O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 14- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix13.10.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#127428
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Qodirova Feruzaxon Usmanovna

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
14-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.12.2022
Umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limni joriy etilish bilan oxirgi yillarda
maktab kontingenti o‘zgarib, 1-sinfga qabul qilingan bolalar orasida nutqida 
nuqsoni bor bolalar ko‘payib bormoqda. Rivojlanishida nuqsoni bor bolalar orasida
nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Og‘ir nutq
nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar (alaliya, dizartriyaning og‘ir ko‘rinishlari) nutk
maxsus maktablarda (nutq nuqsoniga ega bo‘lgan maktablarda) ta’lim—tarbiya
olishlari lozim. Lekin, inklyuziv ta’lim muammosi bilan shug‘ullanayotgan olimlar va 
mutaxassislar bunday bolalar umumta’lim maktablari o‘qishlari va ularga tizimli
ravishda maqsadga yo‘naltirilgan logopedik yordam ko‘rsatilishi lozim degan
fikrlarni ilgari suradilar. 
Inklyuziv ta’limni joriy etilishi umumta’lim maktablarida faoliyatyuritayotgan
logopedlarga nisbatan talablarning kuchayishini ko‘rsatmoqda. Jumladan, logoped
differensial tashxis qilish, korreksion ish bo‘yicha individual ish rejalarni ishlab 
chiqish, nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar ota-onalar bilan suxbatlar o‘tkazish
kabi bir qancha vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ish rejalarini ishlab chiqishi 
lozim. 
Inklyuziv ta’lim joriy qilingan maktablarda logoped defektolog, 
psixolog, tyutor o‘qituvchilar bilan bir qatorda ish olib boradi. 
Logopedning asosiy vazifasi dasturlarni egallashi va muloqatga kirishishda
muammosi bo‘lgan bolalar bilan korreksion ishlarni olib borishdan iboratdir.
Logoped faoliyatining maqsadi: alohida yordamga muhtoj bolalarning umumta’lim
maktab dasturini egallashlari uchun nutq kamchiliklarini aniqlash va oldini olish,
shuningdek og‘zaki va yozma nutqini, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun
sharoitlar yaratish. 
Yuqoridagi maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar qo‘yiladi: 
• 
Boladagi nutq nuqsonining darajasini aniqlash, psixologo-
pedagogik tashxis qo‘yish maqsadida logopedik tekshiruvni o‘tkazish. 
• 
Logopedik yordamga muhtoj bolalar bilan korreksion-
logopedik ishlarni olib borish uchun perspektiv ish rejasini tuzish (individual ish 
reja). 
• 
Alohida yordamga muhtoj bolalar uchun nutq kamchiliklarini 
korreksiyalash va bartaraf etishga qaratilgan usul va yo‘llarini aniqlash. 
• 
Bolalarning psixofiziologik xususiyatlaridan kelib chiqqan
xolda ularni guruxlarga saralash. 
• 
Nutq kamchiliklarini bartaraf etish bo‘yicha individual va 
guruxli mashg‘ulotlarni o‘tkazish. 
• 
Alohida yordamga muhtoj bolalar umumta’lim maktabalarida
o‘qitishga doir moslashtirilgan 
o‘quv dasturlari, metodik yo‘riqnomalarni ishlab chiqishda ishtirok etish. 
• 
O‘quv materiallarini o‘zlashtirishga qaratilgan turli xil metod va 
vositalarni aniqlash va tayyorlash. 



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə