Pedagogika va aniq fanlar


- go'daklik (1 yoshgacha); -ilkyosh (1-2 yosh)



Yüklə 454,87 Kb.
səhifə11/14
tarix31.12.2021
ölçüsü454,87 Kb.
#81764
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
dildora inklyuziv

- go'daklik (1 yoshgacha); -ilkyosh (1-2 yosh);

- ilk yosh guruhi (2-3 yosh);

- kichik yosh (3-4 yosh);

- o'rta yosh (4-5 yosh):

- katta yosh (5-6 yosh);

- maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh).

Ilk yosh davri bolalarining rivojlanishidagi o'ziga xosliklar. Insonning rivojlanish davri ona qornidan boshlanadi. Bola ona qoraida to'qqiz oy mobaynida juda tez rivojlanish jarayonini va murakkab taraqqiyot davrini o'taydi. Bu davrda ham bola ma'lum darajada tashqi muhit ta'sirida bo'ladi. Shuning uchun ham bu ta'sirning ijobiy bo'lishini ta'minlash lozim.

Go'dakning vazni tug'ilgan paytda 3,5 kg, bo'yi 50 sm bo'lgan bo'lsa, uch oylik davrida uning vazni taxminan 5 kg, bo'yi 60 sm, 6 oylik bo'l-ganda esa taxminan 7 kg, bo'yi 64 sm bo'ladi.

Bir yoshgacha bo'lgan davrda bolaning rivojlanishi asosan oila muhiti ta'sirida bo'lib, u ona suti bilan oziqlanishi lozim. Bola bu davrda nutqqa ega bo'lmasa ham nutqni tushunish, anglash, harakatlarni idrok etish, oila a"zolarini tanish qobiliyatiga ega bo'ladi. Shuning uchun ham go'daklik davridan boshlab uch yoshgacha bo'lgan davrda bolaning nutqi va tafak-kuri jadal rivojlanadi. Bola bir yoshgacha bo'lgan davrda dastlabki so'z-larni ayta boshlaydi. Bu davrda kattalar, asosan, oila a'zolari go'dakni to'g'ri parvarish qilishni yo'lga qo'yishlari lozim. "Bola tushunmas ekan" deb, unga befarq bo'lmasliklari, atrof-muhitdagi buyumlarning nomini to'g'ri talaffuz qilib, ularning nutqini to'g'ri rivojlantirish uchun keng yo'l ochishlari kerak.

Oilada bolani tarbiyalashda ota-ona bilan bola o'rtasida qalban yaqinlikka erishish lozim. Ota-onalar hech qachon tarbiyani o'z holiga tashlab qo'ymasligi, ya'ni bolaning ilk yoshligidan bu jarayonga kirishish talab etiladi. Chunki, bola oilada birinchi hayotiy tajribani o'rganadi, kuzatadi va o'zini turli xil vaziyatlarda qanday tutish kerakligini o'rga­nadi. Biz bolani nimaga o'rgatsak uni aniq, hayotiy misollar bilan mustahkamlashimiz zarur, ya'ni kattalar aytgan gaplariga amal qilishlari shaxsan tarbiyaning samaradorligini ta'minlaydi.



Yüklə 454,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə