P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   551
2 5463028049224140945

1.  Reflekslar

l.P.  Pavlovning  fiziologik  ta’limotidagi 

asosiy tushuncha refleks tushunchasidir.  «Ref- 

leks  oiganizmning  nerv sistemasi  yordami  bi­

lan  tashqi  olam  ta’sirlariga  beradigan  javob 

harakatlari  reaksiyasidir».  Masalan,  igna  san- 

chilsa,  qo'limizni tortib olamiz.  Og‘izga ovqat 

solinganda,  so‘lak  chiqa  boshlaydi,  yorug‘da 

ko‘z qorachiqlari torayadi, qorong'ida esa ken- 

gayadi.  Bu  misollarda  qo‘lga  igna  sanchilishi, 

og‘izga  ovqat  solinishi,  yorug‘lik  qo'z- 

g'ovchilardir,  so‘lak  ajralishi,  ko‘z  qora- 

chig'ining torayishi va kengayishi organizmning 

javob  harakatlaridir.  Refleks  yoyi  (reflektor 

dura) har qanday refleks quyidagi sxemaga mu­

vofiq  ro‘y  beradi:  qo‘zg‘ovchi  (masalan,  igna 

sanchilishi)  sezuvchi  nervning chekka tarmoq- 

larini  qo‘zg‘aydi.  Bu qo'zg'alish sezuvchi  nerv 

orqali  markazga,  ya’ni  orqa  miyaga yoki  bosh 

miyaga  yetadi.  Markazda  qo'zg'alish  sezuvchi 

nerv hujayralardan harakatlantiruvchi nerv hu- 

jayralariga  o'tadi.  Harakatlantiruvchi  nerv  esa 

muskulni  harakatga  keltiradi  (masalan,  qo'lning  tortib  olinishi)  yoki 

qo'zg'alish sekreter nervga o'tadi, bu nerv esa bezning faoliyatini kuchay- 

tiradi  (masalan,  so'lak ajralishi).

Refleksda  nerv  qo'zg'alishi  o'tadigan  yo'l  refleks  yoyi  (durasi)  deb 

ataladi  (11-rasm).  Refleks  yoyining  uchta  qismi  bor:  1)  sezuvchi  yoki 

afferent qismi — qo'zg'alish periferiyadan markazga shu qism orqali o'tadi; 

2)  markaziy  qism  qo'zg'alish  sezuvchi  nerv  hujayrasidan  harakatlanti­

ruvchi  nerv hujayrasiga qism orqali o'tadi;  3)  harakatlantiruvchi  yoki  ef- 

fektor  qism  qo'zg'alishni  markazdan  muskulga  yoki  bezga  o'tkazadi. 

Reflekslar hayvon organizmining tashqi muhitga moslashuviga, muhit bilan 

aloqada bo'lishiga  yordam  beradigan  nerv-fiziologik  mexanizmlardir.

Hayvon organizmlari shartsiz va shartli  reflekslar yordami bilan tash­

qi  muhitga  moslashuvini,  shu  muhit  bilan  aloqada boiishini  l.P.  Pavlov 

aniqlab bergan.  l.P.  Pavlovning buyuk xizmati shundaki,  u shartli refleks- 

ni kashf etdi, bu refleksning shartsiz refleksdan farqini aniqladi va hayvon 

organizmining  hayotida  shartli  reflekslarning  qanday ahamiyati  borligini 

ko’rsatib berdi.  l.P.  Pavlov ta’limotiga ko'ra,  shartsiz  refleks bilan  shartli 

refleks o'rtasidagi farq quyidagidan iborat. Shartsiz reflekslar tug'ma bo'ladi. 

Ular organizm hayotining birinchi kunlaridanoq ko'rina boshlaydi va tabiiy


Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə