O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə287/292
tarix04.01.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#82564
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   292
7-sinf Òzbekiston tarixi kitobi

Musavvir
Mahmud 
Muzahhib  
qalamiga mansub 
Navoiy surati


156
etilgan miniaturalari nihoyatda jozi 
bador 
va ta’sirchandir. 
Behzod 
an’analari keyingi davr ras-
somlari ijodiga ijobiy ta’ sir ko‘r satdi. Uning 
ijodi va mero si san’atshunoslar, rassomlar 
tomoni dan keng o‘rganiladi. Behzod no mini 
abadiylashtirib, O‘zbekiston Respublikasi 
Birinchi  Pre zidenti  Islom  Kari mov ning 
1997-yil 23-yanvar 
dagi
 
farmoniga binoan 
Kamoliddin Beh 
zod nomidagi Davlat 
mukofoti ta’sis etildi, Milliy rassomlik va 
dizayn institutiga Behzod nomi berildi.
2000-yil noyabr
da
 
Toshkent, Samar 
qand shaharlarida va 
xorijiy mam lakatlarda YUNeSKO homiy ligida Behzod taval-
ludining 
545 yilligi
 keng nishonlandi, Toshkent shahrida 
Behzod nomidagi memorial bog‘ barpo etildi. Toshkentda Te-
mu riylar tarixi davlat muzeyida Beh zodga bag‘ishlab Buyuk 
Britaniya, Turkiya, Hindiston, Ozarbayjon, Tojikiston va 
O‘zbekiston san’atshunos olimlari ishtirokida xalqaro ilmiy 
konferensiya o‘tkazildi. 
Xullas, tasviriy san’at asarlari bilan badiiy adabiyotning 
o‘zaro uzviy aloqada ravnaq topganligi, biri ikkinchisiga sama-
rali ta’sir etganini ko‘rsatadi.
1. 
Kitobat san’ati bilan bog‘liq yana qaysi sohalar nihoyatda 
yaxshi taraqqiy etadi? Nega aynan ushbu sohalar 
rivojlangan deb o‘ylaysiz?
2. 
Xattotlik san’ati haqida qanday tasavvurga ega bo‘l dingiz?
3. 
Kutubxonalarning rivojlanganligini misollar bilan tushun-
tiring.
4. 
XV asrda tasviriy san’at qanday tasvirlardan iborat 
bo‘lgan?
5. 
Kamoliddin Behzod haqida qisqacha axborot tayyorlang.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə