|
O`zbekiston yoshlar ittifoqi
|
tarix | 13.03.2023 | ölçüsü | 6,57 Mb. | | #102385 |
| 2 5445293755596800938 - MAVZU: “BOLA HUQUQLARI TO’G’RISIDA”GI KONVENSIYA
- BOLA HUQUQLARI TO’G’RISIDAGI KONVENSIYA
- BMT Bosh Assambleyasining 1989-yil 20-noyabrdagi 44/25-qarori bilan bilan qabul qilingan
- Konvensiya (lotincha conventio) – shartnoma, kelishuv bitim, biror maxsus masala, masalan, bola huquqlari to’g’risida xalqaro shartnoma.
- Bola huquqlari to`g`risidagi Konvensiya BMT va O`zbekiston Respublikasi o`rtasida 1992-yil 9-dekabrda ratifikatsiya qilingan.
- 1-modda
- Konvensiya maqsadi 18 yoshga to’lmagan har bir inson zoti agar bolaga nisbatan qo’llaniladigan qonun bo’yicha u ertaroq balog’atga yetmagan bo’lsa, u bola hisoblanadi.
-
- 7-modda
- Bola tug’ilgan zahoti ro’yxatga olinadi va tug’ilgan daqiqasidan boshlab ism bilan atalish va fuqarolikka ega bo’lish, shuningdek, iloji boricha o’z ota-onasini bilish va ularning g’amxo’rligidan bahramand bo’lish huquqlarini olishga haqli hisoblanadi.
- 28-modda
- Ishtirokchi davlatlar bolaning ilm olish huquqini e’tirof etadilar hamda ana shu huquq teng imkoniyatlar asosida amalga oshishiga asta-sekin erishish maqsadida bepul va majburiy boshlang`ich ta’limni joriy etadilar.
- 24-modda
- 1. Ishtirokchi-davlatlar bolaning sog`liqni saqlash tizimining takomillashgan xizmatlaridan, kasalliklarin davolash va salomatlikni tiklash vositalaridan foydalanishini huquqiy e’tirof etadilar. Ishtirokchi-davlatlar bola sog`liqni saqlash tizimining bunday xizmatlaridan bahramand bo’lishdan iborat o`z huquqidan mahrum bo`lib qolmasligini ta’minlashga harakat qiladilar.
- 2. Ishtirokchi-davlatlar bunday huquqning to`la amalga oshishiga erishadilar, jumladan, quyidagi choralarni ko’radilar:
- Hamma bolalarga zarur tibbiy yordam ko`rsatilishi va ularning sog`lig`ini saqlashga, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini rivojlantirishga birinchi darajali e’tibor berillishiga erishish;
- 31-modda
- 1. Ishtirokchi-davlatlar bolaning dam olish va bo’sh vaqtini o’tkazish huquqini, o’zining yoshiga mos keladigan o’yinlar va ko’ngilochar tadbirlarda ishtirok etish, madaniy hayotda erkin qatnashish, san’at bilan shug’ullanish huquqini e’tirof etadilar.
- 2. Ishtirokchi-davlatlar bolaning madaniy va ijodiy hayotda har tomonlama qatnashish huquqini hurmat qiladilar, rag’batlantiradilar hamda malaniy va ijodiy faoliyat, bosh vaqtni o’tkazish va dam olish uchun tegishli teng imkoniyatlaryaratib berilishiga ko’maklashadilar.
- \
- 8-modda
- 1. Ishtirokchi-davlatlar qonunda ko’zda tutilganidek, bolani o’iga xos xususiyatlarini, jumladan, fuqaroligi, ismi va oilaviy aloqalarini saqlab qolish huquqini hurmat qilish, qonunga zid ravishda aralashuvga yo’l qo’ymaslik majburiyatini oladilar.
- 2. Agar bola o’ziga xoslik elementlarining bir yoki barcha qismlaridan g’ayriqonuniy ravishda mahrum etilgan bo’lsa, ishtirokchi-davlatlar uning bu xususiyatlari tezroq tiklanishi uchun zarur yordam va himoyalanishni ta’minlaydilar.
- 2-modda
- 1. Ishtirokchi – davlatlar ushbu Konvensiyada o`z ta’sir doirasida bo`lgan har bir bola uchun ko`zda tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz, irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog`lig`i va tug`ilishi, uning ota-onasi yoki qonuniy vasiysi yoki biror-bir boshqa holatlardan qat’I nazar, hurmat qiladilar hamda shu huquqlarni ta’minlab beradilar.
BOLA HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TIZIMI - VASIYLIK VA HOMIYLIK ORGANLARI
- “BOLA HUQUQLARI TO`G`RISIDA”GI KONVENSIYA
- MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASI, MAKTAB
YODINGIZDA BO`LSIN, SIZNING O`Z HUQUQLARINGIZNI AMALGA OSHIRISHINGIZ, O`ZGALARNING HUQUQLARIGA DAHL QILMASLIGI LOZIM.
Dostları ilə paylaş: |
|
|