O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50

11
kidariylar shimoldan janubga tomon siljigan yana bir ko‘chman-
chi  chorvador  aholi  –  eftallar  bilan  to‘qnashadilar.  Natijada,  
kidariylar O‘rta Osiyoni tark etib, janubga – Shimoliy Hindiston-
ga chekinadilar. U yerlarda 75 yil hukmronlik qiladilar.
eftallarning  ilk  ajdodlari  Xitoyning  shi-
moli  g‘arbiy  hududida  (Xesi)  yashagan 
turkiy  xun  qabilalari  ittifoqi  tarkibida  bo‘lgan.  Ular  III  asrda  
Turonning  janubiy  va  Xarkon  (Kaspiy)  dengizining  shimolida 
yastangan  yaylovlarga  o‘rnashib  boshqa  turkiy  elatlar  bilan  ara-
lashib  ketadi.  Keyinchalik  eftallar  ko‘payib,  avval  xioniylarni, 
so‘ngra  boshqalarni  tobe  etib,  davlat  barpo  etganlar.  V  asrda 
ular Kidariylar davlatini mag‘lub etib, Xurosonning talay qismini 
egallaganlar va sosoniylar bilan to‘qnashganlar.
V asrning o‘rtalarida diyorimizga kirib kelgan eftallar yozma 
manbalarda eftalxaftalxaytal degan nomlar bilan tilga olinadi. 
«Eftal» degan nom ilk bor «xeptal» shaklida V asr arman man-
balarida uchraydi. Bu nom aslida «Eftalon» deb yuritilgan shoh 
nomidan  olingan.  Uni  Vaxshunvar  deb  ham  ataganlar,  u  eftal-
lar yurishiga boshchilik qilgan. Qisqa vaqt ichida Chag‘oniyon
Toxariston  va  Badaxshon  bo‘ysundiriladi.  Ular  bir  zarba  bilan 
Sug‘dda ham o‘z hukmronligini o‘rnatadilar. eftallar davlati ni-
hoyatda kuchayadi. Hatto ular o‘zaro aloqa o‘rnatish maqsadida 
456-yilda  Xitoyga  elchi  yuboradilar.  eftallarning  tobora  kucha-
yib  borayotgan  tajovuzidan  xavfsiragan  sosoniylar  ularga  qarshi 
yurish  qiladi.  Ikki  o‘rtadagi  jang-u  jadallar,  ayniqsa,  sosoniylar 
shohi  Pero‘z  hukmronlik  qilgan  davrda  (459–484)  avjiga  chi-
qadi.  Sosoniylar  shohi  eftallarga  qarshi  uch  marta  yurish  qiladi. 
Dastlabki janglardayoq u mag‘lubiyatga uchrab, asir tushadi. Vi-
zantiya imperatori Zenon tomonidan yuborilgan o‘lpon evaziga u 
asirlikdan ozod etiladi. Biroz vaqt o‘tgach, ikkinchi marta eftal-
larga  qarshi  qo‘shin  tortadi.  Ikkinchi  yurish  ham  muvaffaqiyat-
siz  tugaydi.  Shohning  Kubod  ismli  yosh  o‘g‘li  eftallar  yurtiga 
garovga yuborilib, Pero‘z tutqunlikdan ozod etiladi.
Pero‘z 484-yilda eftallarga qarshi uchinchi marta yurishga ot-
lanadi. Bu galgi urush sosoniylar shohining halokati bilan tugay-
di. Marv ishg‘ol qilinib, eron ustiga juda og‘ir o‘lpon yuklanadi. 
Ma’lum  vaqt  eron  eftallarga  siyosiy  jihatdan  qaramlikka  tushib 
qoldi.  Pero‘z  vorislari  Kubod  (488–531),  Anushervon  (531–
Eftallar  davlati


12
579)  hukmronlik  qilgan  davrlarda  eftallar  bilan  munosabatlar  
ancha  yumshab,  tinchlik  tusini  olgan.  Sosoniylar  kumush  hiso- 
bida  belgilangan  bojni  uzluksiz  to‘lab  turadilar.  Keyinchalik  
eftallar Kobul, Panjob, Urumchi, Qorashar, Xo‘tan, Qoshg‘ar 
shaharlarini ham o‘z tasarrufiga kiritadilar. 
Bulg‘or
B
U
L
G

O
R
L
A
R
X
A
Z
A
R
L
A
R
B
I
J
A
N
A
K
L
A
R
O‘
G

U
Z
L
A
R
X
O
R
A
Z
M
SUG‘
D
XUROSO
N
TOXARISTON
VAXAN
XUTTAL
FARG‘ON
A
Hindistonga
Tibetga
Xitoyga
O‘
G‘
U
Z
L
A
R
Dehiston
Bag‘dod
Ray
Nisa
Faroba
Tus
Nishopur
Isfaxon
Hirot
Marv
Poykand
Hazorasp
Xiva
Urganch
Kat
Jand
Sayram
Isfijob
Binokat
Talos
Oqsu
Qoshg‘ar
Xo‘tan
Samarqand
Buxoro
Zarafshon
Kesh
Termiz
Balx
Badaxshon
Bolosog‘un
Yangikent
Savrom
Irtish
Zaysan
k.
Issiqko‘l
Balxash
k.
Azov
dengizi
Frot
FORS
QO‘LTIG‘I
Sind
Tarim
Amudaryo
Sirdaryo
Dajla
XAZAR
DENGIZI
Eli
(Don)
BANDI
AZ
DENGIZI
Itil
Yoyiq
Jand
dengizi
Chu
Elsuvi(Ili)
Kobul
BUYUK  IP
AK  
YO‘LI


13
*  Boj  –  o‘lpon,  soliq.  Bir  davlat  tomonidan  ikkinchi 
davlatga  to‘lanadigan,  shuningdek,  shahar  va  qishloq 
bozorlarida savdogarlardan olinadigan maxsus to‘lov
Shu  tariqa  kuchli  suvoriy  (otliq)lardan  iborat  qo‘shinga  ega 
bo‘lgan eftallar bir qancha yarim mustaqil mulkdorlarning uyush-
masidan  iborat  ulkan  davlatni  barpo  etdilar.  Mazkur  mulklar 
hukmdor – Sho (shoh)ga tobe sulolalar tomonidan boshqarilgan. 
Hatto ularning har biri o‘zining kumush yoki mis tangasini zarb 
etgan.
V  asrning  ikkinchi  yarmi  va  VI  asrning  boshlarida  O‘rta 
Osiyo,  Sharqiy  eron,  Shimoliy  Hindiston  va  Sharqiy  Turkiston 
yerlarini  birlashtirgan,  ilk  o‘rta  asrlarning  yangi  qudratli  davlati 
hisoblangan Eftallar davlati tashkil topadi. 
1. Xorazm davlati qay tariqa tashkil topdi?
2. Xioniylar qaysi hududdan O‘rta Osiyoga bostirib keldi?
3. Nima uchun kidariylar O‘rta Osiyoni tark etadilar?
4. eftallar va ular tuzgan davlat haqida nimalarni bilasiz?
5. Sosoniylar va eftallar munosabatlari haqida gapirib bering.
3-§. EFTALLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY
VA MADANIY HAYOT
Tayanch tushunchalar: Yer egaligi; Savdo; Pul muomalasi; Til; 
Madaniy aloqalar; davlat tayanchi
eftallar  davlatiga  birlashgan  aholining 
etnik  tarkibi  xilma-xil  bo‘lgan.  Ularning 
ijtimoiy-iqtisodiy  hayoti  esa  biri  ikkinchisinikidan  keskin  farq 
qilgan.  eftallar  kelib  chiqishiga  ko‘ra  ko‘chmanchi  qabilalarga 
mansubligi  tufayli  chorvachilik  bilan  shug‘ullanib,  yaylovlarda 
o‘tov qurib yashaganlar. Keyinchalik, eftallar zabt etgan yerlarda 
savdo-sotiq rivojlandi. Yillar o‘tishi bilan esa ular mahalliy aholi 
bilan qorishib ketadilar.
Toxariston va Sug‘d dehqonchilik hamda bog‘dorchilikning 
rivoj  topgan  markazi  hisoblanardi.  Qashqadaryo  va  Zarafshon 
vodiylarida  g‘alladan  tashqari  sholi  ham  yetishtirilar  edi.  Xitoy 
manbalarida qayd etilishicha, V–VI asrlarda Sharqiy Turkiston 
Xo‘jalik  hayoti


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə