“pedagogs” international research journal issn



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix11.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#147285
13-14 (1)



“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-30, Issue-3, March - 2023
 
13
NUTQ MADANIYATI VA TEXNIKASI 
 
Navbaxor Nazarmuhamedova Saparboyevna
Toshkent shahar Yunusobod tumani 4 mavze
302 - maktab pedagog-psixolog
Tel: 977256145 
Tabiat kuchlarini bilish va egallashda juda qisqa vaqt maboynida g’oyat katta 
muvaffaqiyatlarga erishuvchi odamning hamma boshqa jonzotlar - hayvonlardan farqli 
tomoni ularda tilning mavjudligidir. O’zining ongi - tili va nutqi bilan inson hamma 
narsadan ustun turadi. 
Til jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi kuch va millatning mavjudligini 
ko’satuvchi belgilardan biri hamdir. 
Barcha rivojlangan davlatlarda bo’lganidek bizda ham o’z milliy tilimizni 
rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. O’zbek tili bizda davlat tili deb e’lon qilingan 
va shunga amal qilinmoqda. 
YUrtboshimiz I.Karimov o’z nutqlarida chet tillarni o’rganishning ahamiyati 
muhimligini ko’rsatish bilan birga yana shunday deydi: "Ammo shunga alohida urg’u 
berishimiz zarurki, chet tillarni o’rganish, minba’d ona tilini esdan chiqarish hisobiga 
bo’lmaligi lozim. 
O’z fikrini mutloqo mutaqil, ona tilida ravon, go’zal va lo’nda ifoda eta 
olmaydigan mutaxassisni, avvalombor, rahbar kursisida o’tirganlarni bugun tushunish 
ham, oqlash ham qiyin"
1

Til aloqa vositasi yoki qurolidir, nutq esa aloqa jarayonining o’zidir. 
Nutq faoliyati - odam tomonidan ijtimoiy - tarixiy tajribani o’zlashtirish va 
avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o’rnatish yoki o’z harakatlarini rivojlantirish 
maqsadida tildan foydlanish jarayonidir. 
Nutq qanchalik chiroyli, mazmundor bo’lsa kishilarni o’ziga shunchalik jalb 
etadi. Bu masalaga kishilar qadimdan qiziqib kelishgan. Qadimgi YUnoniston va 
Rimda nutq madaniyatining nazariy asoslari yaratilgan. Notiqlik san’at darajasiga 
ko’tarilgan. Ularda yetuk inson bo’lish uchun notiqlik san’atini egallashlari shart 
bo’lgan. 335 yilda Aristotelning "Ritorika"si yaratiladi. sitseronning "Notiq haqida", 
"Notiq"asarlari, Mark Fabiy Kvintilianning "Notiq tayyorlash to’g’risida" asari ham 
notiqlik san’ati haqidadir. 
SHarqda, jumladan Movarounnahrda ham va’zxonlikka katta e’tibor berilgan. 
Va’zxonlik notiqlik san’atining o’sib borishi bilan nutq oldiga qo’yilgan talablar ham 
mukammallashib boradi. Buyuk allomalar Beruniy, Forobiy, Ibn Sino, Maxmud 
Qoshg’ariy, Zamaxshariy, Kaykovus va boshqalar tilga, mantiqshunoslik va notiqlikka 
oid asarlar yaratdilar. 


“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-30, Issue-3, March - 2023
 
14
Kaykovus o’zining "Qobusnoma" asarida farzandini yoqimli, muloyim, o’rinli 
so’zlashga, behuda gapirmaslikka undaydi. "Xalq oldida gapirganda so’zing go’zal 
bo’lsin, bu so’zni xalq qabul qilsin. Xaloyiq sening suz bilan baland darajaga 
erishganingni bilsin, chunki kishining martabasini so’z orqali biladilar ...", deb yozadi 
alloma. U yana notiq xalq tilini, uning fikri va ruhiyatini bilishi kerak deydi. 
Alisher Navoiy turkiy tilda go’zal nutq tuzish bayroqdoridir. U o’z ijodi bilan 
o’zbek adabiy tiliga asos soldi. Bu tilning boyliklarini namoyon etdi. Navoiyning 
"Muhokamatul - lug’atayn", "Mahbubul - qulub", "Nazmul javohir" asarlari o’zbek 
tilida nutq tuzishning go’zal namunalari bo’lishi bilan birga uning yuksalishiga ham 
katta hissa qo’shdi. "Mahbubul qulub" asarida tilning ahamiyati, undan foydalanish, 
nutq madaniyati haqida muhim fikrlar beriladi. 
"Tilga ixtiyorsiz - elga e’tiborsiz". "Tilini tiyolgan odam - donishmand oqil; 
so’zga erk bergan odam - beandishaa va pastkash. Til shirin va yoqimli bo’lsa yaxshi, 
til bilan dil bir bo’lsa yana yaxshi". 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə