O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 9- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 71,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix24.12.2023
ölçüsü71,5 Kb.
#160600
1   2   3   4   5   6   7
Yulchiboyeva Dilfuza Ergashevna –

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
9-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.06.2022
212 
Tashqi regulyatsiya ( boshqaruv, nazorat ) ikki xil ko’rinishda ko’rib chiqilishi 
mumkin: 
1) kayfiyat, intensiya, motivatsiyaning kommunikativ tarkibi; 
2) baho, o’zlashtirish va internalizatsiyaning tarkibi.
Shu bilan bir qatorda yuqorida keltirib o’tilgan jihatlar bilan birga hayajonlanish, 
xavotirlanish omili muhim ahamiyat kasb etadi. 
«Hayajonlanish» (his-kechinmalar) omili psixologiyada uch xil ko’rinishda 
o’rganiladi: 1) sub’yekt tomonidan his etiladigan, hozirgi vaqtda aynan sodir 
bo’layotgan, bevosita ongda tasavvur qilingan va u uchun o’z hayotida sodir 
bo’layotgan hodisalar sifatida ko’rinadigan emotsional bo’yoq berilgan holatdir; 2) 
intilish, hohish va istaklarning mavjudligi, individual ong jarayonida sub’yekt 
tomonidan tanlanadigan motivlar va uning faoliyati maqsadlari va shu bilan bir 
qatorda shaxsning hayotida bo’layotgan voqea va hodisalarga nisbatan ongli 
munosabat bildirishga ta’sir ko’rsatadi; 3) sub’yekt tomonidan hayotidagi yetakchi 
motivlarga yetish jarayonida qiyinchiliklar tug’ilganda, qadriyatlar tizimi buzilgandagi 
faollik turidir va shu bilan bir qatorda u shaxsning psixologik olamining o’zgarishi,
mavjudligining sababini qayta ko’rib chiqishga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Birinchi tushunchada e’tibor bevosita sub’yektning ongiga qaratiladi. Bu affektiv 
holatning hozirgi vaqtga oid bilimlarning mavjudligi bilan o’zaro zich bog’liqligini 
anglatadi. Ikkinchi tushuncha his-kechinmalarning motivatsion rolini ko’rsatib beradi, 
u emotsiyalarning shaxsning ehtiyojlar sohasi bilan aloqadorligini isbatlab beradi. 
Tushunchaning uchinchi ma’nosi faollikning alohida shakli sifatida ko’riladi, u hayot 
davomidagi qaltis vaziyatlarda og’ir hodisalarni boshdan kechirishga, hayotda 
yashashdan ma’noni topishga yordam beradi.

Yüklə 71,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə