O‘zgaruvchan tok elektr mashinasining asosiy turlari



Yüklə 53,49 Kb.
səhifə1/6
tarix30.12.2023
ölçüsü53,49 Kb.
#166433
  1   2   3   4   5   6
O‘zgaruvchan tok elektr mashinasining asosiy turlari

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • 5-rasm

O‘ZGARUVCHAN TOK ELEKTR MASHINASINING ASOSIY TURLARI
O‘zgaruvchan tok mashinalari sinxron va asinxron generatorlar hamda sinxron va asinxron dvigatellarga bo‘linadi. 5-rasmda sinxron mashinaning elektromagnit sxemasi va uning ulanish sxemasi ko‘rsatilgan. Sinxron mashinaning statori (1) fazalari (chuqurchalari) orasiga uch fazali o‘ram (3) joylashtirilgan. Fazalarning o‘ram boshlanishlari A, B, C, oxirlari X, Y, Z harflari bilan belgilangan. Uning rotorida (2) uyg‘otish o‘rami (4) joylashtirilgan. Bu o‘ramlar cho‘tka (5) va dumaloq halqa (6) bilan (uzukka o‘xshash) tashqi tok manbayiga ulangan. Uyg‘otish uchun kerak bo‘lgan quvvat sinxron mashinaning 0,3–3 % ni tashkil etadi.

5-rasm. Sinxron mashinaning elektromagnit statori va uning ulanish sxemasi.

Asinxron elektr dvigatel


0.75 kVt, 1420 ayl/daq, 50 Hz, 230—400 V, 3.4-2.0 A xarakteristikali asinxron dvigatel stator va motori
Asinxron elektr dvigatel — dvigatel rejimida ishlaydigan asinxron mashina; elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi. Ish tarzi stator chulgʻamlari boʻylab uch fazali oʻzgaruvchan tok oʻtganda vujudga keladigan aylanuvchi magnit maydonining stator maydoni rotor chulgʻamlarida hosil qiladigan tok bilan oʻzaro taʼsiriga asoslangan. Rotorning aylanish tezligi asosan quyidagi for60/71-S_muladan aniqlanadi: p = —~— , bunda:f— taʼminlovchi tok chastotasi; r — mashina qutblari soni; s— sirpanish, yaʼni rotor nisbiy tezligining statorning aylanuvchi magnit maydoniga nisbatan orqada qolishini koʻrsatuvchi son. Aylanish tezligini tok chastotasi, qutblar soni va sirpanishga taʼsir etib oʻzgartirish mumkin. Tok chastotasini oʻzgartirish energiya iyerofini cheklagan holda tezlikni ravon oʻzgartirishga imkon beradi. Shuning uchun chastota boʻyicha boshqariluvchi Asinxron elektr dvigatelni yaratish asosiy muammolardan biriga aylangan. Asinxron elektr dvigatel elektr yuritmalarda asosiy dvigatel sifatida ishlatiladi. Quvvati bir necha Vt dan oʻnlab MVt gacha boʻladi. Asinxron dvigatellar "Arago-Lens diski" xodisasi asosida ishlaydi.[1]
Asinxron motor ishga tushirilganda, quyidagi asosiy talablar bajarilishi lozim:
Motorni ishga tushirish mumkin qadar oson va qo'shimcha qurilmalarsiz bajarilishi lozim, ishga tushirish momenti yetarli darajada katta, ishga tushirish toki esa mumkin qadar kichik boiishi lozim.
Uch fazali asinxron motorlarni ishga tushirishda amalda quyidagi usullar qo‘llaniladi. Stator chulg‘amlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri tarmoqqa ulash, stator chulg'amiga pasaytirilgan kuchlanish berib va rotor chulg‘amiga reostatni ulab ishga tushirish (oxirgisi faza rotorli motorlarda).


Yüklə 53,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə