Biologiya 7-sinf mavzu: Baliqlarning tashqi tuzilishi, skeleti, suzgich pufagi



Yüklə 4,58 Kb.
tarix29.05.2022
ölçüsü4,58 Kb.
#88288
Biologiya 7-sinf mavzu Baliqlarning tashqi tuzilishi, skeleti, -hozir.org


Biologiya 7-sinf mavzu: Baliqlarning tashqi tuzilishi, skeleti, suzgich pufagi Zog’ora baliqning yashash muhiti

Assalomu aleykum aziz o’quvchilar bugungi biologiya darsini boshlaymiz

BIOLOGIYA 7-SINF



Mavzu: Baliqlarning tashqi tuzilishi, skeleti, suzgich pufagi

Zog’ora baliqning yashash muhiti



Zog‘ora baliq O‘rta Osiyoning tog‘ daryolaridan boshqa barcha suv havzalarida hayot kechiradi.
Zog‘ora baliqning
kattaligi 1 m gacha, og‘irligi 8–16 kg gacha boradi.

Baliqlarning tashqi ko‘rinishi

Zog‘ora va boshqa ko‘pchilik baliqlar tanasi suyri shaklida; ikki yon tomondan yassilashgan; bosh va dum qismlari ingichkaroq bo‘ladi . Baliqlarning boshi tanasiga harakatsiz qo‘shiligan


Suzgichlari

og’iz teshigi


jabra
qorin suzgich
ko’krak suzgich
orqa suzgich
dum suzgich
anal suzgich

  • Terisi tangachalar bilan qoplangan.

  • Tangachalarning oldingi qirrasi
    teriga botib kiradi, keyingi qirrasi
    o‘zidan keyingi tangacha chetiga yopishib turadi.

  • Tangachalar baliq tanasini tashqi ta’sirdan himoya qiladi

  • Baliq o‘sgan sayin tangachalar ham yiriklasha boradi, tangachalardagi halqalar soniga qarab baliqning yoshini aniqlash mumkin.

  • Tangachalar sirtidagi teri bezlari ajratib chiqaradigan
    yupqa shilliq parda baliq tanasining suvga ishqalanishini kamaytirib, harakatini osonlashtiradi.

T e r i s i


Baliqlar tanasi rangi atrof-muhit rangiga bog‘liq. Chuchuk suv havzalarida yashaydigan ko‘pchilik baliqlar tanasining orqa tomoni balchiq rangiga o‘xshash to‘q yashil, qorin tomoni oqish bo‘ladi. Bu himoya rangi deyiladi.

Skeleti

Zog‘ora baliq skeleti asosini tana bo‘ylab o‘tadigan


umurtqa pog‘onasi tashkil etadi . Umurtqa pog‘onasi chala harakatchan birikkan 39–42 ta umurtqalardan iborat

Har bir umurtqaning tanasida bir juftdan ustki va ostki yoylar bor. Ustki qarama- qarshi yoylar o‘zaro tutashishi tufayli ular orasida umurtqa nayi hosil bo‘ladi. Bu nayning ichida orqa miya joylashgan. Tana bo‘limidagi umurtqalarga ikki yon tomondan qilichsimon qovurg‘alar birikadi. Qovurg‘alarning ikkinchi uchi muskullar orasida erkin yotadi.



Suzgichlar skeleti

Muskullari

Baliq terisi ostida muskullari joylashgan bo‘lib, suyaklarga birikkan.


Muskullarning qisqarishi va bo‘shashishi tufayli baliq tanasini
egib harakatlanadi. Baliqlar gavdasining orqa tomonida va dumida
joylashgan muskullar kuchli rivojlangan.

Suzgich pufagi

Qorin bo‘shlig‘ida ichagining ustida joylashgan.


Pufak o‘rtasidan tortilib ikkiga bo‘lingan, gaz bilan to‘lgan kumushrang xaltachadan iborat. Suzgich pufagi ichak bilan ingichka naycha orqali tutashgan bo‘ladi. Tuxumdan chiqqandan 2–3 kun o‘tgach, lichinka suv yuzasiga ko‘tarilib, atmosfera havosi bilan suzgich pufagini to‘ldirib oladi.

Suzgich pufagi

Baliqning suv yuzasiga ko‘tarilishi yoki suv tubiga tushishi suzgich pufagi hajmining o‘zgarishi bilan bog‘liq.


Suzgich pufagi tovushni kuchaytiradigan rezonator vazifasini ham bajaradi
Pufak gazga to‘lganida baliq yuqoriga ko‘tariladi
Pufak puchayganda baliq
suv tubiga tushadi
Suzgich pufagining hajmi o‘zgarmasa, baliq muayyan chuqurlikda muallaq turadi.

Mavzuni mustahkamlash.”O’rnini top”

Zog‘ora baliqning kattaligi 1m gacha, og‘irligi ................... kg gacha boradi.


Zog‘ora va boshqa ko‘pchilik baliqlar tanasi ............ shaklida .
Baliqning toq- orqa, dum, anal va juft................... suzgichlari mavjud.
Umurtqa pog‘onasi chala harakatchan birikkan.................. ta umurtqalardan iborat.
................. qorin bo‘shlig‘ida ichagining ustida joylashgan.
1)39-42 2)suzgich pufagi 3) 8-16 4) ko’krak , qorin 5)suyri 6)16-32 7)ingichka )muskullari
9)umurtqa pog’onasi 10)42-43

Uyga vazifa: Mavzuni o’qish, rasmlarni chizish, jumboqni bajarish.

E’tiboringiz uchun rahmat!


http://hozir.org
Yüklə 4,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə