O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


*  “Tadqiqotchi-olimlarning  fikricha,  Sharq,  xususan



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/292
tarix04.01.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#82564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   292
7-sinf Òzbekiston tarixi kitobi

*  “Tadqiqotchi-olimlarning  fikricha,  Sharq,  xususan, 
Mar kaziy Osiyo mintaqasi IX–XII va XIV–XV asrlarda bami-
soli po‘rtanadek otilib chiqqan ikki qudratli ilmiy-ma 
da 
niy 
yuksalishning manbayi hisoblanib, jahonning boshqa min-
taqalaridagi Renessans jarayon lariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan 
Sharq uyg‘onish davri – Sharq Re 
nes 
sansi sifatida dunyo 
ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan”.  
I
slom KARIMOV 
 
Darslikni o‘qish jarayonida ona Vatan mudofaasi yo‘lida 
mardlik ko‘rsatgan 
Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, 
Shayx Najmiddin Kubro, Mahmud Tarobiy, Amir Temur
 kabi 
vatan parvarlarning jasorati bilan tanishasiz.
Qadimgi Turon hududlarida azaldan o‘troq o‘zbeklar, tojik, 
qirg‘iz, qozoq, qora qalpoq va turkmanlar yashab kelgan. Shu 
boisdan, o‘zbek xalqining o‘tmishi etnik jihatdan yaqin bo‘l-
gan qardosh xalqlarning tarixi bilan chambarchas bog‘lanib 
uyg‘un lashgan. Ular ko‘p hollarda yagona davlatning umumiy 
fuqarosi bo‘lib yashaganlar, el-yurtni obod etishda faol ishtirok 
etganlar.


5
Darslikda berilgan voqealar bilan tanishib borar ekansiz, 
xalqimiz doimo bunyodkorlikka, ilm va ma’rifatga intilib 
yashaganini bilib olasiz. Ilm va ma’rifatga intilish orqa-
ligina komillikka erishish mumkinligini tushunasiz. Komil lik 
esa tinimsiz mehnat talab qiladi. Siz o‘z ustingizda tinim 
siz 
ishlashingiz, bilimlaringizni yanada mustahkamlab, orttirib 
borishingiz orqali vatanparvarligingizni namoyon qilasiz. Bu 
esa Sizning ma’naviy jasoratingiz bo‘lib qoladi.
1
. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom 
Karimovning quyidagi fikrlarini o‘qing va undagi “...o‘zimiz 
ham, xuddi ular kabi, mana shu bebaho merosga o‘z 
hissamizni  qo‘shaylik!”  degan  fikrlariga  munosabatingizni 
bildiring. Siz qanday hissa qo‘sha olasiz?
 
“Men yoshlarimizga  murojaat  qilar ekanman, ularga 
doi 
mo: “Biz buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanishimiz, g‘u­
rur 
lanishimiz kerak”, deb aytaman. Ayni vaqtda “Faqat 
g‘ururlanishning o‘zi yetarli emas, kelinglar, o‘zimiz ham, 
xud 
di ular kabi, mana shu bebaho merosga o‘z hissamizni 
qo‘shaylik!” deb takrorlayman”
.
2. 
eslab ko‘ring-chi, qadimgi davrda O‘zbekiston hududida qan -
day davlatlar bo‘lgan?
3.
 Matnda keltirilgan “...mazkur hudud aholisining ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayoti rivo 
jiga ta’sir 
ko‘rsatgan” jumlasida qanday ta’sirlar haqida gap keta yapti? 
Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy ta’sir deganda nimani 
tushunasiz?
4. 
Ayting-chi, o‘rta asrlarda Vatanimiz tarixining o‘ziga xos 
xususiyati nimadan iborat ekan?
5. 
O‘rta asrlarda yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk mu 
ta 
-
fakkirlar va mashhur ulamolarning qaysi asarlarini bila siz?
6. 
Siz yurtimiz tarixiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada 
ishtirok etsangiz, nimalar haqida gapirgan bo‘lardingiz? 
 


6

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə