Raqamli iqtisodiyotda davlatning o'rni
Dunyo tajribasini o'rganish natijasida shu narsa aniq bo'ldiki, raqamli
iqtisodiyoti
rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotda davlat(hukumat) bozor "o'yin"
qoidalarini o'yinning barcha ishtirokchilari uchun belgilaydi va bunda davlatning
eng muhim vazifasi sifatida o'yin ishtirokchilari uchun bir xil, teng huquqli va
imkoniyatli sharoit yaratib berish hisoblanadi. Ya'ni, bozorda katta kompaniya
bo'ladimi
yoki kichik biznes, ular teng huquqli hisoblanadi. Ularga bir xil
imkoniyatlar beriladi. Davlat qoidalarga amal qilinishi va oxir oqibatda oddiy
iste'molchi sifatli, zamonaviy xizmat yoki mahsulot olishi ta'minlanadi. Demak,
raqamli iqtisodiyot rivojlanishi uchun davlat hamma uchun teng sharoit yaratib
berishi, iloji
boricha bozor qoidalari, qonunlar, shartnomalar shaffof bo'lishi,
qonunlar bozor talabidan kelib chiqqan holda(ya'ni bozordagi rivojlanish
tendensiyalarini oldindan aniqlay olishi va kerakli
normativ hujjatlarni qabul
qilishi) o'yin ishtirokchilari uchun erkinlik berishi zarur.
Raqamli iqtisodiyot O'zbekistonda
Dunyo mamlakatlari kabi O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyot rivojlanmoqda.
Kundalik hayotimizga axborot texnologiyalarni tadbiq qilinishi ortidan oddiy
insonlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratilmoqda. Hozirga kunda uydan
chiqmasdan ko'plab oziq-ovqat mahsulotlari va taomlariga buyurtma berishimiz,
ularni uyimizgacha yetkazib berishlari mumkin.
Lekin shuni ta'kidlash kerak-ki, O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot O'zbekiston
potensialiga nisbatan bir necha barobar sekinroq rivojlanmoda. Ya'ni
imkoniyat
bor, kerakli resurslar mavjud lekin rivojlanish ancha sust. Bunga sabab sifatida
raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishini bir qancha to'siqlarini ko'rsatib
o'tish mumkin.
ko'plab sohalardagi monopoliya;
internet tezligini pastligi va uni sifatsizligi;
axborot texnologiyalari sohasida qonununchilikning zamondan orqada
qolganligi;
fuqarolarda kompyuter savodxonligining o'ta pastligi;
qonunchilikning shaffof
emasligi;
axborot texnologiylari bo'yicha mutaxassislarning yetishmasligi yoki ularni
boshqa mamlakatlarga ketib qolishi;
axborot
madaniyati, axborot gigiyenasi pastligi;
axborot texnologiyalari xavfsizligi
yaxshi emasligi;
boshqaruv organlarida sohani tushunadigan mutaxassislarning kamligi
yoki(ba'zilarida) ularning umuman yo'qligi;
ilm-fan va ayniqsa aniq fanlarning rivojlanishi sustligi(yoki rivojlanishdan to'xtab
qolganligi).
Yuqorida keltirilgan muommolar bosqicha-bosqich, tizimli, dunyo tajribasidan
kelib
chiqib hal qilinsa, O'zbekiston ham bemalol raqamli iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlarda biri bo'la oladi.
Dostları ilə paylaş: