O’zbekiston Respublikasi Xalq



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/125
tarix26.05.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#113064
növüУчебное пособие
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

Abu Nasr Farobiy – 
о‘rta asr sharqining mashhur mutaffakiri, qadimgi 
Yunon falsafasining Sharqdagi eng yirik davomchisi va targ‘ibotchisidir. Farobiy 
qadimgi Yunon ilmining chuqur bilimdoni bо‘lgan, uning Sharqda tarqalishi va 
rivojiga katta xissa qо‘shgani tufayli uni – 
«Sharq Aristoteli» - «Muallimi Soniy» 
- «Ikkinchi muallim» (birinchi muallim Aristotel) deb ataydilar. 
Farobiy 
ta’lim – tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida ta’lim tarbiyaning 
muhimligi,
unda nimalarga e’tibor berish zuruligi, ta’lim-tarbiya usullari va uslubi 
haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt-soatdatga erishuv tо‘g‘risida», 
«Al maxnolari» kabi asarlarida ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari о‘z ifodasini topgan. 
Farobiy «Baxt-saodatga erishuv tо‘g‘risida» asarida bilimlarni о‘rganish 
tartibi haqida fikr bayon etgan uning ta’kidlanishicha, avval bо‘lishi zarur bо‘lgan 
ilm о‘rganiladi, bu olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni о‘rgangach, tabiiy bilimlarni, 
tabiiy jismlarni tuzilishi, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni о‘rganish lozim. 
Undan sо‘ng, umuman, jonli tabiat о‘simlik va hayvonlar haqidagi ilm 
о‘rganqiladi, deydi. 
Farobiy 
ta’lim-tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan
olim sanaladi. Ta’lim 
degan sо‘z insonga о‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya-
nazariy fazilatlarni, ma’lum hunarni yegallash uchun zarur bо‘lgan xul normalarni 
va amaliy malakalarini о‘rgatishdir, deydi olim. 


29 
Farobiy о‘z asarlarida 
axloiy fazilatlarga
tо‘xtalib о‘z fikrlarini bayon etadi. 
Axloqiy fazilatlar deganda 
bilimdonlik, donolik va mulohazali bо‘lish, vijdonlilik, 
kamtarlik
, kо‘pchilik ma’rifatini yuqori qо‘yish, xayot, ma’naviy yuksaklikka 
intilish, adolatlilik kabi xislatlarni tushundi. Ammo bu xislatlarning eng muhimi 
har bir insonning bilimli, ma’rifatli bо‘lishidir. Shuning uchun Farobiy ahloq 
tushunchasiga qalb bilan uzviy bog‘liq xolda tafakkurga asoslangan ahloq asosida 
qaraydi. 
Farobiyning talim-tarbiya yо‘llari, usullari, vositalari haqidagi qarashlari 
ham qimmatlidir. U insonda gо‘zal fazilatlar ikki yо‘l – ta’lim va tarbiya yо‘li 
bilan hosil qilinadi. Ta’lim nazariy fazilatlarni birlashtirsa, tarbiya nazariy va 
amaliy fazilatlarni birlashtiradi, deydi. Har ikkalasi birlashsa, yetuklik namoyon 
bо‘ladi. Farobiy ta’limda barcha fanlarni nazariy asoslari о‘rganilsa, tarbiyada 
ma’naviy ahloqiy qoidalar, odob meyorlari о‘rganiladi. Kasb – hunarga oid 
malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi. 
Farobiy ta’lim-tarbiyada rag‘batlantirish, odatlantirish, majbur etish 
metodlarini ilgari surgan. Har ikki usul ham insonni har kamol tamoyilga yetkazish 
maqsadini kо‘zlaydi. Farobiyning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari hozircha о‘z 
ahamiyatini saqlab kelmoda. Abu Rayhon Beruniy – jahon fanining taraqqiyotiga 
g‘oyat ulkan xissa qо‘shgan zо‘r iste’dod egasi va tadqiqotchi edi. Uning о‘lmas 
ilmiy asarlari jahon fani taraqqiyotida benihoya yuksak ahamiyatga molikdir. 
Beruniyning yirik asarlariga «Mineralogiya», «Xindiston», «Geodeziya», «О‘tmish 
yodgorliklari», «Skaydana» kabilarni olish mumkin. Beruniy har bir yaratgan 
asarining kishi ruhiyatiga, qobiliyatiga mos, uni toliqtirmaydigan bо‘lishiga e’tibor 
beradi. Beruniy yozadi: «Bizning maqsadimiz о‘quvchini toliqtirib qо‘ymaslikdir. 
Hadeb bir narsani о‘qiy berish zerikarli bо‘ladi. Agar о‘quvchi bir masaladan 
boshqa bir masalaga о‘tib tursa, u xuddi turli-tuman bog‘-rog‘larda sayr qilgandek 
bо‘ladi, bir bog‘dan о‘tar-о‘tmas, boshqa bog‘ boshlanadi. Keyin uning hammani 
kо‘rish va tomosha qilgisi keladi». Beruniyning ilmiy bilimlarini egallash yо‘llari, 
usullari haqidagi fikrlari hozirgi davrda ham dolzarbdir.
О‘quvchiga bilim berishda:



Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə