147
nasining dorilfununi edi. Ushbu madrasalarda diniy ilmlar:
Qur’on, hadis, tafsir, fiqh (din va shariat qonun va qoidalari)
bilan bir qatorda riyoziyot (matematika), handasa (geometriya),
ilmi hay’at (astronomiya), tibbiyot (meditsina), tarix, jo‘g‘rofiya,
ilmi aruz (nazm), arab tili va uning morfologiyasi (qofiya) kabi
dunyoviy ilmlar ham o‘qitilardi.
1420-yilda ochilgan Samarqand madra-
sasi ikki qavatli, ellik hujrali bo‘lgan.
Har bir hujra uch xonaga: qaznoq (omborxona), yotoqxona va
darsxonalarga bo‘lingan. Madrasada o‘sha zamonning iqtidorli
olimlaridan mavlono
Shamsiddin Muhammad Havofiy yetakchi
mudarris bo‘lgan. O‘rta asrlarning mashhur olimlari
Qozizoda
Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshoniy, Mirzo Ulug‘bek va
uning shogirdi
Alouddin Ali Qushchilar turli fanlardan dars
berganlar. Madrasa ochilgan kuni birinchi darsni
Shamsiddin
Muhammad Havofiy o‘qigan, darsda tolibi ilmlardan to‘qson
nafari qatnashgan. Madrasada ilmi hay’at (astronomiya)dan dars-
ni Qozizoda Rumiy bergan. Madrasada kamida 15–16 yil tah-
sil ko‘rib, uning dasturi bo‘yicha fanlarni to‘la o‘zlashtirgan va
imtihonlarda o‘z bilimini namoyish qila olgan tolibi ilmlarga
sa-
nad yozib berilgan.
Samarqandda o‘z atrofida to‘plangan ta-
niqli olimlarning bevosita ishtiroki va
yordamida Mirzo Ulug‘bek
1424–1429-
Ulug‘bek rasadxonasining
ichki ko‘rinishi.
Ulug‘bek madrasasi
Ulug‘bek
rasadxonasi
yillarda shahar yaqinidagi Obi-
rahmat anhori bo‘yida rasadxona
qurdirdi. Hanuzgacha olimlarning
qiziqishini uyg‘otib kelayotgan
bu ulkan imoratning balandligi
31 metr edi.
G‘iyosiddin Jamshid boshchili-
gida rasadxonaning asosiy o‘lchov
asbob-uskunasi – ulkan sekstant
o‘rnatilgan. Samarqand sekstan-
ti o‘sha davrda Sharqda ma’lum
bo‘lgan sekstantlarning eng kattasi
hisoblangan. Ulug‘bek rasadxona
qoshida zamonasining boy ku-
149
lardan
«Aflotuni zamon» deb nom olgan
Qozizoda Rumiy,
G‘iyosiddin Jamshid Koshoniy,
«o‘z davrining Ptolomeyi»
nomi bilan shuhrat qozongan
Ali Qushchi va ko‘pgina bosh-
qa olimlar ilmiy kuzatishlar va tadqiqotlar olib boradilar. Xul-
las, Ulug‘bek Samarqandda butun bir astronomiya maktabini
yaratdi.
Rasadxonada olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar tufayli
1018 ta qo‘zg‘almas (turg‘un) yulduzlarning o‘rni va holati aniq-
lanib, ularning astronomik jadvali tuziladi. Rasadxo na da olib
borilgan tadqiqotlarning natijalari asosida matematika va astro-
nomiyaga oid qator nodir asarlar yaratildi.
Ulug‘bekning shoh asari
«Ziji jadidi Ko‘ragoniy» (Ko‘ra-
goniyning yangi astronomik jadvali) nomli kitobidir.
«Ziji jadi-
di Ko‘ragoniy» asosan ikki qismdan: keng muqaddima va 1018
qo‘zg‘almas yulduzlarning o‘rni va holati aniqlab berilgan jadval-
lardan iborat. Ulug‘bekning astronomik jadvali o‘sha zamondagi
shunga o‘xshash jadvallar orasida yuksak darajada aniqligi bi-
lan ajralib turadi. Shuningdek, Ulug‘bekning yil hisobini hozirgi
hisob-kitoblarga solishtirgudek bo‘lsak, u bor-yo‘g‘i bir minut-u
ikki sekundga farq qiladi. Bu XV asr uchun g‘oyat yuksak aniqlik
bo‘lib, hozirgi zamon o‘lchovlariga juda yaqindir.
Ulug‘bek
«Tarixi arba’ ulus» (To‘rt ulus tarixi) nomli tarixiy
asar hamda musiqa ilmiga bag‘ishlangan beshta risola ham yoz-
* Akademiya – oliy ilmiy tashkilot
* Rasadxona (observatoriya) – osmon jismlari tadqiqoti
uchun maxsus jihozlangan ilmiy muassasa va shu
muassasa joylashgan bino
* Sanad – shahodatnoma
* Sekstant – osmon yoritqichlarining balandligini belgi-
lash uchun mo‘ljallangan ko‘zgu-qaytargichli asbob
Ulug‘bekning hayoti va ilmiy faoliyati xalqimiz
ma’naviyatining poydevoriga qo‘yilgan tamal toshla-
ridan biri bo‘lib, yurtimizda bundan necha zamonlar
oldin fundamental fanlarni rivojlantirishga qanchalik
katta ahamiyat berganini ko‘rsatadi.
Islom Karimov. «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch»