1 – Mavzu. Jahon iqtisodiy tarixini o’ganish yo’nalishlari.
Reja:
1.1.
Iqtisodiy tarixning qisqacha izohi.
1.2.
Iqtisodiy tarix fanining predmeti, metodlari va vazifalari.
1.3.
Iqtisodiy tarixning manbalari va tuzilmasi.
1.1.
Iqtisodiy tarixning qisqacha izohi
"Iqtisodiy tarix" fani G'arbiy Yevropada XIX asrning
ikkinchi yarmida yuz bergan
shiddatli iqtisodiy jarayonlar ta'sirida yuzaga keldi va u "Siyosiy iqtisod"dan ajralib chiqdi. U XIX-
XX asrlardan boshlab Yevropa universitetlarida mustaqil fan sifatida o'qitila boshlandi, bundan
tashqari, bularning hammasi rahbar xodimlarni tayyorlash hamda siyosiy sohada islohotlarni
oqilona va samarali amalga oshirish uchun xizmat qildi.
Shu tariqa, 1895 yilda London universiteti qoshida iqtisodiyot
va siyosiy bilimlar maktabi
tashkil etilib unga ixtisoslashtirilgan kollej va 1896 yilda esa unga universitet qoshidagi alohida
bo'lim maqomi berildi. Unga Buyuk Britaniyalik iqtisodiyot tarixining dastlabki
namoyondalaridan biri bo'lgan U.Xyuins boshchilik qildi.
"Iqtisodiy tarix"
siyosiy fanlar, sotsiologiya, huquq kabi fanlar bilan birga barcha o'quv
rejalarida asosiy o'rinni egalladi. 1901 yilda Birmingem universitetining sanoat sohasi bo'yicha
kadrlar tayyorlashga yo'naltirilgan savdo-sotiq
maktabi tashkil etilib, unga keyinroq AQShning
Garvard universitetida birinchi iqtisodiyot tarixi kafedrasiga asos solgan U.Eshli boshchilik qildi.
Buyuk
Britaniya
XX asrning boshlarida iqtisodiyot tarixi bo'yicha ma'ruzalar to'liq holda Britaniyaning
Oksford va Kembridj kabi qadimgi va nufuzli universitetlarida o'qilardi, 1928 yilda Kembridj va
1931 yilda esa Oksford universitetlarida iqtisodiyot tarixi
kafedralari tashkil etildi
1
.
1920-1930 yillarda iqtisodiyot tarixiga qiziqish ortdi va boshqa oliygohlarda,
jumladan
Edinburg va Glazgo universitetlarining tegishli kurslar o'qitiladigan yo'nalishlarida, keyinroq esa
50-60 yillarda bir necha kafedralar va ixtisoslashtirilgan bo'limlar tashkil etildi. 60-70 yillarda
iqtisodiyot tarixi
fani London universiteti, Lester, Sheffild,
Liverpul, Nottingem shaharlardagi
oliygohlarda o'z mavqeyini egalladi.