, 1805—1825 yillarda Iverdon shaxrida amaliy ravishda rivojlantirdi. Pestaloststi dastlab kichik yoshdagi bolalar shahar maktabiga (5—8 yoshgacha bo`lgan o`gil-qizlar o`qir edi) ishga joylashdi. Asosiy e’tiborini bu yoshdagi bolalarda nutq va matematik tasavvurini rivojlanishiga qaratdi.
- 1800 yili Pestaloststi rahbarligida institut tashkil etildi. Institut tarkibiga, internat shaklidagi o`rta maktab ham-da o`qituvchilar tayyorlash seminariyasi kiritilgan edi.
- Pestaloststi Iverdondagi institutida elementar ta’lim nazariyasiga asoslanib o`qitishni ishlab chiqarish va mehnat tarbiyasi bilan bog`lagan holda o`quv-tarbiya jarayonida o`z g`oyalarini amalga oshirdi. 1825 yili Iverdon instituti o`qituvchilari orasidagi kelib chiqqan kelishmovchiliklar natijasida u o`z qishlog`i «Neygof»ga qaytadi. Olim 1827 yili vafot etadi.
Jismoniy va ma’naviy faoliyat Pestaloststining dunyoqarashi Kant falsafasi ta’siri ostida rivojlandi. Pestaloststi ham bilim sezgi organlarini kuzatishdan boshlanadi va tasavvurlar qayta ishlash yo`li bilan g`oyalar darajasiga ko`tariladi, g`oyalar esa, garchi ravshan bo`lmasa ham, odamning ongida tarkib toptiruvchi kuch tariqasida mavjuddir. U Xudoga ishonib inson uchun ato etgan «Kuz ko`rishni, quloq eshitishni, oyoq yurishni, qo`l ushlashni» istaydi. Aql fikrlashni istaydi. Yaratuvchining o`zi odamni u dunyoga kelgan birinchi kundan boshlaboq jismoniy va ma’naviy faoliyatga intiladigan qilib yaratgan tarbiya esa shu intilishni ro`yobga chiqarishga yordam beradi. - Pestaloststi didaktikasida ta’lim elementar nazariyasi asosiy o`rin egallaydi. Bu ta’limotga ko`ra, tarbiyalash eng oddiy elementlardan boshlanib asta-sekin murakkablashtirishdir. Elementar tarbiyaning bosh masalasi bolani jismoniy jihatdan tarbiyalashdir.
Uning fikricha: «Hayot... etilgan jismoniy nihollarning uygonishidan boshqa narsa emas, bu nixollar endi o`zining butun kuchi bilan, uzining hamma navlari bilan usishga va kamolotga etishga intiladi va insonga aylanishi lozim bo`lgan jonivorning uygonishidan boshqa narsa emas». Shuning uchun kundalik bolaning jismoniy kuchlarini mashq qildirish va rivojlantirish muhimdir.
Dostları ilə paylaş: |
|
|