Pedagogik faoliyatda kreativlikning roli



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix23.12.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#97776
  1   2   3   4


 
 
ISSN: 2181-2624 
 
www.sciencebox.uz 
 
Special issue
 | 2022 “Innovative Research Methods and Methodologies on XXI Century”
 
Analytical Journal of 
Education and Development
134 
PEDAGOGIK FAOLIYATDA KREATIVLIKNING ROLI
 
 
Soatov Asadulloh Jabborovich, Ph.D 
Qashqadaryo viloyat xalq ta‟limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
hududiy markazi katta o‟qituvchisi p.f.f.d
Karimova Shaxlo Zokir qizi 
Shahrisabz tumani 41- umumiy o' rta ta' lim maktabi tarix fani o'qituvchisi
 
 
Annotatsiya:
 
Maqolada 
pedagogik 
faoliyatda 
kreativlikning 
roli, 
kreativ 
mutaxassislarning muhim xususiyatlari, kreativlikni о‘rganishga oid fundamental qarashlar 
tahlili, turli xil kompetensiyalar bilan bog‘liq bо‘lgan kreativlikning klassifikatsiyasi yoritib 
berilgan. 
Tayanch tushunchalar:
kreativlik, kompetentlik, bilim, ko’nikma, malaka, mahorat, 
mas’uliyat, qiziqish, qat’iyat, o’z ustida ishlash. 
Bugungi kunda har bir pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, 
muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini 
yaratishga alohida e‟tibor qaratishi zarur. Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, 
pedagogning masala yechimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning 
rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog о„z oldiga muammoli masalalarni qо„yish orqali mavjud 
bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bо„lgan dalillar bilan tо„qnash keladi. Buning natijasida о„z 
ustida ishlash, mustaqil о„qib о„rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi. Pedagogning ilmiy-tadqiqot 
ishlari va ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga oshirishi unda kreativlik potensialini yanada 
rivojlantiradi. Pedagog о„z-о„zidan ijodkor bо„lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma‟lum 
vaqt ichida izchil о„qib о„rganish, о„z ustida ishlash orqali shakllanadi.
Shu o‟rinda kreativ mutaxassislarning muhim xususiyatlarini quyida keltirib o‟tamiz: 
1.
Mustaqillik – shaxs standartlari jamoa standartlaridan muhim bо„lib, qarashlar va baholash 
ham noodatiy. 
2.
Aqliy jarayonlarning ochiqligi – о„zi va о„zgalarning fantaziyalariga tayyorlik hamda 
yangiliklar, noan‟anaviylikni yengil qabul qilish. 
3.
Noaniq va hal etib bо„lmaydigan masalalarga nisbatan tolerantlik, konstruktiv faollik. 
4.
Estetik tuyg„ularning yuqori darajasi, gо„zallikni sevish va qadrlash. 
5.
О„z qobiliyatlariga bо„lgan ishonch hamda kuchli xarakter xususiyatlari. 
6.
Xulq-atvorda kuchlilik va nazokatlilik jihatlarining uyg„unligi. 
7.
Yumor hissi va noan‟anaviy holatlarda kulgili jihatlarni topa olish.
Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish uchun dastlab bu tushunchaning mazmuni ustida 
tо„xtalib о„tamiz. Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor) – 
individning yangi g„oyalarni ishlab chiqarishga tayyorligini tavsiflovchi va mustaqil omil 
sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyatidir[1]. 



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə