O'zbekiston suv havzalarining noyob va yo'qolib borayitgan baliqlar



Yüklə 0,51 Mb.
tarix21.10.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#129737
O\'zbekiston suv havzalarining noyob va yo\'qolib borayitgan baliqlar

O'zbekiston suv havzalarining noyob va yo'qolib borayitgan baliqlar


Baliqlarning xo’jalikdagi ahamiyati. Baliqlarning amaliy ahamiyati katta. Jahonda yiliga 50 mm tonnadan ortiqroq baliq ovlanadi. Bu miqdor oziq birligi bo’yicha 650 mm bosh qoramolga to’g’ri keladi. Ovlanadigan baliqlarning asosiy qismi oziq-ovqat mahsuloti sifatida ishlatiladi. Baliqchilik sanoati chiqindilaridan chorva mollari uchun baliq uni, qishloq xo’jaligi ekinlari uchun o’g’it tayyorlanadi.
Bundan tashqari, baliq yog’i farmatsevtikada don sifatida ishlatiladi. Baliq mahsulotlari vitaminlarga boy bo’ladi. Baliq go’shti oqsilga boy, mazali bo’lishi bilan birga organizmda tez hazm bo’ladi. Baliqlarning ikrasi ham xushta’m taom hisoblanadi.
Ayniqsa, seld va losossimon baliqlarning go’shti kaloriyali bo’lib. ularning ikrasi juda qadrlanadi. Baliq go’shtini qaynatib, qovurib, dudlab, tuzlab yoki konservalangan holda iste’mol qilinadi. Baliq ovlash. Baliqlarning asosiy qismi dengizlardan ovlanadi. Ular orasida osyotrsimonlar, seldsimonlar, treskasimonlar katta ahamiyatga ega. Ovlanadigan baliqlar dengizning uncha chuqur bo’lmagan sohili yaqinida ko’p to’planadi. Chunki bunday joylarda baliqlar uchun oziq mo’l bo’ladi. Dengizlardagi baliqlar maxsus baliq ovlash kemalari-traulerlar yordamida ovlanadi. Baliq ovlashda ichki suv havzalari ham katta ahamiyatga ega. Respublikamizda baliqlar asosan Amudaryo va Sirdaryo havzalarida hamda sun’iy suv omborlarida ovlanadi.

Zog’ora baliq, oq amur, oqcha, xumbosh, oq sla, ilonbosh, moybaliq, cho’rtan va baqra asosan ovlanadigan baliqlar hisoblanadi. Keyingi paytlarda sport usulida baliq ovlash keng rivojlanmoqda. Bunday baliq ovlash ko’ngilli dam olish uchun xizmat qiladi, odamni tabiat bilan yaqin aloqada bo’lishiga yordam beradi, tabiatga qiziqishni kuchaytiradi. Baliqlarni sun’iy urchitish. Tabiiy sharoitda baliqlar tuxumi va yosh baliqlar turli sabablar tufayli ko’plab nobud bo’ladi. Shuning uchun ovlanadigan baliqlar maxsus zavodlarda urchitiladi. Buning uchun urchish paytida voyaga yetgan urg’ochi va erkak baliqlarning pushti tuxumlari va sperma suyuqligi solinib, idishda aralashtiriladi va ustiga suv quyiladi. So’ngra idish tuxumlarning rivojlanishi uchun qulay sharoit bo’lgan inkubatorda saqlanadi. Tuxumdan chiqqan yosh baliqchalar ma’lum vaqt davomida sun’iy hovuzlarda boqiladi. Baliqchalar birmuncha o’sganidan so’ng tabiiy suv havzalariga qo’yib yuboriladi. Baliqlar tuxumi va yosh baliqchalarni samolyotda boshqa suv havzalariga ham ko’chirib olib borish mumkin. Masalan, oq amur, xumbosh, ilonbosh baliqlar Uzoq Sharq daryolaridan keltirilib, Sirdaryo va Amudaryo havzalarida iqlimlashtirilgan.

  • Zog’ora baliq, oq amur, oqcha, xumbosh, oq sla, ilonbosh, moybaliq, cho’rtan va baqra asosan ovlanadigan baliqlar hisoblanadi. Keyingi paytlarda sport usulida baliq ovlash keng rivojlanmoqda. Bunday baliq ovlash ko’ngilli dam olish uchun xizmat qiladi, odamni tabiat bilan yaqin aloqada bo’lishiga yordam beradi, tabiatga qiziqishni kuchaytiradi. Baliqlarni sun’iy urchitish. Tabiiy sharoitda baliqlar tuxumi va yosh baliqlar turli sabablar tufayli ko’plab nobud bo’ladi. Shuning uchun ovlanadigan baliqlar maxsus zavodlarda urchitiladi. Buning uchun urchish paytida voyaga yetgan urg’ochi va erkak baliqlarning pushti tuxumlari va sperma suyuqligi solinib, idishda aralashtiriladi va ustiga suv quyiladi. So’ngra idish tuxumlarning rivojlanishi uchun qulay sharoit bo’lgan inkubatorda saqlanadi. Tuxumdan chiqqan yosh baliqchalar ma’lum vaqt davomida sun’iy hovuzlarda boqiladi. Baliqchalar birmuncha o’sganidan so’ng tabiiy suv havzalariga qo’yib yuboriladi. Baliqlar tuxumi va yosh baliqchalarni samolyotda boshqa suv havzalariga ham ko’chirib olib borish mumkin. Masalan, oq amur, xumbosh, ilonbosh baliqlar Uzoq Sharq daryolaridan keltirilib, Sirdaryo va Amudaryo havzalarida iqlimlashtirilgan.

Hovuz xo’jaligi. Baliq go’shti yetishtirish maqsadida baliqlar unchalik katta bo’lmagan tabiiy suv havzalarida sun’iy urchitilgach, voyaga yetgunga qadar boqiladi. Bu maqsadda ko’pchilik baliqchilik xo’jaliklarida zog’ora baliqning xonakilashtirilgan karp zotlari o’stiriladi. Xonaki karp o’zining yovvoyi ajdodiga nisbatan tez o’sadi, go’shti mazali va yog’li bo’ladi. Bundan tashqari, zog’ora baliq juda ehtiyotkor, karp esa ovqat beriladigan joyga suzib keladi. Unda oziqlanish joyi va vaqtiga nisbatan shartli refleks zog’ora baliqqa nisbatan oson hosil bo’ladi. Hovuz xo’jaliklarida baliqlar uchun hamma sharoit yaratiladi. Xususan, baliqlarning urchishi, o’sishi va qishlashi uchun alohida hovuzlar tayyorlanadi, ularning oziqlanishi va suvga bo’lgan talabi hisobga olinadi. Keyingi paytlarda hovuz xo’jaliklarida karp bilan birga oq amur, xumbosh va oq sla kabi baliqlar o’stirilmoqda.

Suv havzalarini fabrika, zavod va chorvachilik fermalari chiqindilari hamda ekin ekilgan dalalardan oqib chiqayotgan chiqindi suvlar bilan ifioslanishiga yo’1 qo’ymaslik uchun suv tozalash inshootlari qurilishiga katta ahamiyat berish lozim. Baliqlar tuxum qo’yadigan joylar himoya qilinishi zarur. Daryolarning to’g’on bilan to’silgan joylarida o’tkinchi losossimon baliqlar uchun maxsus aylanma suv yo’llari qoldiriladi, baqra baliqlar uchun esa ko’tarma qurilmalar o’rnatiladi. 

  • Suv havzalarini fabrika, zavod va chorvachilik fermalari chiqindilari hamda ekin ekilgan dalalardan oqib chiqayotgan chiqindi suvlar bilan ifioslanishiga yo’1 qo’ymaslik uchun suv tozalash inshootlari qurilishiga katta ahamiyat berish lozim. Baliqlar tuxum qo’yadigan joylar himoya qilinishi zarur. Daryolarning to’g’on bilan to’silgan joylarida o’tkinchi losossimon baliqlar uchun maxsus aylanma suv yo’llari qoldiriladi, baqra baliqlar uchun esa ko’tarma qurilmalar o’rnatiladi. 

Сардина
Скумбрия
Минтай
Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə