O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar Reja



Yüklə 43,17 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü43,17 Kb.
#164849
o`zbekistondagi ijtimoiy o`zgarishlar


O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar
Reja:
1. Kuchli ijtimoiy siyosat kontseptsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi.
2. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi.
3. O‘zbekiston Respublikasi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish.

Kuchli ijtimoiy siyosat kontseptsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi. Bozor munosabatlari sharoitida aholining ish bilan bandligini ta’minlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. CHunki, ishsizlik muammosining mavjudligi bozor iqtisodiyotining ajralmas xususiyatidir. SHunday ekan, ishsizlik muammosini o‘rganishdan asosiy maqsad - aholining ish bilan bandligini oshirish orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat Jahonda ro‘y berayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz ta’sirida dunyo bo‘yicha 56 million kishidan ortiq ishsizlar armiyasi vujudga kelgan bir sharoitda O‘zbekistonda yuz minglab yangidan-yangi ish o‘rinlari tashkil etilmoqda. Buning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, bu yerda yangi ish o‘rinlarini yaratishning o‘ziga xos mexanizmlari tarkib topib, bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha izchil amal qilib kelmoqda. Mamlakatda aholini samarali muhofaza qilishga yo‘naltirilgan maqsad chora-tadbirlar hamda yuqori iqtisodiy o‘sish va bandlik sur’atlari aholi farovonligini oshirishni ta’minlamoqda. Aholi real daromadlarining oshishida respublikada makroiqtisodiy sharoitning qulayligi, iqtisodiy o‘sishning tez sur’atlarda oshishi, inflyatsiyaning sezilarli darajada pasaygani, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar va aholini aniq ijtimoiy himoya qilishning kuchaygani ham asosiy omil boiib xizmat qilmoqda. So‘nggi yillarda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirish, jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq miqdorlarini kamaytirish, inflyatsiya darajasini pasaytirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida aholining yalpi va real daromadlari sezilarli ravishda oshdi, uning xarid qobiliyati barqaror suratda o‘sib bormoqda. Jumladan, 2009-yilda 2000-yilga nisbatan o‘rtacha ish haqi 28,5 barobar, pensiyalarning o‘rtacha miqdori qariyb 18 barobar, aholi jon boshiga nisbatan pul daromadlari esa 12 barobar oshgan boisa, birgina 2012-yilning o‘zida byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdori esa 26,5 foizga, aholining real daromadlari yil mobaynida 17,5 foizga ortdi. Umuman, aholi jon boshiga real daromadlar 2000-yilga nisbatan 8,6 marta, o‘rtacha ish haqi esa iste’mol savatchasi qiymatidan 4 martadan ko‘proq oshdi. Aholining o‘sib borayotgan to‘lov qobiliyati bilan mamlakat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan iste’mol tovarlari hajmi o‘rtasida ichki bozorda mutanosiblikni ta’minlash, bunday mahsulotlar turini kengaytirish, bozorlari ular bilan ishonchli tarzda to‘ldirib borish alohida ahamiyat kasb etadi. CHunki, aholining turmush farovonligi ko‘p jihatdan uning oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasiga bog‘liq. Mazkur masalani hal etishda ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish, dehqon va fermer xo‘jaliklari faoliyatlaridan yanada samarali foydalanish zarur boiadi. Aholi turmush darajasini yaxshilash va ularga qulayliklar yaratish jarayonida xonadonlarni gazlashtirish va aholi uchun yetkazib beriladigan tabiiy gaz narxini belgilash masalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakat aholisiga tabiiy gaz qo‘shni davlatlardagiga nisbatan arzon narxlarda yetkazib beriladi. Masalan, aholiga 1 ming m3 hajmdagi tabiiy gazni sotish uchun Qirg‘izistonda 309 dollar, Tojikistonda 303,5 dollar, Qozog‘istonda 100-140 dollar, 0 ‘zbekistonda esa 30 dollar narx belgilangan. SHuningdek, mamlakat mustaqillikka erishgach, aholi uy-joylari va xonadonlarni gazlashtirishga katta e4ibor qaratildi. Ayniqsa, bu borada shahar va qishloqlaming gaz bilan ta’minlanish darajasi o‘rtasidagi tafovutni keskin qisqartirishga ahamiyat berildi. Buning natijasida 2010-yilda mamlakatdagi xonadonlaming gaz bilan ta’minlanish darajasi shahar joylarda 85 foizni, qishloq joylarda esa 78,7 foizni tashkil etdi. SHu kunga qadar jami gazlashtirilgan xonadonlar soni 4270,6 mingtani tashkil etib, shundan 2419,8 mingtasi shaharda, 1850,8 mingtasi esa qishloqda joylashgan. Mamlakat tarixida ulkan tadbirlarni amalga oshirish bilan bir qatorda, juda muhim ijtimoiy dasturlar ham qabul qilinib, ulaming muvaffaqiyatli amalga oshirilishi yurtning gullab-yashnashida, yoshlar tarbiyasida o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Mamlakat jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallaganidan keyin, 1996-yilga kelib dastlabki ijtimoiy dasturlar qabul qilindi. Bu, avvalambor, har qaysi yilga alohida nom berish va shu asosda Davlat dasturlarini qabul qilish bilan bog‘liqdir. Yillarga alohida nom berishning mazmun-mohiyati yagona maqsadga, shu muazzam o‘lkada yashayotgan har bir insonning hayoti yanada mazmunli, zavqli, to‘laqonli bo‘lishiga yetarli sharoit va imkoniyatlarni yaratish bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi “Bu muqaddas vatanda azizdir inson” degan so‘zlarda o‘z mujassamini topgan. Har bir yilda inson hayotining qaysidir jabhasini o‘rganishga, takomillashtirishga zamin yaratuvchi dasturlar ishlab chiqildi va rejalashtirilgan vazifalar amalga oshirildi. Jumladan, mamlakatda 1997-yil “Inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinib, hur o‘lkada yashayotgan har bir inson manfaatiga e’tibor berish, jamiyat manfaatlari bilan har bir shaxs manfaati uyg‘unligini ta’minlash va komil insonni tarbiyalash uchun qulay tarbiyaviy muhitni vujudga keltirish bosh maqsad qilib belgilandi. “Inson manfaatlari yili” Davlat dasturi doirasida davlat byudjetidan 123 milliard so‘m yoki barcha byudjet xarajatlarining qariyb 40 foizi ajratildi. SHu yili 6,7 million kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi, shundan 5,4 million kvadrat metr uy-joy qishloq joylarda barpo etildi. Toshkentda “ Yunusobod” y’opiq tennis korti va “Jar” sport-sogiomlashtirish majmuasi qurib tugallandi. “Inson manfaatlari yili” dasturining mantiqiy davomi sifatida 1998-yil “Oila yili” deb e’lon qilindi. Oila manfaatlarini ta’minlash borasidagi davlat dasturi kompleks mazmunga ega bo‘lib, u bir yuz ellikdan ortiq tadbirni o‘z ichiga oladi. 1998-yilda ushbu tadbirlarni bajarish uchun davlat byudjetidan 144,8 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Farzandning barkamol shaxs sifatida kamol topishida va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi insonni yetishtirishda onaning roli beqiyos. SHu sababli 1999-yil “Ayollar yili” deb e’lon qilindi. Ayollar sog‘ligi, xususan, onalar salomatligini yaxshilash, ularning ijtimoiy, boshqaruv faoliyatidagi ishtiroklarini ta’minlash va kengaytirishga xizmat qiluvchi huquqiy asos yaratildi. 2000-yilga “Sog‘lom avlod yili” deb nom berildi. Har qanday davlatning mustahkam bo‘lishi va taraqqiy etishining birinchi sharti – aql-idroki mukammal, ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk, ruhi tetik, o‘zining fuqarolik burchi va mas’uliyatini to ia anglab yetgan sogiom avlodni shakllantirish bilan bog‘liqdir. 2001-yil mamlakatda “Onalar va bolalar yili” deb e’lon qilindi. O‘zbekistondagi ayollarning 90 foizi tibbiy profilaktik ko‘rikdan o‘tkazildi. Orolbo‘yi mintaqasidagi murakkab ekologik sharoitda yashayotgan xotin-qizlar va bolalarning yoz mavsumida yaxshi dam olishini tashkil etish va salomatligini tiklashga alohida e’tibor berildi. Toshkent, Samarqand viloyatlari va Farg‘ona vodiysining sog‘lomlashtirish oromgohlarida 4 ming 500 nafar xotin-qizlar, 20 mingdan ortiq bolalar hordiq chiqarib, malakali tibbiy yordam oldi. Bu maqsadlar uchun jami 560 million so‘m mablag‘ sarflandi. 2002-yil mamlakatda “Qariyalarni qadrlash yili”, deb e’lon qilindi. Bunday nom berishdan maqsad - mamlakatda olib borilayotgan davlat siyosati, qurilayotgan davlat tizimi, barpo etilayotgan yangi jamiyat, hayotda qaror topayotgan ezgu qadriyatlar zamirida, avvalo, O‘zbekistonning buyuk kelajagini o‘ylab, yillar davomida shu oliyjanob ishga o‘z hissasini qo‘shgan, ana shu poydevorining tamal toshini qo‘ygan insonlarni ulug‘lash, ko‘lami rozi qilish edi. 2002-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Taxiyatosh” sanatoriy-profilaktoriyasi, Namangan viloyatida urush va mehnat faxriylariga mo‘ljallangan “Kosonsoy” sihatgohi va, shuningdek, yolg‘iz qariyalar uchun Sirdaryo viloyatining Yangier shahrida yirik saxovat uyi barpo etildi. 2003-yil “Obod mahalla yili” deb nomlandi. “Obod mahalla yili” davomida 5 ming 630 ta mahalla hududida ko‘plab kichik va xususiy tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish hisobidan qariyb 155 mingta yangi ish o‘rni yaratildi va buning natijasida kam ta’minlangan fuqarolardan 110 ming nafari ish o‘rniga ega bo‘ldi. Bu muhim ishga tijorat banklari tomonidan 36 milliard 155 million so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi. Dastur doirasida 1 milliard 200 million so‘mlik xayriya yordami ko‘rsatildi. 2004-yil “Mehr va muruvvat yili” deb nomlandi. Mamlakatdagi mavjud 93 ta “Mehribonlik uyi” va maxsus maktab-internat binolari to‘liq kapital ta’mirdan chiqarildi va rekonstruksiya qilindi. Bunda, faqatgina “Mehribonlik” uylarining o‘ziga 24 milliard so‘m mablag‘ sarflanib, ishlarning 85 foizi homiylar tomonidan bajarildi. Bunday xayrli ishlarga nafaqat mamlakatdagi, ayni paytda xalqaro miqyosdagi tashkilotlar ham o‘z hissasini qo‘shayotgani diqqatga sazovordir. CHunonchi, “UNISEF”, “World koncern”, “Engrag”, “Amerikers” va boshqa tashkilotlar tomonidan 6 milliard 500 million so‘mlik insonparvarlik yordami ko‘rsatildi. “Sihat-salomatlik yili” deb nomlangan 2005- yilda respublikadagi 38 ta shifoxona va sihatgoh yangitdan barpo etilib, 93 ta davolash-profilaktika muassasasi zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlandi. SHuningdek, bir smenada 10 ming 500 bemorni qabul qila oladigan ambulatoriyapoliklinika muassasalari, jumladan, 210 ta qishloq vrachlik manzili ishga tushirilib, qancha-qancha odamlarning shifo topishiga, kasalliklarning oldini olishga xizmat qilmoqda. 2006-yil Prezident tashabbusi bilan “Homiylar va shifokorlar yili” deb nomlandi. Davlat va nodavlat tashkilotlar hamda homiylar ko‘magida ko‘p bolali, kam ta’minlangan oilalarga 10 milliard so‘mlikdan ziyod qoramol olib berilgani mamlakatda saxovat va himmatlilikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi. Millionlab fuqarolar ishtirok etgan umumxalq xayriya hasharlaridan tushgan mablag‘lar hisobidan 2 ming nafar yolg‘iz keksa va 66 ming kam ta’minlangan oilaning 3 million 570 ming kvadrat metr uy-joyi ta’mirlab berildi. SHuningdek, kam ta’minlangan oilalarga mansub salkam 725 ming nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchisi 16 milliard so‘mlikdan ziyod kiyim-bosh bilan ta’minlandi. SHuningdek, 2007-yil “Ijtimoiy himoya yili” , 2008-yilga “Yoshlar yili, 2009-yili “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”, 2010-yilga “Barkamol avlod yili”, 2011 yili “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”, 2012-yil “Mustahkam oila yili”, 2013-yil “Obod turmush yili”, 2014 yili “Sog‘lom bola yili”, 2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili”, 2016 yili “So‘lom ona va bola yili”, 2017 yili “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili ”, 2018 yili “Faol tadbirkorlik, innovasion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab- quvvatlash yili”, 2019 yili “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili ”, 2020 yili “Ilm ma’rifat va raqamli isrisodiyotni rivojlantirish yili” deb nomlangangan. Yuqorida keltirilga yillarning barchasida inson omili va uni himoya qilish masalasi ustivorligini anglash qiyin emas. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquqtartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklari, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shartsharoitlar yaratdi. “Bizning vazifamiz – to‘plangan tajriba va ilg‘or xalqaro amaliyotga suyangan holda, – dedi Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishi marosimiga bag‘ishlangan nutqida, – o‘zimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni qat’iy amalga oshirishdan iborat. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining IV bo‘lim Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlanib unda: 1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, 2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, 3. Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish, 4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish, 5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish masalalari kompleks tizimli ravishda amalga oshiriladigan vazifalar berilgan. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi. Bozor munosabatlariga o‘tish va ijtimoiy-iqtisodiy tizimni isloh qilish davrida aholini yalpi Ijtimoiy himoya qilish tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini, ayniqsa, uning nochor guruxlarini aniq manzilli va maqsadli ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi barpo etildi. Bu tizimda mahalla markaziy o‘rinda turadi. 1999 yilda ushbu tizim orqali kam ta’minlangan oilalar — jami 3 mln. kishi (mamlakat aholisining 12,2%) va bolali oilalar — 6,5 mlliondan optiq kishi (27%) moddiy yordam oldi. Bir oila uchun yordam puli bolalar nafaqasi bilan birga oyiga 3,4 eng kam ish haqini tashkil qiladi. Bu sohada Ijtimoiy himoya, asosan, kam ta’minlangan oilalar uchun turli nafaqalar berish, aholining ba’zi guruhlari uchun imtiyozlar yaratish, yolg‘iz qariya va nogironlarni davlat hisobidan boqish va boshqalar asosida amalga oshiriladi. Respublika Prezidentining «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga (1994 y. 23 avg.) ko‘ra, voyaga yetmagan farzandlari bo‘lgan ko‘p bolali oilalar, kam pensiya olayotganlarning oilalari, nogironlarning oilalari, ishsizlar va boquvchisini yo‘qotganlarning oilalari, yolg‘iz pensionerlar va kam daromad olayotgan muhtoj oilalarga moddiy yordam berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 y. 10 dek. dagi farmoni bilan 16 yoshgacha farzandi bo‘lgan kam ta’minlangan oilalar davlatning alohida otalig‘iga olindi, 2002 y. 25 yanv. dagi farmonga binoan ijtimoiy yordam ko‘rsatiladigan farzandli oilalar doirasi umumta’lim maktablarida, akademik litseylarda va kasbhunar kollejlarida o‘qiyotgan 18 yoshgacha farzandi bo‘lgan oilalar hisobiga kengaytirildi. Bulardan tashqari O‘zbekistonda norasmiy ijtimoiy yordam turlari ham mavjud; ularga qarindoshlarning o‘zaro yordami, milliy va diniy urf-odatlar asosida qilinadigan yordam, korxona va tashkilotlarning pensionerlarga, kam ta’minlangan ko‘p bolali oilalarga, beva-bechoralarga yordam puli berishi kiradi. Respublikada ayollar, bolalar, keksalarga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatiladi. Ijtimoiy himoya doirasida 1998 y. «Oila yili», 1999 y. «Ayollar yili», 2000 y. «Sog‘lom avlod yili», 2001 y. «Bolalar yili», 2002 y. «Qariyalarni qadrlash yili» deb e’lon qilingani va ularga taallukli maxsus dasturlarni amalga oshirish mavjud Ijtimoiy himoya muammolarini hal qilish va bunga jamoatchilikni jalb etishda yaxshi samaralar berdi. 1995 y. da byudjet xarajatlarining 21,8%, 2000 y. da 29,6% ijtimoiy sohaga ajratildi. 1999 y. dan boshlab YaIM o‘sishi aholi o‘sishi sur’atidan ustun bo‘lishiga erishildi. Bu turmush darajasi o‘sishining va Ijtimoiy himoya rivojining zaminidir. Umr uzunligi 70,3 yoshni (1999 y.) tashkil etdi. «O‘zbekiston Respublikasi aholisini 2010 y. gacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan ijtimoiy himoya tizimining yagona kontseptsiyasi» ishlab chiqilgan. Unda Respublikada mavjud bo‘lgan Ijtimoiy himoya va ijtimoiy yordam, pensiya ta’minoti, bolalarga nafaqa to‘lash, yolg‘iz kek-salarga xizmat ko‘rsatish, nogironlarni protez-ortopediya buyumlari, harakatlanish vositalari bilan ta’minlash, shuningdek tibbiy, mehnat va ijtimoiy jihatdan tiklash, tibbiy xizmat, ishsizlarni ishga joylashtirish va moddiy yordam berish, bir yo‘la (nomuntazam) yordam tizimlari asoslarida amalga oshirilishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi “Korruptsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish. O‘zbekistonining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarining “Xavfsizlikka tahdid” deb nomlangan birinchi qismida yangi asr bo‘sag‘asida halqaro vaziyat, kuchlar nisbatidagi tub o‘zgarishlar tahlil etilgan, umumiy, mintaqaviy va milliy xavfsizlik masalalari, ularning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rsatib berilgan va har tomonlama teran ochib bergan. Ayni shu asarda uyushgan jinoyatchiliq mahalliychiliq qarindosh urug‘chiliq korruptsiyaning davlat va jamiyat, qo‘yinki insoniyat uchun ulkan xavf ekanligi dalillangan. Har bir davlat o‘z tarixida yangilanish yoki ijtimoiy sifat bosqichi o‘zgarayotganda, siyosiy – iqtisodiy jihatdan “o‘tish davri” bosqichida afsuski, qator jinoiy illatlar, korruptsiya va uyushgan jinoyatchilik kabi jirkanch hodisa bilan birga yuz bergan. SHu bilan birga, jinoyatchilikning o‘sishi nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq, bilki o‘tish davrida belgilangan maqsadlariga erishishga ham qarshi bevosita tahdid tug‘dirishi o‘zining isbotini topgan. Darhaqiqat, O‘zbekiston tarixida yangi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar davri boshlandi. Va o‘z-o‘zidan aniqki bu o‘zgarishlar osonlik bilan bormaydi, ichki va tashqi g‘ayrli kuchlar yangilanishlarga yo‘l qo‘ymasligi tabiiy. Bunday jarayonda hushyorlik muhim bo‘lsada, aksariyat davlatlarda korruptsiya vujudga kelib, eng avvalo uyushgan jinoiy tuzilmalarga madadkor bo‘lish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam berish uchun davlat xizmatining imkoniyatlaridan foydalanishni boshlaydi. Bu esa jinoyatchilik va korruptsiyaning jamiyatga yetkazadigan zararini xavfsizlik va barqarorlikka to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid sifatida baholash imkonini beradi. Ayniqsa, davlat hokimiyati tuzilmalarining turli bo‘g‘inlari va turli darajalari vakillari ham uning yo‘ldan ozdiruvchi ta’siriga tushganini sezmay qoladi. Korruptsiya domiga ilingan mansabdorlar shaxsiy boylik orttirish maqsadlarini va urug‘-aymoqlarining manfaatlarini davlat va umummilliy manfaatlardan ustun qo‘yadi. Bu esa, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo‘liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar yetkazadi. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish korruptsiyaga qarshi kurashishning asosiy choralari bo‘lmish huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirishni, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan qonun va huquqqa bo‘lgan ijobiy munosabatga yetishish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy faolligini ta’minlashni o‘z ichiga oladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev o‘z ma’ruzalarida davlat ishida faoliyat olib boruvchi har bir rahbarining lavozim doirasidagi burchini xis etgani holda quyidagi muhim vazifalarni ta’kidlab: “Tanqidiy taxlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni - bu Bosh vazir yoki uning o‘rinbosalari bo‘ladimi, hukumat a’zosi yoki hududlar hokimi bo‘ladimi ular faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lib qolishi kerak” degan edi Korruptsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi. SHuningdek korruptsiya bilan bog‘liq vakolat, imkoniyatlar, shaxsiy manfaatlar uchun urinishlar, qonun va va ahloqiy printsplarga zid bo‘lgan xatta-harakatlar yig‘indisini ham qamrab oladi . Korruptsiyaning tizimli tabiati shundaki, u mamlakatning muhim sohasi bo‘lgan iqtisodiyotga va uning rivojiga to‘sqinlik qiladi, halq ruhiyatida davlat idoralariga nisbatan ishonchsizlik xissini orttiradi. Transparency International, Jahon banki va boshqa halqaro tashkilotlar korruptsiyani shaxsiy manfaatlar uchun ishonchli hokimiyatni suiistemol qilish deb tushunadilar. Bu siyosiy jarayonlarda yirik monopoliyalarning byurokratik apparatiga qarata ishlatilishi mumkin. Korruptsiya dunyoning barcha davlatlarida jinoyat sifatida qonunchilikda huquqqa qarshi xati-harakat sifatida qaraladi. Siyosiy va iqtisodiy tadqiqotlar natijalariga e’tibor qaratsaq davlatlarning iqtisodiy o‘sishi va rivojlanishiga korruptsiya ulkan to‘siq ekanligini tasdiqlaydi. Mamlakatimiz hukumati yirik bir siyosiy tashkilot sifatida jamoatchilik organlari bilan hamkorlik qilar ekan, avvalo inson va uning manfaatlarini ustun qo‘yadi. Bu yo‘lda tushuntirish, targ‘ibot usullarini jadallashtirib, davlat idoralarining faoliyatini ochiqligi va shaffofligi ta’minlashning aniq mexanizmlarini yaratib bormoqda. SHu maqsadda davlatimizda bir qancha qonun hujjatlari ishlab chiqilgan. Jumladan, O‘zbekiston o‘zining taraqqiyot dasturida 2014 yil 18 iyunda qabul qilingan “Ijtimoiy sheriklik” to‘g‘risidagi Qonunning 4- moddasida ijtimoiy sheriklikning printsiplari bayon etilgan bo‘lib, unda ijtimoiy sheriklikning asoiy printsplari etib, qonunga bo‘ysunish, teng huquqliliq ochiqlik va shaffofliq hammabopliq mustaqilliq xolisliq o‘zaro hurmat, manfaatlarning inobatga olinishi va ma’suliyat, majburiyatlar qabul qilishning ixtiyoriyligi kabilar belgilab berilgan. 2017 yil 17 yanvarda mamlakatimizda “Korruptsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi, unda korruptsiyaga qarshi kurashishning eng maqbul usullari tartibga solingan. Ularga qonuniyliq fuqarolar huquqlari, erkinliklari va va qonuniy manfaatlarining ustivorligi, ochiqlik va shaffofliq tizimliliq davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korruptsiyani oldini olishga doir chora tadbirlar ustivorligi hamda javobgarlikning muqarraligi kabi tushunchalar kiritilgan. Bugun yurtimizda ham asosiy maqsad davlatda adolat, tengliq qonunning ustuvorligiga erishish yo‘lida tegishli chora tadbirlar amalda qo‘llanilmoqda. Korruptsiyaga qarshi kurashda avvalo, hukumat idoralari xodimlari, ishchi va xizmatchilari shaxsiy na’muna ko‘rsatmas ekan, qonunlar o‘z ijrosini ta’minlay olmaydi va u hech kimga foyda bermaydi deb o‘ylaymiz. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-35 moddalarida mamlakat hayotida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish va har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqilari belgilab berilgan. O‘zbekiston antikorruptsion siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, korruptsiyani oldini olish uchun instituttsional bazani mustahkamlash maqsadida muhim bo‘lgan qadamlarni tashladi. Ushbu choralarni amalga oshirish natijasida mamlakatimizda qonuniylik va huquqiy tartibot ishlari mutloq ta’min etildi, davlat xizmati organlarining faoliyati ochiqligi va shaffofligiga erishish uchun jiddiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xalq orasida korruptsiyaga nisbatan murosasiz madaniyat shakllandi, eng muhimi odamlarning davlat idoralariga nisbatan ishonchi mustahkamlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning Konstituttsiyaning 27 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida jamoatchik nazoratini, avvalo, huquqni muhofaza qilivchi va nazorat idoralari, moliya, banq ta’lim, sog‘liqni saqlash, komunal ho‘jaliq energetika va trasport sohalarida joriy etilishining zarurligini aytib o‘tdi. SHuningdek ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali mansabdor shaxslarning o‘z ishini qonuniy asosda to‘g‘ri tashkil etish va davlat organlari faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamoatchilikka to‘liq va tezkor yetkazish maqsadida ularning har birida matbuot hizmatining tashkil etilishi aytib o‘tildi. “Jamoatchilik nazorati – bu faqatgini davlat idoralari faoliyati ustidan nazorat emas, balki jamiyatning o‘zini-o‘zi boshqarish usuli, boshqacha aytganda, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishning muhum omillaridan biri” ekanligini ta’kidladi. SHuningdek ommaviy axborot vositalarning ish faoliyatidagi ochiqlik hamda tsenzurasiz faoliyat davlatimiz konstituttsiyasida ham mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu huquq o‘z navbatida Respublikadagi barcha axborot va davlat faoliyatining bevosita halq oldida ochiq va oshkora xisobot berishlari, halq muhokamasiga qo‘yish imkonini beradi. Davlat idoralari endigi navbatda halqga va halq manfaatlariga hizmat qilishi, demokratik tamoyillarning ustuvorligi va fuqarolik jamiyatining asosiy shartlari bajarilayotganligidan dalolat beradi. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yili deb e’lon qilingan 2017 yilda “Inson manfaatlari hamma narsadan ulug‘” degan g‘oya asosida amalga oshirildi va bu jarayon davom ettirilib borilmoqda. Mamlakatimizda inson manfaatlarini ta’minlash, huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar negizida yutuq va kamchiliklar ochiq aytilib, unda hokimiyat tizimida mutlaqo yangi tizim joriy etildi. Ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, joylarda Xalq qabulxonalari tashkil etildi. Ushbu tuzilmalar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining xalq bilan hamkorlik qilishi, aholining eng dolzarb muammolarini hal etilishi va jamoatchilik nazorati institutlarining jadallashuviga olib keldi. Davlat idoralari ochiqligi va shaffofligi, OAVning keng tarmoqlardagi faoliyati va mamlakatimizdagi tub islohotlarni amalga oshirilishiga sabab bo‘ladi, avvalo, yurt ravnaqi, rivoji uchun hizmat qiladi. Mansabdor shaxslarning o‘z lavozimidan shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanishga imkon bermaydi. SHaxsiy daxlsizliq huquqiy savodxonliq davlat idoralari mansabdor shaxslarining o‘z ishiga mas’uliyati ortadi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi” Qonunda ko‘rsatilganidek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligining asosiy printsplariga davlat idoralari tomonidan taqdim etiladigan axborotdan hamma foydalanishi mumkinligi belgilab o‘tilgan. Ushbu qonunda axborotning o‘z vaqtida berilishi va ishonchliligi, faoliyatining oshkoraligi va shaffofligi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni izlash, olish va tarqatish erkinligi kafolatlangan. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risida axborot taqdim etishda avvalo, fuqarolarning o‘z sha’ni va qadr-qimmatini tajovuzlardan, o‘z shaxsiy hayotiga aralashuvlardan himoya qilishga bo‘lgan huquqlari va qonuniy manfaatlariga, shuningdek fuqarolar, yuridik shaxslarning o‘z ishchanlik obro‘sini himoya qilishga bo‘lgan huquqlariga rioya etish kabi muhim vazifalar belgilandi va tizimli amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu qonuning 7-moddasida davlat xokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot izlashni amalga oshirayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs axborotdan foydalanuvchi ekanligi hamda u ba’zi huquqlarga ega ekanligi ko‘rsatilgan. Ushbu huquqlarga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi ishonchli axborotni olish va tarqatish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risida axborot olishni rad etish yoki axborotdan foydalanuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan ham foydalanishi ko‘rsatib o‘tilgan. SHuningdek ushbu Qonunning 12-moddasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilish (chop etish) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy nashrlari, rasmiy vebsaytlari, shuningdek ommaviy axborot vositalari amalga oshirishi belgilab berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning strategik salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2019 yil 9 apreldagi qarori bilan axborotlarning umumfoydalanish uchun ochiqlik holati, ochiq ma’lumotlarning oshkoralik va sifat darajasi, ularni fuqarolarga va jahon hamjamiyatiga yetkazishning amaldagi mexanizmlari qabul qilingan xalqaro talablarga to‘liq javob bermaydi va natijada mamlakatimizning statistika salohiyati indeksidagi o‘rni pastligicha qolmoqda. “Elektron hukumat” Portalini rivojlantirish uchun davlat statistika Qo‘mitasiga bir qator huquqlar berildi. Portalni takomillashtirish chora-tadbirlari kompleksi, ochiq ma’lumotlar to‘plamlari ro‘yxatini tuzish, ustuvor xalqaro ma’lumotlar bazalarini o‘rganib chiqishga mas’ul vazirlik va idoralar ro‘yxati, ma’lumotlarning ochiqlik holatini o‘rganish, “Ochiq ma’lumotlar indeksi” va «Ochiq ma’lumotlar barometri” talablariga muvofiqligi, tegishli indikatorlarni joylashtirish bo‘yicha vazirlik va idoralar ro‘yxati, Statistika salohiyati indeksida mamlakat o‘rnini yaxshilashga oid “Yo‘l xaritasi”, Jahon bankining statistika salohiyati indeksida mamlakat reytingini yaxshilashning maqsadli ko‘rsatkichlari, Xalqaro byudjet hamjamiyatining Byudjet ochiqligi indeksida 2020 yildan boshlab Respublikamizning ishtirokini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”, 2020-2021 yillarda Davlat statistika qo‘mitasida yangilanishi lozim bo‘lgan axborot-kommunikatsiya tizimlari uskunalari ro‘yxati ushbu qaror asosida tasdiqlandi. Portalda e’lon qilinadigan axborotlarning to‘liqligi, ishonchliligi, o‘z vaqtida shakllantirilishi, mamlakatimizga oid axborotlarning oshkoraligi va foydalanish erkinligi, axborotni shakllantirishda xalqaro metodologik standartlarga javob berish, tavsiyalarni o‘rganish va amalda qo‘llashda, Portalda e’lon qilinadigan ro‘yxatni muntazam yangilab turishda davlat organlari va tashkilotlar rahbarlarining vazifalari belgilab berildi. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimida “Korruptsiyaga qarshi kurashish dasturi”, “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korruptsiyaga qarshi kurashish siyosati”, “O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining odob-axloq qoidalari” kabilardir. Adliya organlari rahbarlarining korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo‘yish maqsadida tizimli ravishda fuqarolar va tadbirkorlar bilan sayyor tarzdagi uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda. Korruptsiya holati ko‘p sodir etilishi mumkin bo‘lgan faoliyat yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, notarial idoralar faoliyatida korruptsiya va huquqbuzarliklarni sodir etilishining oldini olish hamda sifatli huquqiy xizmat ko‘rsatishda shaffoflikni ta’minlash maqsadida alohida choralar ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasida korruptsiya darajasi yuqori bo‘lgan sohalar: soliq, sog‘liqni saqlash, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, xalq ta’limi, davlat xaridlarini amalga oshirish, yerdan foydalanish, paxta va don konlari ajartib olinib ular faoliyati tizimli ravishda kuzatib, taxlil etilib borilmoqda va bu tadbirlar o‘z natijasini berdi. O‘zbekistonda korruptsiyaga qarshi kurash agentligining tashkil etilishi. 2020 yil 24 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoevning Oliy Majlisga muroajaatnomasida korruptsiyaga qarshi kurashuvchi organ tuzilishi kerakligi aytilgandi. 2020 yil amalga oshirilishi rejalashtirilgan Davlat dasturining 53–bandida ham belgilab qo‘yilgan. Ushbularni ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6013- son Farmoniga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Unga «Yuksalish» umummilliy harakati raisi va Qonunchilik palatasi deputati Akmal Burhonov agentlik direktori etib tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan tashkil qilingan ushbu agentlik Oliy Majlis palatalari oldida hisob beradi. Agentlikning asosiy vazifalaridan biri korruptsiya yuqori bo‘lgan sohalarni chuqur tahlil qilish, hamda korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hisoblanadi. Byudjet mablag‘laridan foydalanish, davlat aktivlarini realizatsiya qilish va davlat haridlari sohasida korruptsiyaga qarshi nazorat qilish masalalari ham Agentlikning vakolatlari doirasiga kiradi. Bundan tashqari, Agentlikning davlat xizmatchilarining daromadlari va mol mulkini dekloratsiya qilish tizimi joriy etilishi hamda dekloratsiyadagi ma’lumotlarning haqqoniyligi tekshirilishini tashkil etish vazifalari ham yuklangan. Ushbu agentlik hozirgi kunga kelib quyidagi vazifalarni bajaradi. Agentlik davlat va nodavlat tashkilotlari, muassasalar, tadbirkorlik sub’ektlari, O‘zbekiston Respublikasidagi chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar, chet el korxonalari va mutaxassislari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Prezident SHavkat Mirziyoev 2020 yil 11 fevral kuni korruptsiyaga qarshi kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazib, unda Korruptsiya iqtisodiyot rivoji, chinakam qulay tadbirkorlik va investitsiya muhiti uchun eng asosiy to‘siqlardan biri ekanligi va mamlakatimizda ushbu muammo xanuzgacha borligini ta’kidladi. Korruptsiya kabi salbiy illatlarga qarshi kurashishda davlat organlari faoliyati va ish jarayonlarini shaffofligini ta’minlash va bunda e’tiborni ishga olish, davlat xaridlari, ruxsatnoma va litsenziyalar berish kabi jarayonlarda ochiq-oshkoralikni ta’minlashga qaratish kerak ekani xususida so‘z bordi. 2020 yilning 7 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda korruptsiya holatlari kuzatilayotgan sohalar uni keltirib chiqarayotgan omillar va ularni oldini olishga bag‘ishlangan idoralararo yig‘ilish tashkil etildi. Bu borada mamlakatimizda huquqiy asoslarni yaratishga e’tibor berilib, so‘nggi to‘rt yilda 70 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilinganligi ta’kidlandi. O‘zbekiston so‘nggi to‘rt yilda Jahon bankining “Biznes yuritish” indeksida 18 pog‘onaga, Meros jamg‘armasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida esa 52 pog‘onaga ko‘tarildi. SHuningdek Jahon bankining “Korruptsiyani tiyib turish”, “Transperens interneshnl” xalqaro nohukumat tashkilotining “Korruptsiyani qabul qilish”, Jahon odil sudlov loyihasining “Korruptsiyaning mavjud emasligi” indekslarida sezilarli o‘zgarishlar yuz bergani aytildi. Taassufki, respublikamizda o‘tgan ikki yilda 1 986 nafar mansabdor shaxslar korruptsiyaviy jinoyatlarni sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bunday jinoyatlar oqibatida yetkazilgan moddiy zarar miqdori 2 trln. so‘mdan oshganligi bu boradi ishlar yanada faollik talab etilishidan dalolat bermoqda. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam bosarkan, avvalo, davlat va jamiyatning birdamligi, yakdilligi, harakatda tenglik va adolatni ta’minilashi zarur bo‘ladi. Zaruriyat esa bajarilmas ekan erkin fuqarolik jamiyatini qurish dargumondir. Buyuk sarkarda, markazlashgan davlat asoschisi Amir Temur o‘z davrida davlat boshqaruvini odilliq kengashlilik va yuksak mahorat bilan olib borgan. U o‘zining mamlakatni boshqarish va odora etishda farzandlari va kelajak avlod uchun qo‘llanma bo‘la oladigan “Temur tuzuklari”ni meros qilib qoldirdi. Amir Temur nasihatlaridan birida shunday degan edi: “...davlat qonunlar asosida qurilmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tarkibi yo‘qoladi”.
Yüklə 43,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə